So'rovnoma

Bolalarni turli kasalliklarga qarshi emlash haqida fikringiz?


Ijobiy
  18 (69.2%)
Salbiy
  8 (30.8%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 25

So'rovnoma tugadi: 24 Yanvar 2012, 12:25:28



Эмланмаган болаларнинг ажойиб соғлиги  ( 67899 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 12 B


Муҳаммад Соҳиб  15 Yanvar 2012, 21:53:16

:asl3:

Azizlar, aniq bo'ldiki, hech kim fikrini o'zgartirmaydi, qaytamiga ko'ngil xiralik bo'ladi oramizda.

Menimcha shu yerda to'htataylik...

Унда хақиқат қандай юзага чиқади?


Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  16 Yanvar 2012, 00:31:17

Endi, bu bilan butun meditsinani cho'pchakka chiqaramizmi? Sizning fikringizcha butun dunyodagi mediklar hammasi ahmoqmi? Buni analiz qilolmaydilarmi? Bittasi yollangan ekan, qolganlarining tajriba o'tkazib, tekshirib ko'rishga sharoitlari yo'qmi?
"bo'lsa kerak" degan jumlani ishlatmang, fakt bor bo'lsa so'zlang.
Savol Muhammad Sohibga qaratilgan bo'lsada men ham javob berib o'tsam.
Menda ularning ishlari bo'yicha hech qanday ma'lumot yo'q.
Meditsinani ahmoqqa chiqarmayman, o'zim ham tez-tez murojaat qilib turaman. Albatta muolaja olish uchun emas, balki kasallikka tashxis qo'yish uchun, qon-siydik analizlar uchun, organizmdagi ortiqcha moddalarni aniqlash, rentgenlar...

Lekin men ular aytadigan dorilarni iste'mol qilmayman. Tabletkalar, shpits orqali yuboriladigan dorilar nima ekanligini menga o'xshaganlardan so'ranglar. Meni hayotda ko'rib bilganlar dardimni biladi. Meditsina qo'llaydigan dori muayyan bir nuqtaga foyda berar, lekin boshqa joyini ishdan chiqaradi. Bu holat menda bo'lgan, haligacha o'zimga kela olmayapman. Oradan 15yildan ziyod vaqt o'tgan bo'lsada hech qaysi vrach yordam bera olmadi, horijdagi professorlar ham "tuzatamiz" deb hech narsa qila olmagan, aksincha barchasining "muolajasi" ziyonimga qarab ketaverdi.
Alhamdulillah, bir yildan beri ahvolim ijobiy tomonga o'zgarib bormoqda, bunga tabiiy ovqatlanish va ochlik katta yordam bermoqda.
Shu vaqt mobaynida qon bosim, gripp, yurak sanchishi deyarli bezovta qilmadi.

Meditsinada shunday yo'l bilan tushuntirishadi. Fikrlaringizda ko'plab hatolar bor.
Iqtibos
Siz qanday yo'l bilan tushuntirasiz unda? Biz endi meditsinani kosmonavtlardan o'rganaylikmi?
Aziz birodarim Donishmand, men aslo tortishib bahslashmoqchi emasman, chunki bundan foyda yo'qligini bilaman. Shu bilan birov bilan bahslashib asabiylashishni va birovga ozor berishni istamayman.
Qisqaroq aytsam, tabiiylik tarafdoriman, meditsinadan beziganman, ularga faqatgina analiz olish uchungina murojaat qilaman!
Vaktsinalar, boshqa emlov dorilar, umuman kimyoviy dorilar muayyan bir nuqtaga foyda bersa ham boshqa nuqtaga ziyon beradi.

