Eng, eng, eng birinchi xotiralar...  ( 9731 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Muhammad Sanjar  20 Yanvar 2012, 22:30:39

Yoshligimni o'ylab, yodimga tushgan voqealarni vaqti bo'yicha saralagandim, hozircha eng eskisi 4 yoshimde aka bo'gan paytim bo'ldi.
Singlim tug'ilganda dadam bilan birga shifoxonaga ko'rgani borgandik, shu voqeani elas-elas xotirleman.
Faqat bir manzara - deraza ortidan onajonimning bizga chaqaloqni ko'rsatganlari ko'z oldimda turadi xolos, qolgani esimda yo'q..

Qayd etilgan


Maysara  26 Yanvar 2012, 21:52:10

Mani uch yoshligim esimda, negadir oyimla juda qorinboy edila va ulani ösha paytdagi hansirashlari hanuz qulog'imda. Söng tösatdan g'oyib bölgandila va negadir öyinqaroq akam manga xuddi enagaday mehribon va közquloq böpqoganla. Bir necha kunlardan keyin esa uyimiz rosa mehmonlarga tölgandi va shu bilan birga oyimla mani qöyip bir chaqaloq qizchani kötarib ötirardila.. Kottalani: "mana lala", agar unga tegsam, "iy.. tegma!" diyishligi esimda..

Qayd etilgan


Muxsiya  03 May 2013, 13:54:59

Meni birinchi xotiram 2 yowimda dadam bilan roddomga borganman singlim tug'ilganda oyimni ancha kun ko'rmaganimdan rossa sog'inganimdan ko'rishim bilan yerga o'tirvolib yig'laganman

Qayd etilgan