Muallif Mavzu: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?  ( 35857 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Margilanets

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 38
  • -oldi: 9
  • Xabarlar: 775
  • Jins: Erkak
  • Husanbek Marg'iloniy
Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
« Javob #15 : 06 Sentyabr 2006, 07:26:58 »
Shoir:

Xiyonat bu - kechirilmas gunohi azim!

Xiyonat bu - baxtsizlik kaliti.

Xiyonat bu - hayosizlik belgisi.

Xiyonat bu - oilani yemiradigan balo.

Xiyonat bu - muhabbatning kushandasi.
Kishilar kimning yomonligidan qo`rqib qochsa, o`sha odam eng yomon odamdir. Hadisi sharifdan.
Iloyim, shunday bo`lib qolishidan saqlasin!

Margilanets

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 38
  • -oldi: 9
  • Xabarlar: 775
  • Jins: Erkak
  • Husanbek Marg'iloniy
Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
« Javob #16 : 06 Sentyabr 2006, 07:27:10 »
Noza:

Xiyonat...

Nafaqat oila, balki oddiy bir tanishimiz orqali bizga nisbatan xiyonat qilinsa bu juda qattiq botadi.
Lekin oiladagi xiyonat...
Buni inson hatto o'ylashni ham hohlamaydi.
Hozir ayrim insonlar Ollohdan qo'rqish, oxiratni o'ylash, dinimizga amal qilgan holda hayot kechirishni umuman unitib qo'yishgan.
Nahot ular ertalarini o'ylashmasa?!
Albatta xiyonatni kechirish qiyin, ayrimlar uchun buni iloji ham yoq.
Man ham o'zimga har doim etaman xiyonatni va sotqinlikni hech qachon kechirmiman deb.
Lekin Allohim kechirimli bandalarini suyadi.
Xiyonatkor insonni kechirishimiz yoki kechirmasligimiz o'zimizga havola.
Faqatgina o'sha insonga xiyonatni qanchalar katta gunohligini tushintirishimiz bu bizning vazifamiz!!!
Kishilar kimning yomonligidan qo`rqib qochsa, o`sha odam eng yomon odamdir. Hadisi sharifdan.
Iloyim, shunday bo`lib qolishidan saqlasin!

Margilanets

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 38
  • -oldi: 9
  • Xabarlar: 775
  • Jins: Erkak
  • Husanbek Marg'iloniy
Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
« Javob #17 : 06 Sentyabr 2006, 07:27:22 »
assalom;

Gaplarizga qo'shilaman, Noza!
Manimcha xiyonat kechirib bo'lmas gunoh.
Chunki oila juda muqaddas dargoh. Uyidagi ma'suma, go'zal ayoli turib, boshqalar bilan "yuradigan", aysh-ishrat qiladigan erkaklar va aksincha ayollar ham hozirgi jamiyatimizda juda ko'p topiladi.
Ba'zilarning ta'rificha, bu "moda"mish.
Bunaqa modalar ko'payib ketsa, oila qayerda qoladi? Iymon qatta qoladi?

Uzr savol uchun, masalan, tasavvur qiling (iloyim, unday bo'lmasin) turmush o'rtog'ingiz sizga xiyonat qildi. Bolalaringizning otasini kechira olarmidingiz? U o'z aybiga iqror bo'lsa-chi? Tavba qilsa-chi?
Kishilar kimning yomonligidan qo`rqib qochsa, o`sha odam eng yomon odamdir. Hadisi sharifdan.
Iloyim, shunday bo`lib qolishidan saqlasin!

Margilanets

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 38
  • -oldi: 9
  • Xabarlar: 775
  • Jins: Erkak
  • Husanbek Marg'iloniy
Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
« Javob #18 : 06 Sentyabr 2006, 07:27:32 »
Noza:

Avvalo Allohim o'zi asrasin bunday holdan.
Har hil odamlar bor, qilar ishni qiladilar, aybilariga ham iqror bo'ladilar, o'zlaricha "tavba" ham qiladilar, lekin ertaga, o'sha ishlarini yana davom ettiradilar. Manimcha bunday insonlarni kechirish hech ham o'rinli emas.

