O'zbek folklori bilan bog'liq savollar.  ( 32937 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Ansora  14 Yanvar 2012, 13:13:59

 :asl3:

Xozir xalq og'zaki ijodi bilan bog'liq tadqiqot olib borayotgandim. Bazan shunday maqollar chiqyabdi-ki, qanday tahlil qilishni bila olmayabman.

"Aql-aqldan ustundir", so'ziga rioya qilgan holda bu mavzuda sizlardan maqollarni tahlili haqida yordam so'ramoqchiman.

Masalan:

Betkay ketar, bel qolar, Beklar ketar, el qolar.

maqolidagi "betkay" so'zini hech qayerda topa olmadim, balki shevaga xos so'zdir.

Tahlillaringizni kutaman:)

Qayd etilgan


Abu Muso  14 Yanvar 2012, 16:11:40

 :asl3:
Изох: Беткай — нарсанинг, кузатувчига ёки бирон нарсага қараган олд қисми.


Мисол:

1.Тоғ жамбил-Тоғнинг қуёшга беткай жойларида ссади.

2.А­сласанг... хотирга қуюнлар кетгай,
А­сласанг, қораср ксзларинг олди.
Қийғос боғлар кетиб шамолга беткай,
Ўрнида сп-сйдоқ далалар қолди...



Qayd etilgan


Ansora  14 Yanvar 2012, 20:28:19

 :vsl3:

Aka, rahmat ma'lumot uchun, unda maqolni qanday tahlil qilsak bo'ladi:)

Qayd etilgan


azizbek_mx  15 Yanvar 2012, 00:00:48

menimcha kökrak kerib, g'oz yuradiganlarga qarata aytilyapti, köksing ichiga kirib, beling qoladi degan ma'nodadir. Beklar ketar, el qolar deyilishi ham, el qora xalq bölsada beklarning asosiy ustuni. Men maqolni shunday tushundim

Qayd etilgan


Shuhrat_  15 Yanvar 2012, 06:43:00

:asl3:

 

Betkay ketar, bel qolar, Beklar ketar, el qolar. 
bu insonga aytilgan maqol.
Kishini yuzi,yani masalan chiroyi,kdtar.
Bel qolar:bu katta mano. Kishini tik tutib turuchi bel(umurtqa pohona),umurtqa pohonani so'ngi qismida nohotdek bir suyak bor ekan,qiyomatda usha suyakdan Alloh tiriltirarkan ,bu quronda bor, u suyak chirimasakan, kuymasakan, bel qolar.
Beklar ketar el qolar:
yani podshohlar,ketadi el qoladi,halqqa inoqlikni owiriw uchun aytilgan

Qayd etilgan


Shuhrat_  15 Yanvar 2012, 06:45:37

alloh biladi.
Vallahi A'lam
biz uning oldida ojizmiz

Qayd etilgan


Ansora  15 Yanvar 2012, 13:15:06

Betkay ketar, bel qolar, Beklar ketar, el qolar.

Maqolini men shunday tushundim:

Betkay- bu yerda yerni kavlagan inson, bel esa, biz bilgan kurak. Ya'ni biri kelar, biri ketar inson bolasini.

Eldagi mashhur insonlar ham o'lib ketaveradi, lekin xalq qolaveradi.

Ya'ni bir navi insonga o'limni eslatyabdi, hayotning foniyligini.

Qayd etilgan


Ansora  31 Yanvar 2012, 13:54:35

Navbatdagi maqolni qanday tushunasiz?

Buzilgan uydan bulovich olma.

Qayd etilgan


Ansora  31 Yanvar 2012, 14:27:09

Navbatdagi maqol:

Chillasi chiroq ko'rmagan
Mum shamni kamsitar.

Bu yerda chilla qaysi ma'noda?

Qayd etilgan


Donishmand  31 Yanvar 2012, 15:59:46

Buzilgan uydan bulovich olma - hosiyatsiz joydan narsa olma, unga taqlid qilma degan ma'noni beradi.

Chllasi chiroq ko'rmagan... - bu yerda tug'ilgandan keyingi qirq kunlik chilla ko'zda tutilgan. Bu ma'qol ko'zi och odamlarga nisbatan ishlatiladi. Ya'ni, o'zi to'ysa ham ko'zi to'ymas.
Maqolning kelib chiqishi qadimdan chillalik uyga chiroq yoqilganidan bo'lsa kerak.

Qayd etilgan