Davlat tilidagi saytlar haqida  ( 44117 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:28:04

uztermbek:

Bu mavzuning ochishdan maqsadim, hozirgi kunda mavjud va yaratilayotgan o'zbek tilidagi veb-saytlar haqida ma'lumot almashish va ularni sizlar bilan birgalikda muhokama qilishdir. Agarda siz Internetda biror e'tiborga sazovor shunday veb-saytlarga duch kelsangiz, boshqa foydalanuvchilarimiz ham bu haqda xabardor bo'lishlari uchun manzilini shu yerda qoldirishingiz mumkin.

- - -

Men o'zim boshlay qolay:
"Акс-Садо" он-лайн газетаси:
http://aks-sado.livejournal.com

"Жонли Журнал"да ташкил этилган ушбу нашрнинг максади ўзбек тилида сўзлашувчи Интернет фойдаланувчилари учун фан тараккиёти, таълим ривожи ва маданий жараёнлар, жамиятимиз хаёти хакида маълумотлар, фикр-мулохазаларни такдим этишдан иборат.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:28:25

AbdulAziz:

Juda yaxshi, mazmunli jurnal ekan.
Boshqalarni ham taklif qilaman.

Taklifim: Jurnal ma'lumotlari asosida sayt yaratish kerak.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:28:37

Shoir:

www.literature.uz

O'zbek adabiyoti haqida juda yaxshi sayt!

Uchta tilda: ingliz, rus va o'zbek tillarida.

Muammolari:
- ochilishi juda qiyin, pastroq tezlikdagi internetlarda umuman ochilmasligi ham mumkin;
- rus va ingliz tilidagi bo'limlari mukammal emas va ma'lumotlari juda kam.
- o'zbek tilidagi bo'limda esa asarlardan namunalar juda kam berilgan.
- yangiliklari 2003 yildan beri update qilinmaydi.
- forumi ham deyarli ishlamaydi.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:29:05

uztermbek:

AbdulAziz ga:

Ha, bu haqda ham o'ylagandim, lekin afsuski, buning uchun ancha vaqt va kuch sarflashga to'g'ri keladi. Hozircha, jurnaldagi yozuvlarni eplab turaylik. Nasib etsa, bir kun kelib sayt ham qilarmiz. Taklif uchun rahmat.

shoir ga:

Ha, bu yaxshi sayt va siz unga bergan baho ham ayni haqiqat. Umid qilib qolamizki, kimdir bu sayt ustida yana ishlaydi va uni boyitadi.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:29:17

shoir:

http://uza.uz/uzb/
O'zbekiston axborot agentligi sayti.

O'zbekiston haqida asosan rasmiy ma'lumotlar beriladi.

kamchiliklari:
- yangiliklar juda kam update qilinadi;
- so'nggi xabarlar ruknida ko'pincha eski xabarlar joy oladi (bir kun oldingi)
- operativlik yetishmaydi.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:29:30

uztermbek;

Holbuki, uza.uz ning rus tilidagi varianti ancha faol, deyarli har kuni yangilalandi...

Yana bir axborot manbasi: http://fikrvafakt.blogspot.com/

Bu yerda O'zbekiston va dunyo bo'yicha siyosat, iqtisodiyot va madaniyat bo'yicha xabarlar qisqacha yoritib boriladi.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:29:46

AbdulAziz:

www.uzreport.com
saytining o'zbekchasi ham tez yangilanmaydi.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:30:02

uztermbek;

www.shov-shuv.uz (Shou-biznes dunyosi haqida so'z yuritiladi)

www.iguzar.com (kattagina portal; bironta milliy web-manbada topilmaydigan imkoniyatlar mavjud; ijtimoiy mavzudagi qiziqarli maqolalar chop etiladi)

www.press-uz.info (bunisi jiddiyroq; yosh jurnalistlar klubi veb-sayti; TDJTU katta o'qituvchisi To'lqin Eshbek rahbarligida tashkil etilgan va faoliyat yuritadi; hukumatga oppozitsiyada bo'lgan kuchlar nashrlariga munosib javob berayotgan yagona Internet manbasi desak adashmaymiz).

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:30:16

muxbir:

Shov-shuv.uz - butun g'iybat, oldi qochdi, milliy "pornografiya"dan iborat sayt! >:(

Iguzar.com - dizayni uncha yaxshi emas. Balki birinchi "portal" bo'lgani uchunmi juda ko'p defektlari bor. "Ko'chirmachilik" illatini AbdulAziz chiroyli qilib ochib bergan edilar.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:30:30

uztermbek:

Buni qarang, bu saytlarning ichini ko'zdan kechirib chiqmagan ekanman. 'Shov-shuv'ning-ku shundayligidan xabarim bor, bosh sahifasiyu nomlanishining o'zi shundan dalolat berib turibdi.
Ha, endi bular milliy Internetdagi 'sariq' manbalar-da.

Qayd etilgan