Oilaviy muammolar: ularning yechimi qayerda?  ( 58750 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Munira xonim  25 Oktyabr 2009, 12:37:40

Shu mavzuda bir savol o'tkazsam?

Sizning fikringizcha oilada tinchlik totuvlik bo'lmasayu, ota-ona ajrashmoqchi bo'lsa, oilaning saqlab qolingani yaxshimi, yoki ajrashishgani?

Yaxshilab o'ylab javob berishingizni istardim.
Deylik ota ichuvchi, oila bilan ishi yo'q....
Bolalarga so'zdagi "ota"dan boshqa otalik qilmaydi...
(bu bir misol)

Fikrlaringiz...


Assalamu alaykum.
Ajoyib savol bo'libdi, Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Alloh bandasini sabri yetmaydigan sinovni bermaydi hech kimga.
Hamma ham sabri yetib yashashi kerak, degan fikrda emasman.
Lekin iloji boricha, ayniqsa oilada farzand bo'lsa oilani saqlab qolishga harakat qilish lozim.
Chunki bola uchun baribir ota shart. Agar ONA haqiqiy muslima bo'lsa, farzandlarini shu otaga o'xshamasligi uchun harakat qilib go'zal tarbiya beradi. Erini haqqiga o'zi ham bolalar ham chiroyli duolar qilsa, Allohdan so'rasa, duolari bir kun ijobat bo'ladi, InshaAlloh.
Bunday oiladagi bolalarga juda qiyin, lekin ko'p narsa onaga bog'liq.
Onam biz turmushga chiqqanimizdan keyin doim shu gapni takrorlardila:"Bolam, ayol kishi farzand korgunicha o'zi uchun yashaydi, farzandli bo'lganidan keyin esa bolasi uchun yashaydi. Bolaga go'zal tarbiya berib, uni haqiqiqy inson qilib tarbiyalash uchun ona o'zini qurbon qilishi kerak".
Bu gaplarni farzandli bo'lganimdan keyin yaxshi tushundim. Har qanday holatda ham, men bolamga ota bo'lolmayman, deb sabr va go'zal xulq va duo bilan yashasa ayol ikki dunyoda mukofatini oladi, InsahAlloh.

Qayd etilgan


Mahdiyah  31 Oktyabr 2009, 07:20:49

Har bir inson avvalo o'sha ahvolga tushmagunicha boshqaning gapini uningchalik tushunmasligi mumkin albatta.
Uning vaziyatiga tushish uchun u kechirganlarni kechirishi ham shart emas albatta.
Alloh taolo bandaga mehr, shavqat kabi tuyg'ularni bergan.

Biz bandalar ana shu bilan boshqalarning dardini, axvolini tushunamiz, ular uchun kuyunamiz, duo qilamiz, ishlari hayrli bo'lishini Undangina so'raymiz.

Har bir oilada o'ziga yarasha muammolar bor.
Muammo yo'q oilaning o'zi yo'q.
Faqat muammolarni tog'ri va oson yechish yo'li bor.

Yana bir savol:

Shunday oilalar borki eri zulmkor, yana shunday oilalar borki (biz balki kam guvohi bo'lgandurmiz) ayoli zulmkor.

Biz o'rganib qolganimiz, ko'pincha erkak zulmkor, yoki o'z bilganidan qolmaydigan erkak bilan yashayotgan ayollarni ko'p uchratganmiz.

Sizni hayotingizda ayoli zulmkor, lekin shunga go'zal sabr ila javob qaytarayotgan erkaklar bormi?
Ularni hayotidan misol keltirin...


Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  31 Oktyabr 2009, 08:38:45


Tushkunlikka tushish yo‘q, o‘tirib olib yig‘lash, oh-vohu diydiyo qilish yo‘q. Bu ilohiy bir qonundir: Allohu taolo o‘ziga imon keltirganlarni doimo mana shunaqa qiyinchiliklar berib sinaydi, bu bilan ularning imonlarini kamol toptirib boradi. Qiyinchiliklarga uchraganlar taqdirni Allohdan deb bilib, sabr-matonat ko‘rsatishlari kerak. Sabr qilganlar oxirida muvaffaqiyat va zafarga erishadilar. Mo‘minni hech narsa qo‘rqita olmaydi. Musulmon uchun zarar yo‘q, har qanday holat va vaziyat ham unga foydadir. Sabr qilsa savob, shukur etsa Allohning ne’mati va farovonligiga erishadi...