Meni yo'nalishim, va javobim mana shu iqtibosda:
Iqtibos
Emlatish va antibiotiklarni bir yoqqa qo'yib turib, tanamiz, mizojimiz, tanamizga nimalar to'g'ri kelmasligi, qay vaqtda organizm viruslarga qarshi kurashuvda zaif bo'lib qolishi, organizmni qanday tozalash haqida bilim olsak, barchasi quruq gap ekanligini tez va oson tushunib yetamiz.
=====

Iqtibos
Bolangizni doimiy nazoratda ushlab turolasizmi? Yosh go'dak ko'chada yoki bog'chada o'rtoqlari bilan o'ynayotganida o'rtoqlarini ham shunday "viruslardan himoya" qilolasizmi?
Hozircha bu davrga yetib kelganimcha yo'q, inshaalloh farzandimiz 3-4 yoshga yetganda bu muammolarni ham hal etarmiz.
Hozircha o'z tajribamdan bilamanki, menga gripp va boshqa mayda viruslar yuqmaydi. Vaholanki bir yil oldin umuman boshqacha edi, deyarli har kuni gripp, har kuni shamollash, ko'z hiraligi, bosh og'riq, qon bosim, yurak sanchish, va yana bir qancha dardlar har kunlik hamrohim edi. Alhamdulillah hozir bular yo'q, Alloh salomatlik borasida to'g'ri yo'lni ko'rsatib qo'yganiga shukr. Bolamizga ham yetarlikcha qayg'uramiz, bolalar viruslarga biz kattalarday chidamli bo'lmasada tabiiy ovqatlanish bir muncha naf beradi.

Iqtibos
Siz bu so'zlarimga tushunmabsiz, ilgari tirik qolgan(!) odamlar sog'lom bo'lishgan...

Uzr, hato ketibdi.

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  16 Yanvar 2012, 00:45:08

Вакяинанинг таркибида мавжуд алюминий ва симоб каби оғир металларнинг инсон организмига соладиган хавфи жуда юқори.

Шу жойда сна бир мантиқий нарса: биз доим смланган болаларнинг ҳар хил дард ва бошқа нарсаларга чалингани хақида сшитамиз лекин смланмаганлар хақида бу нарса жуда кам гапирилади.

Юқорида кспчилигимиз болаларимизнинг соғлига масаласида нотсғри қарор қабул қилмаслик кераклиги хақида гапирдик. Менинг ҳовлимга биров ташқаридан ахлат ташласа, сша ноинсофдан оғринган ҳолда уларни меҳнат билан ташқарига олиб чиқаман, дилим оғрийди, кснглим бехузур бслади.

Жажжигина гсдак организмига ёт унсур ташласак, унда қандай жараёнлар содир бсларкин?

Qayd etilgan


Mutaallim-2010  16 Yanvar 2012, 07:45:33

Savol Muhammad Sohibga qaratilgan bo'lsada men ham javob berib o'tsam.
Menda ularning ishlari bo'yicha hech qanday ma'lumot yo'q.
Meditsinani ahmoqqa chiqarmayman, o'zim ham tez-tez murojaat qilib turaman. Albatta muolaja olish uchun emas, balki kasallikka tashxis qo'yish uchun, qon-siydik analizlar uchun, organizmdagi ortiqcha moddalarni aniqlash, rentgenlar...

Lekin men ular aytadigan dorilarni iste'mol qilmayman. Tabletkalar, shpits orqali yuboriladigan dorilar nima ekanligini menga o'xshaganlardan so'ranglar. Meni hayotda ko'rib bilganlar dardimni biladi. Meditsina qo'llaydigan dori muayyan bir nuqtaga foyda berar, lekin boshqa joyini ishdan chiqaradi.

Ko'pchilikni fikricha dorilarni ichganim sababli davo topdim, degan fikr bor.
Aslida Organizm o'zini-o'zi davolagan bo'ladi, to'g'rimi?
Faqat bu dorilar og'riqni, burun bitishini, qon bosimini normallashtiradi xolos.
Dorini kuchi ketganidan keyin kasallik yana qaytadi.
Meni fikrimcha tabiiy yo'l bilan davolangan ma'qul.

Qayd etilgan


Humayro  16 Yanvar 2012, 11:16:11

Fikrlar uchun rahmat barchaga. Faqat iltimos qizishmasdan sokin gaplashaylik.

Bu mavzuda hamma o'z fikrini bildirishi mumkin, ammo fikringiz ilmiy yoki shaxsiy tajribangizga asoslangan bo'lsa yaxshiroq bo'lardi, hissiyotlarga emas.

