Muallif Mavzu: Imlo qoidalarini o'rgatinglar.  ( 18050 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Imlo qoydalarini o'rgatinglar.
« Javob #15 : 27 Oktyabr 2010, 15:26:18 »
Bo‘g‘in ko‘chirilishi   

Orfografiya qoidalariga ko‘ra bir qatorga sig‘may qolgan so‘zning qismi ikkinchi qatorga quyidagicha ko‘chiriladi:
         1. So‘z qismlarga bo‘g‘inidan ajratib ko‘chiriladi: tala-ba, ta-laba, mak-tab, ko‘ng-il kabi.

         2. Bir unlidangina iborat bo‘lgan bo‘g‘in oldingi satrda qoldirilmaydi. Shuningdek, keyingi satrga ham bir unlidan iborat bo‘lgan bo‘g‘in ko‘chirilmaydi: o-naning emas, ona-ning, jamo-a emas, ja-moa, mudofa-a emas, mudo-faa kabi.

         3. Bir tovushni ifodalaydigan harfiy birikmalar ajratilmay ko‘chiriladi. Misollarni har ikki yozuv asosida qiyoslang: Кґ-нгил, тонг-ги, си-нгил; поме-шчик, ме-шчан; ma-shaqqat, ke-chuv, kech-qurun, tong-gi, so‘ng-ra, pome-shik, me-shchan kabi.

         4. Kirill yozuvidagi imloga ko’ra ayirish, yumshatish belgilari oldingi bo‘g‘in bilan qatorda qoldiriladi. Misollarni har ikki yozuv asosida qiyoslang: суръ-ат – sur’-at, суль-фат - sul-fat, разъ-езд - raz-yezd, маъ-руза - ma’ruza kabi.

         5. Bosh harflardan tuzilgan qisqartma otlar, ko‘p xonali raqamlar ikkinchi qatorga bo‘lib ko‘chirilmaydi: O‘zMU, BMT, AKT, 155, 2003, XXIX kabi.

         6. Ism va familiyalarning harfiy qisqartmalari ajratib ko‘chirilmaydi: I. O. Sultonov, A. B. Ahmedov kabi.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Imlo qoydalarini o'rgatinglar.
« Javob #16 : 27 Oktyabr 2010, 15:27:03 »
Bosh harflar imlosi

Orfografiya qoidalariga ko‘ra bosh harflar quyidagi o‘rinlarda qo‘llanadi:

1. Abzas, gap, she’rning har bir misrasi bosh harf bilan boshlanadi.

2. Atoqli otlar bosh harf bilan boshlanadi: Alisher Navoiy, G’afur G’ulom, Toshkent, O‘zbekiston kabi.

3. Planeta va yulduzlarning nomlari bosh harf bilan   boshlanadi: Yer,Quyosh, Oy, Mars, Hulkar kabi. Ammo Yer, Quyosh, Oy so‘zlari planeta ma’nosidan  boshqa ma’nolarda kelganda kichik harf bilan boshlanadi. Qiyoslang: Yer Quyosh atrofida, Oy Yer atrofida aylanadi; O‘amma bir yerga to‘planib, kelasi oyning rejasini tuzib oldik.

4. Davlatlarning, davlat oliy tashkilotlari va mansablarning, xalqaro tashkilotlarning nomlaridagi har bir so‘z bosh harf bilan boshlanadi. O‘zbekiston Respublikasi, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi kabi.

5. Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarning nomi tarkibidagi birinchi so‘z bosh harf bilan boshlanadi: Madaniyat fazirligi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Fanlar  akademiyasi, Til va adabiyot instituti kabi.

6. Madaniy- maishiy va savdo korxonalariga, adabiyot va san’at asarlariga, sanoat va oziq- ovqat mahsulotlariga, shuningdek, transport vositalari, sport  inshoatlariga qo‘yilgan nomlar bosh harflar bilan boshlanadi:  «Saodat» drammasi, «Navruz» xayriya jamg’armasi, «Toshkent» mehmonxonsi, «Qutlug‘ qon» romani, «Paxtakor» stadioni, «Dilorom» operasi kabi.