Erkak xotinini urishi, aslida, mumkin emas. Xudoy taolo Qur’oni karimda erkaklar shunday holatda sabr qilishi haqida alohida ko‘rsatmalar bergan.

Ammo hayotda xotinni uradigan holatlar ham bo‘lib qoladi. Ana shunday holatlarni 9 xil deganlar:

1. Xotinini to‘shakka chaqirganda, u hayzu nifosdan pok bo‘la turib ham (beuzr) kelmasa;
2. Eri uchun yasan-tusan qilmasdan, ko‘cha uchun qiladigan bo‘lsa;
3. Erining ruxsatisiz ko‘chagan chiqib ketsa;
4. Namoz o‘qimasa yoki janobatdan poklanib yurmaydigan bo‘lsa;
5. Kichkina go‘dak bolasini uraversa;
6. Erini so‘ksa, kiyimlarini yirtsa yoki «ablah», «eshak» deb so‘ksa;
7. Boshqa birovlarni shallaqiliq qilib qarg‘ayversa;
8. Nomahram begonalarga beuzr yuzini, badanini ko‘rsatsa;
9. Begonalarga ovozini baland qilib gapirsa, ular oldida baland ovozda kulsa.

Abdulhayy al-Laknaviy. "œUmdat ur-rioya", 2-jildi,
-Laknau, Assahul matobi’ matbaasi, 1327. 310-bet

Qayd etilgan


Bahrom Qori  31 Oktyabr 2009, 12:15:25

Oilada moliyaviy qiyinchilik yuz bersa qanday chiqsa bo'ladi bu muammodan ?

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  31 Oktyabr 2009, 16:32:56

Oilada moliyaviy qiyinchilik yuz bersa qanday chiqsa bo'ladi bu muammodan ?

Assalomu aleykum Bahromjon sizdan bir narsa surasam bo'ladimi, hosh oilali odammisiz yo hali bo'ydoqmisiz shu savolimga javob bering keyin man sizi savolizga javob beraman.

Qayd etilgan


Muslimа  31 Oktyabr 2009, 16:56:28


Deylik ota ichuvchi, oila bilan ishi yo'q....
Bolalarga so'zdagi "ota"dan boshqa otalik qilmaydi...
(bu bir misol)


 :as:
Shu kabi holatga bir go'zal hikoya bor edi.

       Qo’shnimiznikidan baqir chaqir eshtilib qoldi... Nahotki yana janjal bo’lsa? Cunki qo’shnimiz Nargizanikidan deyarli har kuni janjal arimaydi. Bechora Nargiza qancha harakat qilmasin eri ichishni tashlamaydi.  Shunchaki ichsa ham balki bu qadar bilinmasmidi? Lekin u har kuni ichib kelib, xotinini urishni kanda qilmaydi. Go’yo mastlikdagi kayfi shu bilan yana ortadigandek. Bechora Nargizani qachon ko’rsangiz u bu yeri ko’kargan, ba’zan esa singan bo’ladi. "œNima bo’ldi?" deb so’rasangiz albatta, yiqilib tushgan, yoki yana shunga o’xshash biror bahonani aytadi. UNING SABRIGA QOYIL QOLAMAN! Biror marta eridan shikoyat qilmaydi. Lekin ko’zlaridagi mahzunlik, mung shundoqqina aks etadi. Biror marta mahalla ayollariga qo’shilib, to’yga, gap gashtakka qo’shilganini eslolmayman. Ertalabdan ishga ketadi... Har kuni bir sumka mayda chuyda bilan uyga qaytadi. Uch farzandi bor, ularga qo’shib aroqxo’r erini ham boqadi. Evaziga esa "œRAHMAT", ya’ni kaltakdan boshqa hech nima olmaydi. Biz o’zi ozgina maosh topib, qanoat qilib yashaydi. Hatto eri urib qo’lini sindirganida ham ishlab yurdi. Chunki u uyda o’tirsa farzandlarini kim boqadi?
      Ularga ozgina yordam beray deb Nargizaning uyiga chiqdim. Uylari shinam va orasta. Yangi jihozlar yo’q bo’lsa ham, hammasi ozoda, did bilan o’rnatilgan. Farzandlari bir biridan shirin nurli bolalar. Darrov salom berishdi. Nargiza uyiga taklif qildi. Men biroz hol-ahvol so’ragan bo’ldim va asta sekinlik bilan bu ibodatli dugonamga nima kerakligini ishorali gap bilan so’ragan bo’ldim. Nargizaning mungli ko’zlari yoshga to’ldi va asta dardu hasratini boshladi: "œShuncha harakat qilsam ham, ho’jayinimning ayblari ochilib qolibdida? Men o’zim uchun emas farzandlarim uchun yashayapman. Ahir erta indin ularni uzataman, uylantiraman. "œotasi piyonista" deyishsayu, sovchilar aynib ketsa, qizim bechoraning ko’zlariga qanday qarayman? "œOtasi aroqxo’r ekan" deb o’g’limga biror qiz tegmasa, unga nima deb javob beraman? Farzandlarim Allahga shukur iymon-insofli. Ular borlikka ham yo’qlikka ham chidashadi. Lekin yolg’iz armonim hech biri "œOtam BOR!!!" deb ko’kragini kerib yurolmaydi. Buni har bir qarashida sezaman. Necha bor AJRASHAYLIK dedim. Lekin "œOtasi YO’Q!!!" degan gap-so’zlar ham bundan og’irroq. Nima qilishga boshim qotgan. Yordam borasiga kelsak, Allahga shukur och qolmayapmiz, ustimiz but, bizni o’ylaganingiz uchun rahmat.  Nasibamizni Yaratganning O’zi yetkizib turibdi. Bu yordamni BIZDAN KO’RA MUHTOJROQ INSONGA yetkazganingiz ma’quldir".
          Shu bilan suhbatimiz o’z poyoniga yetgandek bo’ldi. Men yana bir bor BU SABR MATONATLI AYOLGA qoyil qolib unga tahsinlar aytib, honadonini tark etdim. Dunyoda bu kabi alamli azob ko’rayotgan ayollar bir yoki ikkita emas, ularning soni yuzlab, minglab.... Bu ham ALLAHNING SINOVImikin??? O’zining nozik yelkasiga, "œturmush tashvishi" deya atalgan qopni ortmoqlagan ayollar YANA QANCHA SABR QILISHAR EKAN?
      EY ALLAHIM O’ZING BU KABI NODON VA AQLSIZ ERLARGA IYMON INSOF BERGIN! O’ZING BU MUSHTIPAR AYOLLARNING HAM HECH BO’LMAGANDA BIR KUN BAHTLI NIKOH EGASI BO’LISHLARINI NASIB ETGIN! ULARGA HAM TO’LA MA’NODAGI FAYZLI OILA BAHTINI TAQDIM ETGIN!
      