Avvalo agar inson imonli, diyonatli bo'lsa u hiyonat haqida hatto o'ylamaydi ham.
Inson albatta adashishi mumkin.
Agar u haqiqatda ham adashganini tan olib tavba qilsa uni kechirish kerak.

Bir kuni Iso alayhisallom oldilariga bir ayolni olib kelishdi. Ayolni turmush o’rtog’iga hiyonatda ayblashdi. Odamlar u ayolni zinokorlikda ayblashdi, turtkilashdi va ayolni tosh bo’ron qilishlikni talab qilishdi.
Shunda Iso alayhisalloh dedilar: “Agar kimda kim mening umuman gunohim yoq, umuman begunohman desa, o’rtaga chiqsin va osha odam birinchi bo’lib shu ayolga tosh otsin!”
Hamma jim bo’lib qoldi…
Buni Amerikaning “Isus Hristos” haqidagi filmida ilk marotaba ko’rganidim…

Inson o’zini o’sha vaziyatga qo’yishi juda qiyin.
Man hatto tasavurimga ham buni keltira olmiman.
Manimcha kechira olmasam kerak.
Uni ustiga o’ta rashkchiman.
Kishilar kimning yomonligidan qo`rqib qochsa, o`sha odam eng yomon odamdir. Hadisi sharifdan.
Iloyim, shunday bo`lib qolishidan saqlasin!

Margilanets

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 38
  • -oldi: 9
  • Xabarlar: 775
  • Jins: Erkak
  • Husanbek Marg'iloniy
Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
« Javob #19 : 06 Sentyabr 2006, 07:27:44 »
Maknuna:

Assalomu alaykum!

Xiyonat -kechirib bo'lmas gunoh. Ayniqsa, oilali insonlarning xiyonatini umuman kechirib bo'lmaydi.
Shuning uchun ham Islom dinida xiyonat qilgan erkak va ayolni toshbo'ron qilishga hukm qilinadi?
Nima uchun?
Bu holatni ko'rib boshqalar ibrat olsinlar deb. Ibrat olmaganlar esa yana o'sha eski yo'llarida yuraveradilar.

Xiyonat qilishga yetaklaydigan yo'llardan avvalo ehtiyot bo'lish kerak.
Aqlli insonlar xiyonatning atrofidan ham o'tmaydilar.

Savol: Nima sababdan xiyonat qiladilar?
Kishilar kimning yomonligidan qo`rqib qochsa, o`sha odam eng yomon odamdir. Hadisi sharifdan.
Iloyim, shunday bo`lib qolishidan saqlasin!

Margilanets

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 38
  • -oldi: 9
  • Xabarlar: 775
  • Jins: Erkak
  • Husanbek Marg'iloniy
Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
« Javob #20 : 06 Sentyabr 2006, 07:27:54 »
Noza:

Assalomu alaykum!

Nima sababdan xiyonat qiladilar?

Manimcha inson ikkinchi bir insondan "o'ziga yetarlicha" ya'ni o'zi hohlagan darajada baxt topa olmasa.
Uni boshqalardan qidiradi...

Kelinlar savolni sal boshqacharoq bersak ya'ni:
1. Erkaklar nima sabab bilan o'z ayollariga xiyonat qilishlari mumkin?

2. Va ayollar nima sababdan turmush o'rtog'lariga xiyonat qiladilar?
   
Kishilar kimning yomonligidan qo`rqib qochsa, o`sha odam eng yomon odamdir. Hadisi sharifdan.
Iloyim, shunday bo`lib qolishidan saqlasin!

