Davlat tilidagi saytlar haqida  ( 31298 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:30:44

shoir:

http://nafosat.freenet.uz

Muhabbatli ko’ngillarga bag’ishlangan juda ajoyib sayt. Sizlarga ham tavsiya etaman.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:31:00

margilanets:

Man bugun bitta sayt ko'rib qoldim:
http://myp.uz/adabiyot/index.php

Sizlarga qaysidir saytning ko'chirmasini eslatmayaptimi?
Yana tag'in "portal" deb nomlab olishganini qarang.
Ko'chirmachilik ham evi bilan-da!

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:31:16

Feruzabegim:

Alisher Navoiy haqida ma'lumot izlab, bu saytni topdim, ingliz tilida bo'lsada yaxshi sayt. Kelajakda kimga kerak bo'lsa, ishlatishlari mumkin har xil proyektlar uchun:
http://www.umit.maine.edu/~asrorbek.toshev/ghazal.htm

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:31:34

shoir:

Sevimli shoirimiz Xurshid Davron sayti:

http://khurshiddavron.wol.bz/

+ http://xurshiddavron.madaniyat.uz/

Qayd etilgan



Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:32:40


Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:34:11

maknuna:

Lekin bularning hammasi rus tilida ekan...

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:34:27

uztermbek;

Нега энди хаммаси... doda.uz нинг масалан, хам кириллча, хам лотинча ёзувда узбек тилидаги сахифалари бор (утиш юкорида, унг томонда). Лекин, тугри дастлаб юкланадиган сахифа русча...
Биласизми нега шундай булаяпти? Информацион технологиялар, программалаштириш, интернет сахифалари яратиш устида, айника, веб-студияларда ишлаётган ёшларимизнинг купчилиги русизабон, шунинг учун хам уларга уз тилларида яратиш осонрок булаяпти. Шунинг учун хам шу студиялардаги баъзи нуфузли даргохлар ёхуд узбек адибларининг сайтлари хам саводхонлик бобида оксайди ва бу ачинарли. Аммо, тан олиш керак, айнан шуларнинг саъй-харакати сабаб, миллий тармок анча-мунча ривожланиб бораяпти.
Шу мавжуд манбаларнинг узбекча вариантларини ишлаб чикиш учун, менимча, тегишли мутахассисларга мурожаат килинса, матнларни таржима килиш учун ёрдам таклиф килинса, улар йук дейишмаса керак. Келинг (айни шу пайтда бир фикр тугилиб колди...), бир ташаббускор гурух тузиб, унга кунгилли ёшларни жалб килиб, шу ишни ташкил килсак... нима дейсизлар?

Дарвоке, юкоридаги системаларга узбек тилида суров берилса, тегишли сайтларни топиб бера олишади.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:34:37

Assalom:

Juda yaxshi taklif.
Umuman juda ko'p rasmiy o'zbek saytlari ham rus tilida.
Nima osha rasmiy tashkilotlarda faqat ruslar ishlashadimi?

Rus tilida oson, muammo ham kam, shekilli...
   

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:35:20

uztermbek:

Ha, darhaqiqat, davlat tashkilotlarining rasmiy saytlarini ko'rsangiz, tepada respublika gerbi, bayrog'i, lekin tili ruscha. O'zbekcha varianti bo'lgan taqdirda ham, ular to'liq emas yoki baribir ruscha sahifalarga qaytib kelaveradi. Juda g'alati holat.
Yana bir bor aytmoqchiman, shu kabi muhim saytlar ustida ishlayotganlar bilan bog'lanib, agar ular o'zbekcha sahifalarni ishlab chiqishga rozi bo'lsa (dastlab yuklanadigan sahifa qilib qo'yilsa, undan ham yaxshi), sayt matnini o'zbekchaga tarjima qilib berish kerak. Bu narsa ayniqsa, tilshunoslik, tarjima fakultetlari talabalari uchun foydali amaliyot bo'ladi. O'zlaringizga qolar gap yo'q, milliy internet mazmunini boyitish uchun, boshqa sohalardan farqli ravishda, hech qanday katta mablag'lar talab qilinmaydi. Sizu bizday yoshlar birikib (bo'sh vaqtimizda) astoydil mehnat qilsak, Uznet bunchalik orqada qolib yurmaydi yoki ruscha yo'nalishda yo'rg'alab ketmaydi. O'zingiz bir o'ylab ko'ring, hozir deyarli hamma soha bo'yicha ma'lumot izlab topsa bo'ladigan Runet ham birdaniga paydo bo'lib qolgani yo'q-ku. Ularning tizimi bizdan sal oldin paydo bo'lgan, lekin yoshlari, ziyoli insonlari bizdan ancha g'ayratliroq shekilli, shunchalik ildamlab ketishgan. Hozir rus tilini yaxshi bilmaydigan yoshlar Internetda rosa qiynalishadi... Bu qachongacha davom etadi?!

Qayd etilgan