                          "œFotima xonimning kundaliklaridan."
      Nozik hilqat dasturidan olindi.

Qayd etilgan


Muslimа  31 Oktyabr 2009, 19:28:32

Oilada moliyaviy qiyinchilik yuz bersa qanday chiqsa bo'ladi bu muammodan ?

 :as:
      Oilada moliyaviy qiyinchiliklarni yengish uchun faqat va faqat sabr kerak. Yer yuzida qimirlagan jon borki rizqi Allah subhanahu va taoloning qo’lidadir. Allah bergan rizqqa sabr qilinsa va Allahning hukmlarini buzmagan holda rizq topishga harakatni davom ettirilsa, inshaAllah hammasi yaxshi bo’ladi. Rizqning kamayib, ko’payib turishi ham Allahning bandalariga beradigan sinovlaridan biri. Agar oilada er va ayol bir birlarini qo’llab — quvvatlab, og’ir damda bir-biriga ko’makchi bo’lib chiroyli sabr qilinsa moliyaviy qiyinchilikka "œqiyinchilik" deb emas, balki Allahning sinovi deb qaraladi. Bu esa o’z navbatida oiladagi muhitni buzilmasligiga sabab bo’ladi. Albatta sabr qilish uchun ham iymon, e’tiqod va ilm talab qilinadi, Vallohu a’lam.
      Allah barchalarimizni g’ozal va fayzli oila sohiblaridan qilsin! Honadonlarimizni O’zining hayri va barokatidan nurlantirsin, AMIN!!!   

Qayd etilgan


Mahdiyah  01 Noyabr 2009, 07:29:45

Moliyaviy qiyinchilik nima o'zi?
Biz insonlarning harajatlarimiz kun sayin ko'paymoqda.
Ularga odat qilganmiz.
Shunday xollar bo'ladiki o'sha odatdagi narsalarni pul muammosi tufayli ololmaymiz.
Lekin harajatlarimiz ko'paygan sari bizga moliyaviy muammolar ko'payaverarkan.
Ko'p pul topishni boshlaysiz, oldingi safar 25 mingga olgan narsangizni endi 50 mingga olishingiz mumkin bo'lib qoladi.
Oila ro'zg'orida sekin asta qo'shimchalar qo'shiladi...
Lekin har doim ham bir hildek ushlab bo'lmaydi bu moliyaviy xolatni.