Yana to'liqroq ma'lumotlar bo'lsa kutib qolamiz. Menimcha forumda bunga ijozat beriladi va mehnat qilib yozilgan qimmatli fikrlar o'chirilmaydi degan umiddaman.

Men odamlarga har qanday emlovlar zararli ekanligini isbotlab berishim mumkin, lekin bu ishim shamolga gapirganday foydasiz. Bu huddi ochlikka ham o'xshaydi, ochlik haqida har qancha gapirsak ham hech kim quloq osmaydi, hamma oddiy usul deb shprits orqali "davolanish" bilan o'zlarini aldaydi.

Mo'min Mirzo hamma bo'lmasada, eshitaiganlar bor. Bir yaxshi mavzu ochib o'chlik haqida batafsil yozsangiz yaxshi bo'lardi. Vrachlardan sizdek umidini uzganlar ko'p.

Men ham sinab ko'rmoqchiman inshaallah.
Yozda rejalashtirganman, albatta tashxislardan o'tib, mutaxassis tavsiyalariga rioya qilgan holda, Lekin siz ham maslahatingizni ayamasangiz minnatdor bo'lardim.

Boshlashdan oldin bu haqda batafsil PMda yozaman inshallah.

Qayd etilgan


Donishmand  16 Yanvar 2012, 11:43:19

Bu yerda gap davolash emas, ikki yoshgacha bo'lgan bolalardagi emlash haqida ketayotgandi.
Meditsinani ahmoqqa chiqarmayman, o'zim ham tez-tez murojaat qilib turaman. Albatta muolaja olish uchun emas, balki kasallikka tashxis qo'yish uchun, qon-siydik analizlar uchun, organizmdagi ortiqcha moddalarni aniqlash, rentgenlar...
Men ham tabiiy usullar bilan davolash tarafdoriman, meditsinaga ko'proq siz sanab o'tgan tahlillar uchun murojaat qilaman. Dorilarning zararli ta'siri esa alohida bir mavzu. Agar keyinchalik shunday mavzu ochilib qolsa siz bilan fikrimiz bir joydan chiqsa kerak.
Tabiiy ovqatlanishga kelsak, men bu narsani uyda nazorat qilaman. Chetdan keltirilgan mevalar va oziq-ovqatlar, GMO, fast food, kolbasa va boshqa kimyoviy bo'yoqlar, ekstraktlar qo'shilgan yeguliklar bizda yeyilmaydi. Faqat o'zimizning tabiiy mevalar, sabzavotlar iste'mol qilinadi.
Bu to'g'rida ham hamfikr ekanmiz shekilli.
Ochlik bilan davolanish samarasini o'zim sinab ko'rganman. Ammo hamma kasalliklarda ham to'g'ri kelmaydi.
Shu o'rinda yana bir katta mavzu bo'ladigan fikr - islom va dunyoviy ilm. Bizning qarashlarimiz bu mavzuga boshlayapti. So'zlaringizdan tushundimki, bunda ham qarashlarimiz bir xil bo'ladi. Chunki, hozirda islom olami zamonaviy meditsinada ga'yridinlardan orqada ekan, ertaga ulardan har narsani kutish mumkin. Bu narsa meni ko'pdan o'ylantirib keladi. Orqadaligining sabablari esa eng og'riqli nuqtalarimiz.

Muhammab Sohib birodarimizga:
Iqtibos
Вакцинанинг таркибида мавжуд алюминий ва симоб каби оғир металларнинг инсон организмига соладиган хавфи жуда юқори.
Qaysi vaksinada necha foiz miqdorida alyuminiy va simob bor ekan, degan savolni yoritsangiz. Va yana, odam tanasida alyuminiy hamda simob qanday ko'rinishda va necha foiz mavjud bo'ladi, degan savolga ham bir e'tibor bersangiz.
Miqdor degan tushuncha bor, "doza" deyishadi odatda. Agar bu doza orttirilsa asal ham odamni o'ldirishi mumkin.