7. Muhim tarixiy sana va bayramlarning nomlari  tarkibidagi birinchi so‘z bosh har bilan boshlanadi: Mustaqillik kuni, Xotira kuni, Ramozon hayiti, Navro‘z bayrami kabi.

8. Davlatning oliy darajali  mukkofotlari nomi tarkibidagi har bir so‘z bosh harf bilan boshlanadi: «O‘zbekiston Qahramoni» (unvon), «Oltin Yulduz» (medal).
   Boshqa  mukofotlar, faxriy unvonlar, nishonlar nomidagi birinchi so‘zgina bosh harf bilan boshlanadi: «Sog‘lom avlod uchun» (orden), «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi» (faxriy unvon), «Matbaa aloqachisi» (nishon) kabi.


Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Imlo qoydalarini o'rgatinglar.
« Javob #17 : 27 Oktyabr 2010, 15:29:49 »
Foydalanilgan adabiyot:

O‘ZBEK TILI PRAKTIKUMI

M. Asqarova, R. Yunusov, M. Yo‘ldoshev,
D. Muhamedova

TOSHKENT - 2007


Alisher, umid qilamanki sizga bu ma'lumotlarni ancha-muncha foydasi tegadi.

Kitobdagi Ruscha( Kiril) "q" harflari ko'rinmabdi, uzr.

Alisher123

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 11
  • -oldi: 9
  • Xabarlar: 17
Re: Imlo qoydalarini o'rgatinglar.
« Javob #18 : 27 Oktyabr 2010, 18:32:07 »
Ming bor rahmat! O'qishni boshladim.

Hechqisi yo'q bo'ladi. Zo'r

Alisher123

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 11
  • -oldi: 9
  • Xabarlar: 17
Re: Imlo qoydalarini o'rgatinglar.
« Javob #19 : 27 Oktyabr 2010, 22:42:43 »
                                         :bsm:
Assalomu alaykum!
Ko'p narsalarni o'rgandim. Masalan;
Kirilcha ''e'' ni nima uchun ''э'' o'qilishini sababini bilib oldim.Hamda boshqa hariflarni ham.men bularni o'rganishim uchun yozma ish yoki insho diydimi? Shunga harakat qilaman.Insha Olloh

Lekin menda savollar bor.Ijozat bergaysiz!

Shoxruh Mirzo akamizzi bergan javoblari
Fe'l, ot bular so'z turkumlari bo'lib so'z turkumlari ma'no va vazifasiga ko'ra 5 ga bo'linadi:
1.Mustaqil so'zlar;
2. Yordamchi so'zlar;
3.. Undov so'zlar.
4. Taqlid so'zlar.
5. Modal so'zlar.
shularga misollar keltirib bera olasizmi?(onson tushunishim uchun)

1.''olmoshlar'' haqida toliq chunchaga ega emasman.
2.''Fel''haqida ham tushuncha bering.(yuqorida birodarimiz ham tushuntirib o'tgandilar,lekin to'liq tushuna olmadim).
3.''Imlo''ni manosi nima,yoki qoyda deganimi?
4.''ot''
5.''sifat''
6.'' Qaratqich''
7.''turdosh otlar''
8.''Qisqartma otlar''
9.'' kelishig''
10.''izofali''
Shularga ilojingiz bo'lsa misollar keltirib tushuntirib bersangiz degandim.Ba'zilarini oz-moz bilamanu lekin toliq tushuna olmayabman.Yordam bervoring! Rahmat!

Alisher123

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 11
  • -oldi: 9
  • Xabarlar: 17
Re: Imlo qoydalarini o'rgatinglar.
« Javob #20 : 27 Oktyabr 2010, 22:51:45 »
Ko'p kitob o'qisangiz ham shu kabi qoidalarni sekin-asta o'rganib borasiz, so'zlarni to'g'ri yozish, "h" va "x"ni to'g'ri qo'yish, vergul, tire va undalmalardan to'g'ri foydalanish va hokazo. Qolaversa, so'z boyligingiz va dunyoqarashingiz ham boyib, kengayib boradi. Inshaalloh.

Ha albatta bunaqaqilib ham o'rgansa bo'ladi.Insha Alloh.
Hamma forum ahlini Ilmini Allohim ziyoda qilsin.Va umrilaringa,rizqlaringa baraka bersin!

