So'ksang — so'kuvingda,
Ursang — uruvingda.
Semiz — «ko'rkam»,
Boy — «chechan».
Fikri ojizimcha, birinchi maqolda, har qanday holatimizda ham, har qanday kayfiyatimizda ham yonimizda turadigan sodiq insonlarimiz haqida so'z borayapti.
"So'ksa so'k oshi, ursa un oshi" deganga o'xshab ketarkan..
Ikkinchi maqoldagi "Semiz - ko'rkam" jumlasini to'la insonlarning kiyim-kechaklari ham to'liq, o'zlariga yarashgan bo'ladi degan ma'noda ham tushunsak bo'ladi, yoki ko'chma ma'noda.
Boyning "chechan"ligi esa bu uning puli ko'pligidandir, bekorga "Puli borning gapi butun" deyishmaganku, yana buni "Og'zi qiyshiq bo'lsa ham boyning o'g'li gapirsin" maqolidagidek tushunsa ham bo'ladi..