O'zbek folklori bilan bog'liq savollar.  ( 32940 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Muhammad Sanjar  09 Fevral 2012, 22:22:37

Pismiq yotib put ko'tarar,
Shaldir-shuldir ot ko'tarar.

Pismiq insonlar haqida ko'plab maqollar bor ekan, shulardan biri bo'lmish bu maqolda ham ularning havfli insonlar ekanligi nazarda tutilyapti. Ularning havfliligi shundaki, ular qiladigan ishlarni siz umuman kutmagan bo'lasiz, aksincha, maqoldagi shaldir-shuldur deb berilayotgan toifa insonlar esa aslida beozor yoki qiladigan ishlaridan hamma xabardor bo'lgan insonlardir..
Pismiqdan qo'rq, deb bekorga aytishmagan.

Qayd etilgan


Nozima_M  09 Fevral 2012, 22:39:48

Semiz — «ko'rkam»,
Boy — «chechan».

Семиз инсонга ишиз тушса уни кунглини топиш учун "куракамгинасиз" дейилади. Бойлар орасида матанчоклари (куп гапирадиганлари) хам учрайди, уларни кунглини топиш учун "бирам гапга чечансиз (устасиз)" дейилади.

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  09 Fevral 2012, 23:08:26

«Seniki — meniki» — ko'ngil torligi.

Sigir suv ichganda,
Buzoq muz yalar.

1) "Seniki-meniki" qiladigan ayirmakashlar, ko'ngli tor, xudbin insonlar qoralangan. Insonning fe'li keng bo'lishligiga undalgan.

2) Bu maqoldagi sigirni yoshi katta, hayotni ko'rgan, tajribali ma'nosida, buzoqni esa, yosh, g'or, tajribasiz ma'nosida tushundim.

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  09 Fevral 2012, 23:13:35

So'ksang — so'kuvingda,
Ursang — uruvingda.

Semiz — «ko'rkam»,
Boy — «chechan».

Fikri ojizimcha, birinchi maqolda, har qanday holatimizda ham, har qanday kayfiyatimizda ham yonimizda turadigan sodiq insonlarimiz haqida so'z borayapti.
"So'ksa so'k oshi, ursa un oshi" deganga o'xshab ketarkan..

Ikkinchi maqoldagi "Semiz - ko'rkam" jumlasini to'la insonlarning kiyim-kechaklari ham to'liq, o'zlariga yarashgan bo'ladi degan ma'noda ham tushunsak bo'ladi, yoki ko'chma ma'noda.
Boyning "chechan"ligi esa bu uning puli ko'pligidandir, bekorga "Puli borning gapi butun" deyishmaganku, yana buni "Og'zi qiyshiq bo'lsa ham boyning o'g'li gapirsin" maqolidagidek tushunsa ham bo'ladi..

Qayd etilgan


Ansora  28 Fevral 2012, 13:38:11

 :asl3:

Alloh rozi bolsin tahlillar ancha yordam berdi:)

Bu topishmoqdagi "shivirg'on" so'zi qaysi ma'noda?

Ship etdi,
Shivirg‘on ketdi. 
(Yashin)


Izohli lugatda "shivirg'oni" degan soz bolib- manosi- donalari mayda, urug'siz qora uzum va shunday meva beradigan tok ekan.


Qayd etilgan


Ansora  03 Aprel 2012, 17:01:50

TOK
Yusufjon qiziq: Qiziq:
- Marg’ilonning yeri ho’b yer-da, bir bosh uzumi ikki zambar keladi-ya!
Mamajon maxsum: - Tokini Andijondan perhish qilib olib kelgandirsizda!

Bu yerdagi "perhish" degan so'zni tushunmadim, yoki mendagi matnda yanglish yozilganmikan?

Iltimos yordam beringlar.

Qayd etilgan


Abu Muso  03 Aprel 2012, 18:20:11

TOK
Yusufjon qiziq: Qiziq:
- Marg’ilonning yeri ho’b yer-da, bir bosh uzumi ikki zambar keladi-ya!
Mamajon maxsum: - Tokini Andijondan perhish qilib olib kelgandirsizda!

Bu yerdagi "perhish" degan so'zni tushunmadim, yoki mendagi matnda yanglish yozilganmikan?

Iltimos yordam beringlar.

 :asl3:

Mana shu manzilning 61-62 sahifasida izohlangan...

Qayd etilgan


Музаффар  03 Aprel 2012, 18:22:41

"Лархама"нинг бошқача варианти смасмикин?
Лархама бу - токнинг узунроқ новдасини катта танасидан кесиб ажратмай. балки, шудоқлигича бир стагини ерга ксмиб,нариги учини қайта ссртокка илаштириб юборилади. Кейин бу ток новдаси хам мустақил, бақувват ксчатга айланади. Лархама ксчат, калтак шаклида кесиб олиниб суқиб кскартирилган ток ксчатдан ксра тезроқ етилади ва бақувватроқ бслади....
Лерхиш деган гапни тушунмадим...

Qayd etilgan


Abu Muso  03 Aprel 2012, 18:44:48

 :asl3:

O'sha siz aytgan ma'no aytilgan, men bergan manzilda ham.

Faqat "perhish" emas, "parhish" deb yozilgan ekan...

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Aprel 2012, 20:31:56

TOK
Yusufjon qiziq: Qiziq:
- Marg’ilonning yeri ho’b yer-da, bir bosh uzumi ikki zambar keladi-ya!
Mamajon maxsum: - Tokini Andijondan perhish qilib olib kelgandirsizda!

Bu yerdagi "perhish" degan so'zni tushunmadim, yoki mendagi matnda yanglish yozilganmikan?

Iltimos yordam beringlar.

ЛАА ХИШ
[ф-т] Ўсимликнинг узун шохини ерга ксмиб, учини наридан чиқариш йсли билан снги ссимлик тупи ҳосил қилиш.
(Ўзбек тилининг изоҳли луғати)

Qayd etilgan