Davlat tilidagi saytlar haqida  ( 44056 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:38:51

Abu Muslim:

Sof o'zbek tilimizda forumlar kam ular ichida mana ushbu forum va bir ikki forum bor halos, qolgan o'zbekcha forumlarda boshqa til na'siri juda kuchli
http://forum.islam.uz forumi O'zbekistoinda birinchi kiril imlosidagi forum bo'lib qolmay balki sof o'zbekcha diniy va milliy qadraytlarimizga asoslangan.
Aslida kiril imlosida forum qilish yoki sayt qilish noqulay (o'ziga yarasha mashaqqati bor)
Shunig uchun ko'pchilik forumni yoki saytni lotincha qiladi yoki kirilchani ishlatsa o'zbek harflaridagi elementlar tushirilib qolinadi.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:41:12

Maknuna:

Alloh qilayotgan hayrli amallaringizni qabul aylasin!
Juda yaxshi forum tashkil qilgansizlar.
Man ham ancha ilm olyapman.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:41:44


Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:42:01

Uztermbek;

Futbol ishqibozlari uchun:

www.uff.uz

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:42:11

shoir:

Navoiy asarlari o'zbek va ingliz tillarida:

http://navoigarden.com/

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:42:25

uztermbek;

Katta rahmat, juda go'zal va boy sayt ekan. Buning ustiga yangi...

O'tkir Hoshimov va uning ijodi haqida: http://utkir.edunet.uz/

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:42:51

AbdulAziz:

Yoshlarimizni ezgu maqsadlar yo'lida birlashtirgan "Kamolot"ning Toshkent shahar filiali saytini deyarli har kuni televideniyeda reklama qilishyapti. Sayt egalari o'z oldilariga juda ezgu maqsadlarni qo'yganlar. Poytaxt oliy o'quv yurtlari, kutubxonalar haqidagi ma'lumotlar, shuningdek, yoshlarning bo'sh vaqtlarini "maroqli" o'tkazishga ko'maklashadigan ko'ngilochar sahifalar tashkil etishgan.

Saytga kirar ekanman, avvalo e'tiborimni tortgan birinchi narsa bosh sahifaning rus tilida ochilganligi bo'ldi. Asta qidirib, o'zbekcha sahifaga o'tadigan tugmani ham topib oldim. "Kamolot" YOIHining Toshkent shahar bo'limi portali degan yozuvdan keyingi rasmlar xayolimni band etdi. Undagi birinchi va uchinchi rasmda yigit bilan qiz tasvirlangan. Ikkalasida ham qiz miniyubkada. Ikkinchi rasmni ko'rib hushim o'chib ketdi: Katta magnitofon ko'tarib olgan, kiyinishi ham allambalo yigit, tor shim kiyim qornini ochib olgan qizning belidan ushlayapti.

Yoshlarimizni ezgu g'oyalar yo'lida tarbiyalashga ko'maklashayotgan "Kamolot"ning bundayin antireklamalarini qanday tushunish mumkin? Yoki o'zbek yoshlarining mana shunday noo'zbekona holatga tushib qolishlarini istashayotgan bo'lsa?

Saytning boshqa bo'limlariga nazar solamiz. Men qiziqib kirganim badiiy adabiyotlar sahifasida Umar Xayyomning "Ruboiyot"i bilan Abdulla Qahhorning "Nutq" felyetonidan boshqa hech qanday o'zbekcha ma'lumoit topa olmadim. Darsliklar sahifasida ham shu holatni kuzatishimiz mumkin.

Saytning forum, e'lonlar, fotogallereya sahifalari ham ruschada. Musiqa sahifasida esa bironta ham milliy qo'shiqlarimizni uchratmadim. U yerdagi ashulalarning ko'pchiligi chet-el va rus estaradasi qo'shiqlaridir. Yoshlar tarbiyasida musiqaning o'rni beqiyos, lekin menimcha, saytdagi qo'shiqlardan yosh avlod qanday tarbiya olarkin?

Har na bo'lsa ham saytning tashkil etilganligi yaxshi, albatta. Lekin yoshlarning ma'naviyatini bunday sahifalar bilan buzmaslik kerak.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:43:04

uztermbek:

Ha... befarqlik... jinoyatkorona befarqlik...

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:43:16

AbdulAziz:

Balki targ'ibdir...

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:43:27

uztermbek;

Shunday ham bo'lishi mumkin, Abdulaziz.

Qayd etilgan