Assalomu Alaykum,
Emlash masalasidagi turli hil fikrlarni uqib ozgina hayron buldim. Bir vaqtlar forumdoshlarning kupchiligi ham ilmiy ham zamonaviy fikrlashardi. Islom dini aslida ilm fan tarafida bulishi kerak lekin hozirgi kunda bu narsa kamdan kam kuzga tashlanadigan bulgan va hattoki buni kichkinagina mana shu mavzidan ham ilgasa buladi, bazi insonlar haliyam urta asrlarda yashayapmiz deb uylasalar kerak?! Hozirgi kundagi insonlar sogligini utgan zamon insonlarining sogligi bilan solishtirishning uziyoq mantiqsizku? Utgan asrlardagi zaharli moddalar va inson sogligiga tasir kursatadigan narsalar qancha bulganu hozirgi kunda ularning miqdori necha ming marotaba kuproq?! usha zamon insonlarini hozirgi muhitga olib kelinsa necha yil yashab ketishadi hozirgi kundagi turli tuman kasallik va infeksiyalar bilan? Istalgan oddiy inson ham biladiki insonning immuniteti doimo yangilanib boradi huddi komputerimizdagi antivirus kabi, antiverusni yangilab turmasangiz sizning komputeriniz yangi turdagi viruslarga qarshi kurasha olmaydi. Yosh bolalarning imminiteti aslida ota va onadan gen orqali utadi va deyarli yangilangan buladi lekin infeksiyalar ham tuhtab qolmaydi, ular ham takomillashib boradi (yani mutatsiya kuzatiladi). Bundan 100 avvalgi qizamiq yoki kukyutal bilan hozirgisi umumiy uxshashlikka ega bulishi mumkin lekin genetik jihatdan ancha takomillashgan kurinishda. Lekin bolalarni emlash zarur chunki ota-onadan gen orqali qizamiqqa qarshi imunitet utgani bilan qizamiqning yangi kurinishiga qarshi etarlicha kuchli bulmasligi mumkin, katta yoshdagi insonlarning organizmi esa bardoshliroq buladi yosh bolalarnikiga nisbatan. Bazi insonlar vaksina ataylabdan insonlarning sogligiga zarar etkazish uchun yoki insonlarni kupayishiga qarshi usul degan fikrli olga surishadi, bu qanaqa ahmoqona fikr? Bu kimga kerak? Butun dunyoda shuncha olimlar yoki usha vaksinani ishlab chiqarishda qatnashgan insonlarni hammasi jim yuradigan darajada ahmoqmi? Davlatlar ahmoqmi? agarda bunaqa niyat bulganida usha yomon niyatli insonlar avval Hitoy, Hindiston va Afrika mamlakatlarini vaksina bilan qirib tashlashardi. Hattoki ilm fan rivojlangan Amerika va Evropa davlatlari va usha vaksinani olish tarafdori. Zarar bulsa aholisi kamayib ketayotgan Evropa davlatlari va Rossiya vaksinalarni taqiqlab quyishardi.
Bitta savol tuguladi? Nega bazi insonlar Shayxning fatvosiga ham hozirgi kundagi ilm fanga ham shubha bilan qarab uzlarining usha asossiz fikrlarida qolaverishadi? Uzlarining hayotida yuz bergan oddiy va asossiz fikrlariga kuproq tayanishadi Shayxning fatvisidan kura? Bitta fatvo berish uchun usha mavzu qanchalik chuqur urganib chiqilishini bilamizku. Agarda vaksina ozgina zarar bulganida hech qachon bunaqa fatvo chiqmasdi. Shaxsiy hayotda bulgan oddiy kungilsizliklarga esa emlashni bahona qilish kerak emas, emlash ham hammaga har hil tasir qiladi va emlashdan avval ogohlantiriladi isitma yoki boshqa nojuya tasiri buladi lekin bu normal holat deb.
Ota bobomiz vaksinasiz yashagan deganlarni uzi ham farzandi isitma qilsa yoki kasal bulib qolsa qulida dorilar ruyhati bilan zamonaviy aptekaga yuguradi u yerda ming hil tarkibi nomalum dorilar borligini bilsa ham. Aptekadagi dorilarning hammasini urganib, labaratoriyada tekshirib utirmaymizku, shunchaki ishonamiz. Nega endi kelib kelib vaksinadan shubha qilamiz? agarda kimdir bizga zarar qilmoqchi bulsa oddiy asperinga yoki analginga zaharni kichik dozada yoki usha vaksinadagi moddalarini oddiy kundalik dorilarga qushib yuborsa bulardiku? Umuman tekshiruvsiz keladigan dorilar milliontaku?! Vaksina olmagan bolalar soglomroq bulishadi yoki olganlari degan narsani bas qilish kerak bu narsa 10 ta yoki 20 ta oddiy misollar bilan aniqlanadigan narsa emas.
The Alchemist