Alyuminiyning zararini bilamiz, simob esa eng zaharli modda. O'tgan kunlaringizni eslasangiz, sho'ro zamonidan bizda aksariyat alyuminiy qoshiqlar ishlatilardi.  Hozir ham uchrab turibdi. Siz farzandingizni zarardan himoya qilmoqchi bo'lsangiz, avvalo shunaqangi idish, qoshiq, yeguliklardan asrang.



Qayd etilgan


Donishmand  17 Yanvar 2012, 11:42:02

Assalomu alaykum! Hammaga hayrli kunlar!
Bu mojarolar tugamaydi shekilli... :)
Tugamasligi aniq, chunki 10-15 tomlik kitob bo'ladigan narsalarni biz ikki qator post bilan tushuntirmoqchi bo'layapmiz. Olimlar bir asr sarflagan ilmni biz bir kunda mushohada qilmoqchimiz.
Ha mayli, bugun ham yozish kerak ekan, yozamizda, bu forumdan qochib qayoqqa ham borardik... ;)
Muhammad Sohib, uzr, sizni ham ko'p o'ylantirib, asabingizni buzgan bo'lsam. O'zi so'zlab turgandirsiz, "bu Donishmand qayerda mojaro bo'lsa o'sha yerda ekandaaa," - deb. O'zimning ham jonimga tegdi-yov.
Postingizni o'qib chiqdim, salgina "yelpib" o'tib ketaman endi, hafa bo'lmaysiz.  :D
Iqtibos
Алюминий қуйидаги вакциналарнинг таркибида мавжуд: DTaP, Pediarix (DTaP-Hepatitis B-Polio комбинацияси), Pentacel (DTaP-HIB-Polio комбинацияси), гепатит A ва гепатит B га қарши вакциналар, гемофил инфекцияси (HIB), пневмокок инфекцияси ва инсондаги папиллома вирусига қарши вакциналар (HPV)2.
Шунингдек у оғир металл бўлиб,  инсон ва ҳайвонларнинг асаб тизимига нейротоксик таъсирга эга.

Bu so'zlarni olgan manbangiz manavi bo'lsa kerak: http://www.1796kotok.com/vaccines/opinions/aluminium1.htm
Asl nusxasi esa quyidagicha:
Алюминий — тяжелый металл с известным нейротоксическим действием на нервную систему человека и животных. Он содержится в следующих вакцинах: DTaP, Pediarix (комбинация DTaP-Hepatitis B-Polio), Pentacel (комбинация DTaP-HIB-Polio), против гепатита A, гепатита B, гемофильной инфекции (HIB), пневмококковой инфекции и вируса папилломы человека (HPV)2.

Bu yerda xatoliklar shundoq ham bor ekan. Alyuminiy og'ir metal emas, yengil metal. Atom og'irligi - 26,98.
Bunday sahifalar internetda ko'plab uchraydi, aksini yorituvchi sahifalar ham.

Iqtibos
Э модам шундай, гўдакда алюминийга эхтиёж борми, симобга ёхуд калций бўлсин келинг уларни қийнамай табиий йўл билан йетказайлик.
Bu yerda alyuminiy yoki boshqa moddalar organizm ehtiyoji uchun emas, ta'sir hususiyati uchun qo'shiladi. Alyuminiy oksidi Al2O3 nerv sistemasi uchun zararli modda. Ximiyadan saaal habarim bor ekan-a? :) (o'zi hozirda shuning uchun maosh olayapman)
Iqtibos
Асли эмлашдан кўзланган мақсад бола организмига етишмаётган алюминий ёки симоб миқдорини ошириш эмас, балким қандайдир ҳайвонлар грипи ва қизамиқларга қарши иммунет хосил қилиш эди-ку?
Hech kim bunday deb aytmadi, noto'g'ri tushunibsiz manimcha.

Iqtibos
Аллоҳ мукаммал қилган нарсани кам деб билишми бу билмайман.
Bu katta ayblov.

