So'rovnoma

Bolalarni turli kasalliklarga qarshi emlash haqida fikringiz?


Ijobiy
  18 (69.2%)
Salbiy
  8 (30.8%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 25

So'rovnoma tugadi: 24 Yanvar 2012, 12:25:28



Эмланмаган болаларнинг ажойиб соғлиги  ( 67907 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 12 B


azizbek_mx  14 Yanvar 2012, 12:41:56

opa, raxmat aytishim uchun qaysidir tarafda turishim shart emas deb öylayman. Özim tushunib, tegishli xulosa chiqarib olsam, shu postdan raxmat qarz bölaman. Har doim ham baribirmas lekin :))))

Qayd etilgan


Ansora  14 Yanvar 2012, 12:42:39

Mo'min Mirzo, emlatmaslik uchun okean ortiga borishingizga to'g'ri keladi, lekin u u ayolning ham xotiri jam bo'lganligi ayta olmayman.

Chunki bir ona sifatida shuni aytishim mumkin ki, joningizdan aziz farzandingizni sog'lig'i hususida notog'ri qaror berish umr bo'yi vijdon azobiga sabab bo'ladi...

Aytdimku yuqorida o'zimni o'zim yeb qo'ydim:(

Qayd etilgan


azizbek_mx  14 Yanvar 2012, 23:51:35

oyim ham donishmand akaning fikrini tasdiqladilar. Lekin, Muhammad Soxib akaning mulohazasida ham jon bor. Bu borada shoshqaloqlik qilib bölmas ekan...
Akam qizamiqqa qarshi vaksina olmagan ekan, bir oychami qizamiqdan aziyat chekib, axiyri yengib ötibdilar, lekin közlarida asorati qolgan hoziram. Zrenielari pastroq. Öylab qarasam, immunitetni chiniqtirish ham kerakli usul ekan...

Qayd etilgan


Donishmand  15 Yanvar 2012, 00:33:22

 
Iqtibos
Донишманд ака сиз вакяина хақидаги билимни қаердан олдингиз?
Ишонинг айни ҳозир сизнинг тушунчангизга қарши нарсаларни айтган сна юзлаб таърифларни ҳам топса бслади
Bozordan oldim...
Ochig'i, savolingiz og'ir botdi. Qani siz menga aytingchi, bilimlar o'zi qayerdan olinadi?
Internetdagi ma'lumotlarning, ta'riflarning kamida 50 foiziga ishonmayman.
Bilim - biror narsani bir yerdan yodlab olismas,  mohiyatni anglashdir.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  15 Yanvar 2012, 00:56:51

Mo'min Mirzo, emlatmaslik uchun okean ortiga borishingizga to'g'ri keladi, lekin u u ayolning ham xotiri jam bo'lganligi ayta olmayman.

Chunki bir ona sifatida shuni aytishim mumkin ki, joningizdan aziz farzandingizni sog'lig'i hususida notog'ri qaror berish umr bo'yi vijdon azobiga sabab bo'ladi...

Aytdimku yuqorida o'zimni o'zim yeb qo'ydim:(
Kapalak opa, agar o'sha muslima opamiz inson anatomiyasini, begona moddalarning organizmga ta'sirlarini, mizojni, ximik dorilarning zararlarini yaxshi tushunsa, umuman havotir olmaydi, ishonavering.
Agar shunchaki internetdagi ba'zi vaktsinalarga qarshi ma'lumotlarni o'qib vahimaga tushib, so'ng farzandini bunday emlovlardan saqlab yurgan bo'lsa, mana shunda ko'ngli hech hotirjam bo'lmasligi aniq, chunki bu yerda o'zi ham aniq bilmaydi.
Biz minayotgan mashinamizning qurilmalarini yaxshi bilamiz, o'zimiz yashayotgan uyni nimalardan qilinganini, nimalar nimalardan zaiflashishini yaxshi bilamiz. Lekin ajabki o'z tanamizni umuman bilmaymiz, tanamizga nimalar to'g'ri kelmasligini, tanamiz qay vaqtda bezovtalanib isitma chiqarib yuborishini, qay vaqtda og'riq berib qolishini, qay vaqtda ko'ngil g'ashlanib qolishini bilmaymiz, buni o'ylab ham ko'rmaymiz.
Aslida bularning hammasi o'z aybimiz, bo'lar bo'lmas taomlar iste'mol qilishimiz, bo'lar bo'lmas tabletkalar yutishimiz, bo'lar bo'lmas kasallik oldini olish uchun allaqanday o'ylab topilgan vaktsinalar qabul qilishimiz, bolalarimizni o'rab chirmab, shahzodalarday yasatib erkin yurishiga yo'l qo'ymasligimiz, kam harakatlik va boshqa ko'plab nojo'ya ishlarimiz bilan o'zimizni kemiramiz.
Men vaktsinalarni qoralab yozilgan saytlardagi ma'lumotlarni, jumladan yuqorida keltirilgan uzun ma'lumotni ham o'qimadim, bularni o'qishga o'zimda hojat ham sezmayman.
Men odamlarga har qanday emlovlar zararli ekanligini isbotlab berishim mumkin, lekin bu ishim shamolga gapirganday foydasiz. Bu huddi ochlikka ham o'xshaydi, ochlik haqida har qancha gapirsak ham hech kim quloq osmaydi, hamma oddiy usul deb shprits orqali "davolanish" bilan o'zlarini aldaydi.

