O'zbek folklori bilan bog'liq savollar.  ( 32936 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Muhammad Sanjar  03 Fevral 2012, 23:31:51

Dong tortganning to'yini ko'r,
Mang ? urganning uyini ko'r.

Bu maqolni "Kerilganning to'yiga bor, maqtanganning - uyiga" maqoliga ekvivalent hisobladim.
"Dong" so'ziku tushunarli, "Mang" so'ziga kelsak, "Izohli lug'at"ga ko'ra, "Ma" so'zining hurmat va ko'plik ma'nosi ekan.
Ya'ni, "Mang urmoq" qaysidir jihatdan maqtanmoqqa yaqin bo'lsa kerak.

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  03 Fevral 2012, 23:46:02

Dahsar — tariq, sesar — hayqiriq.

Bu yerdagi sozlar menga berilgan matnda xatomi deyman?

Sizdagi matnda xato yo'q deb o'ylayman, chunki "O'zbek Xalq Maqollari" kitobida ham bu maqolni ko'rdim.
"Dahsar"ning 32 kilogramm yoki to'rtdan bir botmonga teng o'lchov birligi ekanligini aniqlagan bo'lsangiz kerak.

Lekin quyidagi maqolning sizdagi matnida xatolik bor.
Abdul_Malik aytganlaridek, bu yerda "tun" so'zi o'rniga "til" so'zi yozilishi kerak edi.

Daryo to'la suv bo'lsa ham,
It tuni bilan suv ichar.

Qayd etilgan


Ansora  04 Fevral 2012, 18:19:59

Javoblar uchun rahmat.
Yangi savol:

Kuykunak o'z yerida ham g'oz bo'lar, ham — o'rdak.

maqolini qanday tushunasiz?

Qayd etilgan


Ansora  04 Fevral 2012, 18:52:28

Qizil etiklidan kelmaydi,
Ko'n etikliga bermaydi. ?
                           

Qayd etilgan


_IYMONA_  04 Fevral 2012, 19:05:12

киз болага бой жойдан совчи келмайди,
камбагалига сса бермайди ;D

Шу маънода тушундим...

Qayd etilgan


Ansora  04 Fevral 2012, 20:04:07

Iymonaxon zorsizu:) navbatdagisi:

Qora tovuq qaqillaydi,
Oq tovuq shaqillaydi.

Qayd etilgan


Aqoid  05 Fevral 2012, 00:42:20

Qora tovuq qaqqillaydi,
Qanotlari shaqqillaydi
(qumg'on) degan topishmoq bo'lardi. Shunga juda o'xsharkan.

Qayd etilgan


Ansora  05 Fevral 2012, 14:18:58

 :asl3:

Fikrlaringiz uchun rahmat. Navbatdagi maqolimiz:

Manmanga — balo, yugurukka — tumor.

Qayd etilgan


Safida  06 Fevral 2012, 22:13:12

Daryo to'la suv bo'lsa ham,
It tuni bilan suv ichar.

Nima demoqchi:)
Daryo suv bo'lsa ham,it tili bilan suv ichadi .majozi"Bahil odam har qancha boyib,mol-dunyoga mo'liqsa ham ziqnaligi qolmaydi.yesa ichsa,mol-dunyosi sob bo'lib qolayotgandek,o'zgalar u yoqda tursin,o'zidan ham qizg'anadi,hasisona kun kechiradi" Juda ohshash  :)

Qayd etilgan


Ansora  07 Fevral 2012, 12:33:40

Nari borma, bo'ri yemasin,
Beri kelma, ko'zim ko'rmasin.

?

Qayd etilgan