Iqtibos
Инсон организми мукаммал бир қурилма. Буни Аллоҳ Таоло ўз каломида баён қилган
"(Қасамки) ҳақиқатан биз инсонни энг гўзал тузилишда яратдик"
Тийн сураси 4 -оят.
Biz Ollohning kalomini tahlil qilmasdan, amal qilamiz. Ya'ni, eshitdik va bo'ysundik!
Iqtibos
Ажаб эмас, айни пайтдаги уламолар кенгаши холис ва хақиқий илм соҳиби бўлган тиббиёт ходимларининг эмлаш хақидаги хулосалри билан танишиб фатволарга ўзгартириш киритишса.
Va ulamolarimizning so'zlariga ham quloq solamiz, "Shayh hazratlari qachon so'zlarini o'zgartirar ekanlar, bizga moslab..." - degan narsa bo'lmaydi bizda.

Ha mayli, men bu postlarning hammasini o'zimning haqligimni isbotlash uchun emas, kimnidir lol qoldirish uchun emas, kimdadir boshqacha tushunchani shakllantirish uchun emas, boshqa maqsadda yozdim. Maqsadim, bu yerdagi vaksinaga qarshi fikrlarni o'qib odamlar o'zlaricha hulosaga kelib qolmasinlar, ertaga O'zbekistonda joriy qilingan majburiy emlov sababini boshqa narsaga yo'yib har xil gap-so'z, nizo keltirib chiqarmasinlari uchun yozdim. Chunki ko'rayapmiz, emlatmoqchi bo'lmagan odamlar ham bo'layapti, va bu ishlari bilan tibbiyot hodimlariga qiyin qilib qo'yayaptilar. Xalqning tinchligi biz uchun eng katta boylik.

Vaqt hozir bizda muammo, hech forumda bemalol yoza olmayapmiz.
Postlarimni yozishda qizishmadim, "qizishmanglar" deb murojaat qilganlarga aytamanki, ko'zguga ham qarang forumdosh!  :D

Shu o'rinda AbdulAzizga murojaat qilmoqchiman:
Mana hamma fikrlarni ko'rib chiqdik. Endi bitta taklif bor. Mana shu mavzuda so'rovnoma o'tkazib bersangiz, emlashni ma'qullaydiganlar va qarshilar ko'rinishida.
Shu bilan mavzuni ham yopsak.

E'tiborlaringiz uchun yana bir bor rahmat! Muhammad Sohib, fikrlar turlicha bo'lsa ham biz o'tkinchi odamlarmiz. Yo'lovchi yo'lovchidan hafa bo'lsa manziliga yaxshi yetib bora olmaydi. Men uchun sarflagan vaqtingizga rozi bo'ling. Farg'onaga yo'lingiz tushsa mendan bitta osh :)

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2012, 12:27:45

Shu o'rinda AbdulAzizga murojaat qilmoqchiman:
Mana hamma fikrlarni ko'rib chiqdik. Endi bitta taklif bor. Mana shu mavzuda so'rovnoma o'tkazib bersangiz, emlashni ma'qullaydiganlar va qarshilar ko'rinishida.
Shu bilan mavzuni ham yopsak.

E'tiborlaringiz uchun yana bir bor rahmat! Muhammad Sohib, fikrlar turlicha bo'lsa ham biz o'tkinchi odamlarmiz. Yo'lovchi yo'lovchidan hafa bo'lsa manziliga yaxshi yetib bora olmaydi. Men uchun sarflagan vaqtingizga rozi bo'ling. Farg'onaga yo'lingiz tushsa mendan bitta osh :)

So'rovnoma ochildi.

OFF.
Donishmand og'a, o'sha oshga meni ham ayting-a, referelik qilib turaman :)

Qayd etilgan


Aqoid  17 Yanvar 2012, 12:48:43

Off-top uchun uzrku, men ham Farg'onaga yaqinroq yerda yashayman. Har ehtimolga qarshi aytib qo'ydimda. 3 kishiga ko'plik qilar osh. :-)

Qayd etilgan


Donishmand  17 Yanvar 2012, 13:48:48

Off-top uchun uzrku, men ham Farg'onaga yaqinroq yerda yashayman. Har ehtimolga qarshi aytib qo'ydimda. 3 kishiga ko'plik qilar osh. :-)
To'rt kishiga ham ko'plik qiladi-yov... Oshxo'rlar bormi yana?  :-)

Qayd etilgan