Margilanets

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 38
  • -oldi: 9
  • Xabarlar: 775
  • Jins: Erkak
  • Husanbek Marg'iloniy
Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
« Javob #21 : 06 Sentyabr 2006, 07:28:05 »
Maknuna:

1. Agar ayolidan ko'ngli to'lmasa. Bu narsaga sabab ayolda ham, erkakda ham bo'lishi mumkin. Ko'proq erkak xiyonat qilishi mumkin. Chunki u ko'chada ko'p yuradi. Xyoli boshqalarga ko'p sochiladi.

2. Bunisiga javob berishim qiyin. Bu juda isnod. Ayol kishi uchun juda sharmandali holat. Nima bo'lganda ham ayol chidashi kerak, erining muhabbatini qozonishi kerak. har qanday holatda ham xiyonatdan yiroq bo'lishi shart!
Kishilar kimning yomonligidan qo`rqib qochsa, o`sha odam eng yomon odamdir. Hadisi sharifdan.
Iloyim, shunday bo`lib qolishidan saqlasin!

Margilanets

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 38
  • -oldi: 9
  • Xabarlar: 775
  • Jins: Erkak
  • Husanbek Marg'iloniy
Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
« Javob #22 : 06 Sentyabr 2006, 07:28:15 »
Noza:

Maknunahon gaplaringizga qo'shilaman.
Ko'proq erkaklar hiyonat qiladilar.
Lekin bunga sabab nimada?
Ko'pchilik ayol kishilar turmushga chiqish deganda uyda o'tirishni, bola chaqa boqish va uy ishlari bilan shug'ullanish deb tushunishadi.
Bunday ayollar o'zlariga e'tibor bermay qo'yadilar.
Ayniqsa yoshligida juda yasanishga qiziqqan ayollar teskari bob qoladilar. Bu albatta turmush o'rtoqlariga salbiy ta'sir qiladi.
Manimcha xiyonatning yana bir sabablaridan biri shudir
Kishilar kimning yomonligidan qo`rqib qochsa, o`sha odam eng yomon odamdir. Hadisi sharifdan.
Iloyim, shunday bo`lib qolishidan saqlasin!

Margilanets

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 38
  • -oldi: 9
  • Xabarlar: 775
  • Jins: Erkak
  • Husanbek Marg'iloniy
Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
« Javob #23 : 06 Sentyabr 2006, 07:28:26 »
Feruza:

Barchangizning fikringizga qo'shilaman.
Nima bo'lganda, ayollar ayolligini yo'qotmasligi va har doimo o'zlariga e'tibor berib yurishlari lozim.
Kishilar kimning yomonligidan qo`rqib qochsa, o`sha odam eng yomon odamdir. Hadisi sharifdan.
Iloyim, shunday bo`lib qolishidan saqlasin!

Margilanets

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 38
  • -oldi: 9
  • Xabarlar: 775
  • Jins: Erkak
  • Husanbek Marg'iloniy
Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
« Javob #24 : 06 Sentyabr 2006, 07:28:33 »
Eri uchun bezanmoq:

Ayol yaratilishi jihatidan go’zal bo’lsa-da, bu go’zallikni ziyoda qiluvchi ziynatdan uzoq bo’lmasligi kerak. Avvalo, bu eri oldidagi vazifasidir.

Ummu Laylo dedilar: “Bizga Rasululloh (s.a.v.) bay’at etdik. Bizga bergan buyruqlari orasida shular bor edi: “... oyoqlaringizga xina qo’ying, g’usl qilganda sochlaringizni tarang, qo’llaringizga xina qo’ying. Kuchingiz yetsa, kumush bilakuzuk taqing. Kuchingiz yetsa, qayish (uzun ingichka teri – sirim) ishlating, faqat aslo erkaklarga o’xshamang”62 . Payg’ambarimiz (s.a.v.) ayollarni erlari, mahramlari oldida pardoz-andoz qilib, taqinchoqlar taqib orasta yurishdan qaytarmaganlar, aksincha shunga buyurardilar ham. Faqat ayol eri o’lsagina pardoz qila olmas edi. Bu xususda ushbu hadis kelgan. Ummu Atiyya: “Biz ayollar o’likka uch kundan ortiq aza tutmoqdan qaytarildik, er o’lsagina 4 oyu 10 kun aza tutmoq mumkin edi. Bu muhlat mobaynida na surma, na atir-upa va na yamaniy kiyim kiyar edik” dedilar .