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Imlo qoydalarini o'rgatinglar.
« Javob #21 : 29 Oktyabr 2010, 15:12:24 »
Alisher, sizga maslahatim maktab darsliklaridan 6-7 sinf O'zbek tili kitobini olib yaxshilab o'qib chiqing.
Chunki bu yerda men beradigan ma'lumotlar Universitet talabalari darajasida. Yani Universitetning O'zbek tili va adabiyoti bo'limi talabalari uchun mo'ljallangan. Ham qiyin ham esingizda qolishi amri mahol.

Siz so'ragan barcha savollarga javob topasiz inshalloh.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Imlo qoydalarini o'rgatinglar.
« Javob #22 : 29 Oktyabr 2010, 15:46:03 »
Ha keyin mavzu nomidagi "qoyda" "qoida" deb yoziladi. Tuzatib qo'yarsiz.

Alisher123

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 11
  • -oldi: 9
  • Xabarlar: 17
Re: Imlo qoidalarini o'rgatinglar.
« Javob #23 : 29 Oktyabr 2010, 19:22:11 »
Alisher, sizga maslahatim maktab darsliklaridan 6-7 sinf O'zbek tili kitobini olib yaxshilab o'qib chiqing.
Chunki bu yerda men beradigan ma'lumotlar Universitet talabalari darajasida. Yani Universitetning O'zbek tili va adabiyoti bo'limi talabalari uchun mo'ljallangan. Ham qiyin ham esingizda qolishi amri mahol.

Siz so'ragan barcha savollarga javob topasiz inshalloh.

Maslahatingizga amal qilaman,in sha Alloh!
Sizga yana birbor rahmat!

Mutaallim-2010

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 37
  • -oldi: 47
  • Xabarlar: 65
  • Jins: Erkak
Re: Imlo qoidalarini o'rgatinglar.
« Javob #24 : 03 Noyabr 2010, 21:13:46 »
ЛОТИН АЛИФБОСИГА АСОСЛАНГАН ЎЗБЕК ЁЗУВИ ВА ИМЛО ҚОИДАЛАРИ     http://dir.uz/ru/files/show/25065/uz_lotin_imlo.pdf.html


Rumiy

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 13
  • -oldi: 19
  • Xabarlar: 30
  • Jins: Erkak
    • qulnoma
Re: Imlo qoidalarini o'rgatinglar.
« Javob #25 : 04 Noyabr 2010, 17:19:15 »
ЛОТИН АЛИФБОСИГА АСОСЛАНГАН ЎЗБЕК ЁЗУВИ ВА ИМЛО ҚОИДАЛАРИ     http://dir.uz/ru/files/show/25065/uz_lotin_imlo.pdf.html


700 kblik kichik hajmda fayl ekan. Afsuski ko'chirolmadim.  Forumda joylashtirish mumkin bo'lsa xursand bo'lamiz. Oldindan rahmat.

Osmon uzoq, yer qattiq.

Mutaallim-2010

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 37
  • -oldi: 47
  • Xabarlar: 65
  • Jins: Erkak
Re: Imlo qoidalarini o'rgatinglar.
« Javob #26 : 04 Noyabr 2010, 18:32:30 »
Mualliflari bunga qanday etiroz bildirishlarini bilmadim. Men buni qaysidur forumdan ko'chirdim.

[Katta hajmda ekanligi bois o'chirildi.]

 

O'zbek tilining imlo lug'ati

Muallif AbdulAzizBo'lim Lug'atlar

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 44345
So'nggi javob 17 Iyun 2011, 07:26:44
muallifi NANO
Eng oson tabriknoma tayyorlash yo'lini o'rgatinglar, iltimos:)

Muallif AnsoraBo'lim Darsxona

Javoblar: 7
Ko'rilgan: 9277
So'nggi javob 26 Iyul 2012, 02:35:39
muallifi azizbek_mx
Imlo xatolari hit-paradi

Muallif МузаффарBo'lim Fotogallereya

Javoblar: 9
Ko'rilgan: 24110
So'nggi javob 16 Aprel 2017, 18:38:38
muallifi Turonii
Imlo uyalganda

Muallif TuroniiBo'lim Fotogallereya

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 1164
So'nggi javob 16 Aprel 2017, 18:31:59
muallifi Turonii