Assalomu alaykum!
Va alaykum assalom.

Iqtibos
Avvalo "vaksina o'zi nima?" degan savolga biroz to'htalsak. Oddiy til bilan, qisqacha qilib aytganda vaksina - o'sha kasallik virusining ko'paya olmaydigan (bichilgan) ko'rinishi. U odam organizmiga tushganidan keyin huddi o'sha virusday ta'sir ko'rsatadi. Organizm esa bunga qarshi immunitet tizimini ishlab chiqadi va bu virusni yo'q qiladi. Bu jarayonda isitma ham chiqishi mumkin. Ko'payish hususiyati bo'lmaganligi sababli viruslar organizmda qolmaydi. Bu o'sha biz aytayotgan VAKSINAdir. Natija nima? Natijada organizmimiz bunday virusga qarshi kelajakda mustahkam himoya tizimiga ega bo'ladi.
Emlatmasakchi? Emlatmasak, yoshimiz yigirma-yigirma beshga borganida shunday virus yuqsa, Hudo ko'rsatmasin, bu organizm uchun yangilik bo'ladi. Bu virus haqida organizmda ma'lumot yo'q. Unga qarshi himoyalanish uchun immunitet ishga tushadi, ammo virus ko'payuvchan(!), juda tez ko'payuvchan. Endi kurashish qiyin kechadi, yana antibiotiklar yordamida.
Meditsinada shunday yo'l bilan tushuntirishadi. Fikrlaringizda ko'plab hatolar bor. Emlatish va antibiotiklarni bir yoqqa qo'yib turib, tanamiz, mizojimiz, tanamizga nimalar to'g'ri kelmasligi, qay vaqtda organizm viruslarga qarshi kurashuvda zaif bo'lib qolishi, organizmni qanday tozalash haqida bilim olsak, barchasi quruq gap ekanligini tez va oson tushunib yetamiz.

Iqtibos
Ilgari odamlar qanchalik sog'lom bo'lishgan? Bizdan ko'ra yaxshiroqmi? Bu fikrga qo'shilaman, ular sog'lom bo'lishgan bizdan ko'ra. Sababini ham aytay endi:
Sog'lomliklariga sabab yana o'sha immunitet tizimi. Ular o'spirinlik yoshiga yetgunaricha kasallikka qarshi kurash mexanizmi mukammal shakllanib borgan.
Sog'lom ekanliklariga sabablar ko'p edi, bizdan ancha farq qiladi.
1. Jismoniy harakat. U vaqtlarda mashinalar yo'q edi, odamlar asosan piyoda, otda, eshakda, tuyada yurardilar. Bu esa arteriyani yosh saqlaydi. Bizning davrga kelib esa yurish bu sport turiga aylandi.
2. Toza havo. U davrlarda bog'-rog'lar, soyu-ariqlar ko'p bo'lgan.
3. Tabiiy yeguliklar va sog'lom ovqatlanish. U vaqtlarda to'kin sochinlik, ovqat ustiga ovqat yeyish yo'q edi. Yeydigan taomlari ham o'zlari sarflaydigan energiyasiga mos bo'lgan.
Endi o'ylab ko'raylik, biz har kuni bo'lmasayam ikki-uch kunda bir yeydigan osh, dimlama, somsa, honim, yog'li taomlar o'zimiz sarflayotgan energiyamizga mosmi? Albatta yo'q, chunki biz mashinada o'tirib masofani bosib o'tamiz, bor ishimizni kompyuterda qilamiz, dehqonlarimiz ham yumushlarini traktor zimmasiga yuklab o'zlari traktor ichida o'tirib qadimgi raislarday qorin qo'yib olganlar.
Mazhabboshimiz imom Abu Hanifa r.a. kunda 1-2 turshakni so'rib kifoyalanib ilm bilan mashg'ul bo'lgan ekanlar, buyuk xakim ibn Sino ham shundoq bo'lgan.
Hozir biz yeyayotgan milliy taomlarimiz ota-bobolarimizga ziyon bermaganligiga sabab shu, ular yeganiga yarasha mehnat qilib o'tganlar.