Mashhur arab adabiyotchisi Asmoiy (749/828) naql etadilar: “Cho’lda bir ayolni ko’rdim, qirmizi ko’ylak kiygan, qo’llariga xina qo’ygan. Ayni zamonda qo’lida tasbehi ham bor, buni ko’rib “tasbeh ne, bu bezak ne”, dedim. Ayol: “Mening bir Allohga oid bo’lgan, bir nafsim va bo’sh vaqtimga oid bo’lgan tarafim bor”, degan ma’noda she’r aytdi. Bildimki, u eri uchun bezangan yaxshi xotin ekan”.

Shuni ham unutmaslik kerakki, agar bir xotin go’zal bo’lsa, bu bilan erini kamsitmasligi, unga g’urur qilmasligi kerak.
Yana Asmoiy sahro sarguzashtlaridan so’zlaydilar:
«Cho’lga chiqdim. U yerda g’oyat go’zal ayolni ko’rdim, eri juda yoqimsiz edi. “Bunga qanday rozi bo’lding?”, dedim. Menga shunday dedi: “Jim bunday gapirma, har holda erim, Allohga xush keluvchi bir ish qilgandirki, mukofot sifatida meni unga berdi. Men Alloh rozi bo’lmaydigan bir ish qilgandirmanki, jazo sifatida uni menga bergandir. Alloh rozi bo’lganiga men rozi bo’lmayinmi?”. Men jim bo’ldim”. Ayollarimiz masalaga shunday yondosha olsalar edi, turmush muammolari osonroq hal etilardi .

"Ayollarga xos masalalar" kitobidan.
Kishilar kimning yomonligidan qo`rqib qochsa, o`sha odam eng yomon odamdir. Hadisi sharifdan.
Iloyim, shunday bo`lib qolishidan saqlasin!

Margilanets

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 38
  • -oldi: 9
  • Xabarlar: 775
  • Jins: Erkak
  • Husanbek Marg'iloniy
Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
« Javob #25 : 06 Sentyabr 2006, 07:28:46 »
Noza:

Juda o'rinli hikoya ekan.
Haqiqatda ham ayollarimiz va nafaqat ayollar balki erkakalar ham masalaga shu yo'sinda yondoshganlarida edi, ko'pgina muammolar hal bo'lar edi.
Kishilar kimning yomonligidan qo`rqib qochsa, o`sha odam eng yomon odamdir. Hadisi sharifdan.
Iloyim, shunday bo`lib qolishidan saqlasin!

Margilanets

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 38
  • -oldi: 9
  • Xabarlar: 775
  • Jins: Erkak
  • Husanbek Marg'iloniy
Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
« Javob #26 : 06 Sentyabr 2006, 07:29:00 »
Maknuna:

Oilaning yana qanday muammolari bor?

Noza, mavzuga oid mulohazalardan kutib qolamiz
Kishilar kimning yomonligidan qo`rqib qochsa, o`sha odam eng yomon odamdir. Hadisi sharifdan.
Iloyim, shunday bo`lib qolishidan saqlasin!

Margilanets

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 38
  • -oldi: 9
  • Xabarlar: 775
  • Jins: Erkak
  • Husanbek Marg'iloniy
Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
« Javob #27 : 06 Sentyabr 2006, 07:29:13 »
Noza;

Assalomu alaykum forum azolari!

