O'zbek folklori bilan bog'liq savollar.  ( 32908 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Muhammad Sanjar  09 Fevral 2012, 20:22:04

Dunyo, moli bo'lmasa,
Tomni teshgan o'g'ri shul.

Bu maqolning boshi tushib qolibdiku, hozir maqollar kitobida beixtiyor ko'zim tushib qoldi. Boshidan o'qilsa, ancha tushunarli ekan:

 Kimning moli, puli bo'lsa,
 Avliyoning o'g'li shul.
 Dunyo, moli bo'lmasa,
 Tomni teshgan o'g'ri shul.

Qayd etilgan


Ansora  09 Fevral 2012, 20:27:47

Menda ikkalasi ayri joylarda yozilgan:)

«Seniki — meniki» — ko'ngil torligi. ?

Sigir suv ichganda,
Buzoq muz yalar.
?

Qayd etilgan


Ansora  09 Fevral 2012, 20:30:48

Suv boshidan loyqa.

Bu maqol- baliq boshdan sasiydi bilan bir xilmi nima deysizlar?

Qayd etilgan


Ansora  09 Fevral 2012, 20:33:26

So'ksang — so'kuvingda,
Ursang — uruvingda.

Semiz — «ko'rkam»,
Boy — «chechan».


Bularda ham aniq fikrga kela olmayabman:(

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  09 Fevral 2012, 21:14:56

Kuykunak o'z yerida ham g'oz bo'lar, ham — o'rdak.

Bu maqolda insonning erki to'g'risida so'z yuritilmoqda. Inson o'z yurtida erkin bo'ladi, buni kuykunak misolida o'xshatilgan, ya'ni o'z yerida u xohlasa g'oz bo'ladi, xohlasa o'rdak..

Qayd etilgan


Ansora  09 Fevral 2012, 21:18:18

Savol — osmondan,
Javob — tegirmondan.



Qayd etilgan


Ansora  09 Fevral 2012, 21:18:42

Sakson kunda — saboq,
To'qson kunda — toboq.

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  09 Fevral 2012, 21:22:50

Nari borma, bo'ri yemasin,
Beri kelma, ko'zim ko'rmasin.

Mehribon onajonlarimizning vaqtinchalik do'q-po'pisalari chiroyli tarzda tasvirlangan ekan.. :)

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  09 Fevral 2012, 21:27:47

Non — nonda, kaliti — osmonda.

Bu maqol "Rizqni bergan Alloh" ma'nosidami?

Ha, yana nonni osonlikcha topmaslik, buning zamirida mehnat yotganligi, shuningdek, osmondan yomg'ir yog'ib, bug'doy unib, to non holiga kelguncha bo'ladigan holatga ham ishora qilingan bo'lsa kerak..

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  09 Fevral 2012, 21:53:48

Podachining qizini ko'r,
Ayab bosgan izini ko'r.

Bu maqolda biroz kesatish va kamsitish bor, bu narsa kimligini esdan chiqarib, kerilib yurgan podachining qiziga nisbatan qo'llangan.
Maqol asli kimligini unutib qo'ygan ba'zi insonlarga nisbatan ishlatilsa kerak.

Huddi shunga o'xshagan, lekin ayni paytda o'tmishi, o'tgan kunlari esdan chiqqan insonlarga aytiladigan maqol ham bor:
Ayoz, o'tgan kuningni unutma, xon (ko'n) chorig'ingni quritma.
Ruscha varianti:Лри сс‹тости помни голод, а при богатстве — убожество.
Ruscha tarjimasi:Асз, не забс‹вай свои прошлс‹е дни( свое прошлое), не забс‹вай свои старс‹е башмаки; не уничтожай свои старс‹е опорки.

Qayd etilgan