O'zbek folklori bilan bog'liq savollar.  ( 32910 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Ansora  31 Yanvar 2012, 21:03:21

Uzr, "bulovich" nima:)

Qayd etilgan


Donishmand  01 Fevral 2012, 10:34:01

Buni "butlovich" deb tushunaman. Ya'ni, buzilgan uydan butlovich olma, uyning buzilishiga butlovchi qismlari sabab bo'ladi, boshqa uyga ishlatilsa u uy ham buzilishi mumkin, degandek.

Ammo "bulg'ovich" degan so'zdan olingan bo'lishi ham mumkin.

Qayd etilgan


Ansora  02 Fevral 2012, 14:20:38

Bu maqoldagi "o'rganda" so'zi "o'rganganing payt" ma'nosidami yoki o'rmoq fe'li ila bog'liqmi?

Hunarni o'rgan,
O'rganda, chiran.

Qayd etilgan


Ansora  02 Fevral 2012, 14:37:28

Daryo to'la suv bo'lsa ham,
It tuni bilan suv ichar.

Nima demoqchi:)

Qayd etilgan


muxlisa  02 Fevral 2012, 14:49:21

Bu maqoldagi "o'rganda" so'zi "o'rganganing payt" ma'nosidami yoki o'rmoq fe'li ila bog'liqmi?

Hunarni o'rgan,
O'rganda, chiran.


"o'rganda" so'zi "o'rmoq" fe'li bo'lganida, vergul qo'yilmasdi, manimcha. "O'rgangan paytda" ma'nosida bo'lsa kerak.

Bu maqol bir ishni yaxshilab, puxta, oxirigacha qiladigan qilib o'rgan ma'nosida kelgan shekilli.

Maqollarni qayerdan olyapsiz?:)

Qayd etilgan


Ansora  02 Fevral 2012, 15:05:37

Dunyo, moli bo'lmasa,
Tomni teshgan o'g'ri shul.


?

Qayd etilgan


Ansora  02 Fevral 2012, 15:10:38

Dahsar — tariq, sesar — hayqiriq.

Bu yerdagi sozlar menga berilgan matnda xatomi deyman?

Qayd etilgan


Ansora  02 Fevral 2012, 15:13:14

Dong tortganning to'yini ko'r,
Mang ? urganning uyini ko'r.

Qayd etilgan


Abdul_Malik  02 Fevral 2012, 15:28:34

Daryo to'la suv bo'lsa ham,
It tuni bilan suv ichar.

Nima demoqchi:)

Tili bilan demoqchidir balki?

Qayd etilgan


NANO  02 Fevral 2012, 20:07:49

Dong tortganning to'yini ko'r,
Bong ? urganning uyini ko'r.


Qayd etilgan