Akam qizamiqqa qarshi vaksina olmagan ekan, bir oychami qizamiqdan aziyat chekib, axiyri yengib ötibdilar, lekin közlarida asorati qolgan hoziram. Zrenielari pastroq. Öylab qarasam, immunitetni chiniqtirish ham kerakli usul ekan...
Men ham chalinmaganman, akam esa chalingan. Bolalari ham chalindi, vaholanki barchasi o’sha qizamiqqa qarshi emlov olgandan ikki haftacha o’tib boshlangan. Jiyanlarimdan mahalla bolalariga ham, qarindoshlarga ham o’tdi. Barchasi emlov olishgan edi.
Men jiyanlarimni juda yoqtiraman, ular bilan yotmoqchi bo’lganimda kattalar qarshilik ko’rsatishgan edi, "œsen qizamiqqa chalinmagansan, kasallik yuqadi, har kimga tegib o’tadigan kasallik bu" deb. Men "œmenga kasallik yuqmaydi : ) "œ deb bilganimdan qolmay qaytgunimga qadar har kuni birga yotavergandim, kunduzlari ko’tarib yurardim. Bularni atay qilardim, odamlar ko’rsin, sog’lom ovqatlanishning foydalarini deb.

Qayd etilgan


Shuhrat_  15 Yanvar 2012, 06:19:12

 :asl3:
rosa ko'p yozardimuu,teldamanda.
Iqlimimizda kasalliklar ko'payib ketyapti, buning sababi turli hil chiqindilar... Vahokazo va hokazo.
Menimcha bu emlashlar shart,
bu emlashlar kelishi mumkin bo'lgan kasallikka qarshi deb uylayman.
Bu emlashlani olmaslikni hohlasangiz 1000,2000 balandga chiqib(tog'larga)yashashga to'g'ri keladi, aks holda bu virus yuqadi .
Bu emlashlar zaharli bulishi mumkin, lekin havodagi viruslar undan zaharli,
''zaharni zahar yengadi.''
2, 3 yuz yil oldin zaharli chiqindilar chiqaradigan himiya,pahta yog'i, pahta , va hokazo zavodlar bo'lganmi,
ulardan chiqqan zaharlar bir biriga qo'shilib boshqa bir zahar paydo buladi.
(modda moddaga qushilsa ,boshqa bir modda paydo bo'ladi,) natijada kasallikni boshqa bir turi chiqadi.
Emlashlar shart deb o'ylayman.(2,3ming metr yuqoridagilar bundan mustasno (chunki tog'havosi tozza buladi) )

Qayd etilgan


Музаффар  15 Yanvar 2012, 06:33:43

Мухокамадаги мавзу ста нозик масала. Инсон саломатлигига оид, айниқса чақалоқлар саломатлиги жудасм нозик иш. Бу ишни сз усталари, профессионалларидан маълумот олайлик. Замонавий тиббиёт вакяиналардан фойдаланишни тавсис стади. А­млаш мажбурий жараёнми сзи? Умуман олганда айрим касалликларга қарши оммавий смлаш туфайли уларни умуман бартараф стилганлигини сшитганмиз. Билмади. шахсан ман болалигимдан бери уч марта чап елкамга смланганман. Бирор марта соғлигимдан шикост қилган смасман (Алхамдулиллоҳ!). Фақат айрим мавсумий грипп бслиб туради холос. Бошқа тарафдан олиб қарасак илгари вакяиналар, смлашлар йсқ вақтдаги одамлар хозиргидан хам бақувватроқ бслишган. Соха мутахассисларидан интервью тайёрлаш керакмикин....

Qayd etilgan


Donishmand  15 Yanvar 2012, 11:49:01

Агар-ки, сиз айтгандай билим моҳистни англаш бслса, унда сиз вакяинанинг моҳистини хали англамабсиз.
Aslida siz hali bu so'zlarning mohiyatini anglamabsiz.
Unda siz tushuntiring, vaksina o'zi nima? Uning funksiyasi qanday? Tahminlar emas, aniq ma'lumotlar bilan, ilmiy nazariyalar bilan! Variantingiz bormi?
Iqtibos
Сиз сз ссзингиз билан айтиб турибсиз, мен бешикда қийналганим учун боламни белатмадим деб.
Bu ruhiy azob edi, jismoniy emas. Emaltishni esa qildiraman. Chunki meditsina, ximiya, odam anatomiyasiga yoshligimdan qiziqib, o'rganib kelaman. Hudo hohlasa, o'g'limga ham o'rgataman. Chunki uning o'zimga o'xshashini juda ham hohlayman.
Iqtibos
Донишманд ака сиз вакяинага берган таъриф дунё оммасига сз заҳарларини алдаб сотиш учун ёлланма "профессорлар"га сргатилган фармабаронларнинг чспчаги десак тсғри бслса керак.
Endi, bu bilan butun meditsinani cho'pchakka chiqaramizmi? Sizning fikringizcha butun dunyodagi mediklar hammasi ahmoqmi? Buni analiz qilolmaydilarmi? Bittasi yollangan ekan, qolganlarining tajriba o'tkazib, tekshirib ko'rishga sharoitlari yo'qmi?
"bo'lsa kerak" degan jumlani ishlatmang, fakt bor bo'lsa so'zlang.
Iqtibos
Икки юз йил олдин шу нарса бслганмиди, сша замон инсонлари қанчак саломат сди деган саволга жавоб берилса бас.
Ikki yuz yil oldin qancha bolalar voyaga yetmay nobud bo'lgan ekan, degan savolga ham javob bervorsangiz hech qanday e'tiroz qolmaydi.

