Davlat tilidagi saytlar haqida  ( 31215 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:35:32

Assalom;

Gaplarizngizga qo'shilaman.
Keyin ba'zi "Milliy" portallarga ham kirsangiz, "milliy" rus tilidagi ma'lumotlarga ko'zingiz tyushadi. O'zbekcha sahifasi esa yo ishlamaydi yoki "ustaxonada" bo'ladi.

Manimcha bunga sabab, hukumat, unda ishlayotgan millatparvarlarning bu holatdan to'liq xabardor bo'lmayotgani bo'lsa kerak. Aks holda ular bu muammolarni shundoq qoldirishmas edi.
   

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:35:45

uztermbek:

Assalom, ko'rib turibman, siz ham ushbu muaamoga aslo befarq emassiz. Umid qilamizki, boshqa do'stlarimiz ham bu muhokamaga qo'shilishadi va birgalashib biron ishga qo'l ursak bo'ladi.
Ma'lumki, bizda bir ishni boshlash uchun qaysidir yuqori idoraning ko'rsatmasi kerak, o'zidan bilib birov bir tashabbus bilan chiqishi, uni amalga oshirishi kam uchraydi. Tegishli mutasaddilarning bexabarligi bor gap, ammo xabardorlariga ham qandaydir qog'oz kerak shekilli, janoblari sukutdalar. Shunday ko'rsatma chiqsin, ko'rasiz, hamma ommaviy ravishda shu ishga yopishadi. Hukumatning qarorlarini kutib o'tirish esa befoyda, buyog'i yoshlarning qo'lida. Ulardan shu daqiqaning o'zida mingtasi Internetda o'tiribdi, har xil saytlarda yurishibdi. Lekin, shu yuqoridagi narsalar haqida o'ylab ko'rishsa, shunga ko'ra ish ko'rishsa yaxshi bo'lardi.
Ayreks xalqaro tashkilotining IATP, School Connectivity dasturlari tomonidan ko'p ishlar qilingan edi. Ular yoshlarga mustaqil ravishda veb-resurslarni yaratishni o'rgatishdi. Bu saytlar .freenet.uz, .connect.uz domenlarida joylashgan. Ularning ko'pchiligi o'zbek tilida. Hozir esa, unday saytlarni yaratish, boyitish o'z qo'limizda.
Mavzudan biroz chetlashdim, shekilli. Xullas, hozirda o'zimizda mavjud sahifalarning o'zbekcha variantlarini qo'llab-quvvtlash haqida fikrlaringizni bilmoqchi edi.
Rahmat.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:36:36

uztermbek:

www.gzt.uz - Gazeta.Uz - Yangi axborot manbasi. Bu loyiha haqida saytda quyidagilar yozilgan:

Bir paytlar jug'rofiy siyosat asoschilari O'rta er dengizini egallagan davlat butun dunyoga egalik qiladi, degan qarashni ilgari surgan edi. Bugungi axborot texnologiyalari yuksak taraqqiy etgan, axborot jamiyati qaror topib borayotgan sharoitda masalaning mohiyati o'zgarib ketdi: kimki axborot tarqatishga egalik qilsa, dunyoning taqdiri o'shaning qo'lida bo'ladi. Bizning bunday maqsadimiz yo'q. Niyatimiz ham shunga yarasha: O'zbekiston va chet ellardagi Internetdan foydalanuvchilarni imkon boricha haqqoniy axborot bilan ta'minlashdir.

Bugun Internetdan foydalanishda g'alati bir tamoyil paydo bo'lyapti. Hatto bir idorada ishlaydigan xodimlar ham bir-biri bilan Internet orqali yozishma qilish bilan birga u yoki bu korporativ loyihalarni Internet-forum orqali muhokama qilayotir.

Internetga bo'lgan bunday qiziqish va uning imkoniyatlaridan foydalanish tamoyilini kuchayib borayotgani bizni www.gzt.uz — mustaqil Internet axborot agentligi tashkil etishga undadi. Uning asosiy maqsadi mamlakatimiz va chet ellarda ro'y berayotgan voqea-hodisalar haqida xabar, informatsiya, tahliliy maqolalar va sharhlar tayyorlab tarqatishdir. Albatta, tovar bo'lgan informatsiya to'liq ob'ektiv bo'lishi mumkin emas. U tarqatuvchisining nuqtai nazarini aks ettirishi tabiiy. Ammo professional etika nuqtai nazaridan u yoki bu ob'ektga nisbatan sub'ektiv munosabatda bo'lishga yo'l qo'yiladi. Binobarin, ro'y berayotgan voqea-hodisalarga o'z nuqtai nazaringdan kelib chiqib, baho berishning yomon joyi yo'q. Shu o'rinda sub'ektivlikni qanday engish mumkin, degan savol tug'iladi. Bizningcha, buning birdan-bir yo'li www.gzt.uz ni — u yoki bu voqea-hodisa haqidagi turlicha qarashlar, talqinlar minbariga aylantirishdir.

Agentlik vebsayti O'zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi ko'magida tayyorlandi.

Agentlik viloyatlarda yashab ijod qilayotgan jurnalistlarni hamkorlikka taklif etadi.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:36:54

AbdulAziz:

Tavba qildim, nima uchun juda ko'p saytlarda ham birinchi bo'lib, o'zbekcha index ochilmasdan ruschasi ochiladi, hayronman... :)

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:37:14

uztermbek:

http://press-service.uz/ - bu saytga nima deysiz? :-X

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:37:41

AbdulAziz:

Paradoxni qarang.
Milliy matbuot xizmatining sayti dastlab Rus tilida ochiladi.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:37:58

uztermbek;

Afsuslar bo'lsinkim, shunday. Hukumatimizning Internetdagi vakolatxonasi-chi? Bu yerda ham shu holatni ko'rishimiz mumkin:
www.gov.uz

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:38:12

uztermbek:

Men biladiganim shu, Maknuna. www.forum.uz ning o'zbek tilidagi mavzulari albatta ko'p, ammo u yerda boshqa tillar elementlari shu qadar aralashtirib yuboriladiki, asti qo'yaverasiz. Yaxshi postlar, mavzular ham uchrab turadi. Muhit, kayfiyat lekin uyoqda butkul boshqacha.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:38:26

AbdulAziz:

www.forum.uz - juda yaxshi forum. Lekin ko'pincha, muammolar muhokamasida biryoqlamalik kuzatiladi.
Til nuqtai nazarida esa u yerda ingliz tili yetakchilik qiladi. Juda ko'p postlar aynan shu tilda.
Men asosan, "Madaniyat va Adabiyot" bo'limiga kiraman. Bu yerdagi mulohazalarning ko'pchiligi milliy tildaligi yoqadi.

Yana bir forum - www.uzforum.com da esa rus tili yetakchilik qiladi. Aksariyat foydalanuvchilar millatimiz vakillari bo'lishsa-da, rus tilida mulohaza bildirishadi.

Mayli, qaysi til bo'lishidan qat'iy nazar bir narsaga alohida e'tibor berish kerak:
- O'zbek tilida ham, fikrni foydalanuvchi qalbiga muhrlay olsa bo'ladi.
- Ba'zilarga o'xshab yarim o'zbek, yarim yevropa tilida gapirish, tilimizga nisbatan hurmatsizlikdir.
- Hamma tushunadigan davrada ham milliy til qolib boshqa tillarda gapirish ham odobdan emas.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:38:38


Qayd etilgan