Yana bir oilaviy muammolardan biri bu farzand tarbiyasi.
Ko’p ota onalar o’z farzandlariga tarbiya berishda ikkilanadilar.
Ya’ni ular tarbiyani bolaga ko’cha yoki maktab beradi, shuni o’zi yetarli deb o’ylashadi.
Man shunday qizlarni bilaman. Uyda otalariga, akalariga umuman gapirishga qo’rqishadi. Ota-onalari juda qattiq qo’l. Ular yoq paytlarida qizlar “ko’cha malikasi” ga aylanib qoladilar.
Yana shunday qizlarni bilamanki, ota onalari ularga nisbatan umuman qattiqqo’llik qilishmaydi. Bu qizlar uyda qanday bo’lishsa ko’chada ham shundaylar.

Yigitlarda ham huddi shunaqa.
Ayrim yigitlar ota-onalari oldida bo’lishsa sipogina bob qolishadi.
Ko’chada do’stlari davrasida esa og’zilariga kegan so’zlar bilan so’kib gapirishadi.
Hatto jamoat transportlarida ham kotta-kichik dimasdan so’kib gapirishadi.

Sizlarni fikringizcha bolaga necha yoshdan va qanday tarbiya berish kerak.
Kishilar kimning yomonligidan qo`rqib qochsa, o`sha odam eng yomon odamdir. Hadisi sharifdan.
Iloyim, shunday bo`lib qolishidan saqlasin!

Margilanets

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 38
  • -oldi: 9
  • Xabarlar: 775
  • Jins: Erkak
  • Husanbek Marg'iloniy
Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
« Javob #28 : 06 Sentyabr 2006, 07:29:25 »
Nodi;

Albatta farzand tarbiyasi oila uchun juda muhim.

Bolani ona qornidaligidayoq tarbiya qilish kerak. Chunki onaning ruhiy va jismoniy hatti-harakatlari farzandiga o'tadi.
Kishilar kimning yomonligidan qo`rqib qochsa, o`sha odam eng yomon odamdir. Hadisi sharifdan.
Iloyim, shunday bo`lib qolishidan saqlasin!

Chustiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1743
  • -oldi: 4001
  • Xabarlar: 2433
  • Jins: Erkak
  • "Namoz mo'minning me'rojidir"
    • www.hilol.com
Re: Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?
« Javob #29 : 22 Yanvar 2008, 19:11:26 »
Эътибор бериб qарасангиз, дунёда xамма мавжудот жуфт-жуфти билан яратилганининг гувоxи бўласиз. Ана шу жуфтлик давомли xаётнинг бир ибтидоси, десак хато бўлмас. xайвонот олами: qушлар балиqлар, xатто ўсимлик дунёси xамма-xаммаси жуфт-жуфт бўлиб xаёт кечиришади. Уларнинг аёлу эркаги фанда шартли рефлекс деб аталувчи ришта орxали бир-бирлари билан бирлашадилар.

Davomi....http://info.islom.uz/content/view/1106/716/

 

Texnik muammolar

Muallif NodiBo'lim Fikr va mulohazalar

Javoblar: 192
Ko'rilgan: 66129
So'nggi javob 08 Oktyabr 2011, 13:52:40
muallifi LONER
SOBIQ FORUMCHILAR HOZIR QAYERDA

Muallif NurdinboyBo'lim Umumiy

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 580
So'nggi javob 10 Fevral 2019, 16:37:40
muallifi ree7
1429 Hijriy yilning Ramazon hayiti qayerda qachon nishonlandi?

Muallif Musannif AdhamBo'lim Fikr va mulohazalar

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 6052
So'nggi javob 01 Oktyabr 2008, 22:03:06
muallifi AbdulAziz
Kim kimni, qayerda uchratdi?

Muallif AbdulAzizBo'lim Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar

Javoblar: 100
Ko'rilgan: 36660
So'nggi javob 30 Iyun 2012, 13:19:37
muallifi Aqoid
FAROSAT "ko'chasi" qayerda?...

Muallif MahdiyahBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 28
Ko'rilgan: 11404
So'nggi javob 20 Avgust 2012, 11:52:05
muallifi Secret