Siz harajat qilgan narsangiz asli yoq narsa edi.
Pulni esa siz harakat qilib topdingiz va u o'sha narsani olishingizga bor yo'g'i sababchi bo'ldi.

Oiladagi moliyaviy muammolar haqida eshitsam bir hikoya esimga tushaveradi:
"Er kun bo'yi ishlasa ham har kuni uyiga bitta non olib kelarkan.
Ayoli bundan norozi eriga debdi: ""Men ham ishlayin, 1 nonimiz 2 bo'lsin".
Ayoli qistayvergach eri rozi bo'libdi.
Lekin Alloh ularga rizq qilib bergani o'sha 1 ta non ekanki,
er ham xotini ham harchand ishlasalar ayoli kuniga yarimta nonga yetadigan pul topibdi, eri ham yarimta nonni pulini topadigan bo'lib qolibdi.
Har kuni uyga 1 ta non kiraveribdi.
Shunda ayol tushunibdiki siz yugursangiz ham rizq agar sizga atalgan bo'lmasa sizga nasib qilmas,
agar shu rizq sizniki bo'lsa siz yugurishingiz ham shart emas!"

Bu hikoyada juda katta ibrat bor.
Ayniqsa xozirda erlarining topganiga qanoat qilmay (sharoitlari ancha yaxshi bo'lsada) ko'chada erkaklar bn aralashib yurganlarga.
Yoki 1 nonni 2 ta qilamiz deb ayolini ko'chaga chiqarib qo'ygan erkakalarga.

Bu bilan ishlamasin deganimiz yo'q, shunchaki pul deb jonini Jabborga berib ishlash shart emas.
Alloh taolo Qur'oni Karimda aytadi:
"Va ularni sabr-qanoatlari sababli jannat va (jannatda egnilarida bo‘ladigan) ipak (liboslar) bilan mukofotladi." (Inson surasi/ 12-oyat)

Qayd etilgan


Munira xonim  03 Noyabr 2009, 22:42:22


Yana bir savol:

Shunday oilalar borki eri zulmkor, yana shunday oilalar borki (biz balki kam guvohi bo'lgandurmiz) ayoli zulmkor.

Biz o'rganib qolganimiz, ko'pincha erkak zulmkor, yoki o'z bilganidan qolmaydigan erkak bilan yashayotgan ayollarni ko'p uchratganmiz.

Sizni hayotingizda ayoli zulmkor, lekin shunga go'zal sabr ila javob qaytarayotgan erkaklar bormi?
Ularni hayotidan misol keltirin...



Assalamu alaykum.
To'g'ri aytasiz, oiladagi erkakni ayoliga bo'lgan yomon muomalasiga biz ko'nikibmi ketganimiz uchun, bunday oilalar ko'p bo'lgani uchunmi yoki ko'p hollarda ayollarni ham bunda ayblari bo'lgani uchunmi, bu narsa ko'p ham bizni ajablantirmaydi.
Lekin oilada ayol eriga nisbatan hurmatsiz qo'pol qilib aytganda zulmkor bo'lsa, bunga chidash, buni odatiy narsadek qabul qilish juda qiyin ekan. O'zim bunga guvoh bo'lganman. Men yaxshi bilgan bir oilada shunday holat hukmron. Ayolini yaxshi bilmaymanku, lekin eri oilamizni yaqini bo'lgani uchun bunga ko'p martalab eshitganman. Hatto, bu ayolni eriga qilgan muomalasi meni larzaga solgan. Hali-hali eslasam, o'sha kishiga rahmim keladi. Balki u kishida ham ayb bordir. Ayolini ko'ngliga me'yoridan ortiqcha e'tibor berib yuborgandir, deb ham o'ylab qolaman.
Alloh barchamizni O'zi belgilab bergan Hadlardan chetga chiqmagan holda yashashlikni va O'zining rozilgiini topib vafot etishimizni nasib qilsin. Biz ayollar esa turmush o'rtoqlarimzini rizoligini olsakkina, Allohning rizolgini topamiz,InshaAlloh. Buni har bir ayol unutmasligi lozim.

Qayd etilgan


Munira xonim  03 Noyabr 2009, 22:43:27

Oilada moliyaviy qiyinchilik yuz bersa qanday chiqsa bo'ladi bu muammodan ?

Assalamu alaykum.
Sabr, duo va harakat qilib, Allohni yordami bilan chiqish mumkin.

Qayd etilgan