Meditsinada shunday yo'l bilan tushuntirishadi. Fikrlaringizda ko'plab hatolar bor.
Siz qanday yo'l bilan tushuntirasiz unda? Biz endi meditsinani kosmonavtlardan o'rganaylikmi?
Fikrlarimda qanday hatolar bor?
Iqtibos
Emlatish va antibiotiklarni bir yoqqa qo'yib turib, tanamiz, mizojimiz, tanamizga nimalar to'g'ri kelmasligi, qay vaqtda organizm viruslarga qarshi kurashuvda zaif bo'lib qolishi, organizmni qanday tozalash haqida bilim olsak, barchasi quruq gap ekanligini tez va oson tushunib yetamiz.
Bolangizni doimiy nazoratda ushlab turolasizmi? Yosh go'dak ko'chada yoki bog'chada o'rtoqlari bilan o'ynayotganida o'rtoqlarini ham shunday "viruslardan himoya" qilolasizmi?
So'zlaringizdan menda ham bir fikr keldi: "Butun dunyoda yomonlikni qanday yo'q qilish haqida bilim olsak, hammayoqda yaxshilik bo'lib ketadi." Isbot talab qilmaydigan fikr-a?
Iqtibos
Ilgari odamlar qanchalik sog'lom bo'lishgan? Bizdan ko'ra yaxshiroqmi? Bu fikrga qo'shilaman, ular sog'lom bo'lishgan bizdan ko'ra. Sababini ham aytay endi:
Siz bu so'zlarimga tushunmabsiz, ilgari tirik qolgan(!) odamlar sog'lom bo'lishgan. Sog'lom bo'lolmaganlari esa yoshligidayoq kasallik tufayli o'lib ketishgan. Ikki yuz yil oldin go'daklar orasida o'lim darajasi hozirgidan ancha yuqori bo'lgan. Yoshlikdagi kasallik balolarini yengib o'tganlar sog'lom bo'lishgan, bizdan ko'ra. Chunki ularning tanalari kimyoviy dori-darmonlarsiz kasallikka qarshi kurashgan. Va faqat baquvvat, chidamli bolalargina  sog' qolgan. Ana sizga saralash.

Mavzudagi birinchi postimda ham aytgandim. Bu yerda fikr bildirish hohishidan yiroq edim, sababi tortishuvlarga toqatim qolmaganidan edi. Ammo keltirilayotgan fikrlar odamlar orasida shubha uyg'otmasligi uchun, aholi o'rtasida "vaksina zarar ekan" degan mish-mishlar ko'payib ketmasligi uchun yozishni ma'qul ko'rdim.

Shubhalanayotganlarga so'zim, shubha qilsangiz uni yo'qotish uchun mutahasis vrachlarga murojaat qiling, o'zingiz bu sohaga tegishli adabiyotlarni olib o'qib chiqing. Bolangizning sog'ligi eng birinchi o'rinda o'zingizga kerak, biror mukammal bilimga tayanmasdan turib farzandingiz ustida hukm chiqarib qo'ymang. Bu ishda hato qilsangiz gunohkor bo'lib qolasiz. Chunki bolangiz ham voyaga yetgunicha sizga Ollohning omonati.
Taqvo qilsangiz Shayh hazratlarining so'zlariga, Butun dunyo musulmon ulamolar kengashi bayonnomasiga quloq tuting.
E'tiborlaringiz uchun rahmat.

Qayd etilgan


Donishmand  15 Yanvar 2012, 13:07:24

Сабаби, сиз каби сқимишлилар Хақиқатдан йироқда бслгандан кейин оми оммадан бошқа нарсани кутиш нотсғри ҳам.
Har bir so'zingiz menga tobora haqiqatni anglatib borayapti, lekin boshqacha haqiqatni.

Qayd etilgan


Ansora  15 Yanvar 2012, 13:08:56

 :asl3:

Azizlar, aniq bo'ldiki, hech kim fikrini o'zgartirmaydi, qaytamiga ko'ngil xiralik bo'ladi oramizda.

Menimcha shu yerda to'htataylik...

Qayd etilgan