Masalliqlar: 500 gr kabachok
qovurish uchun biroz yog'
tuz
ezilgan yong'oq
quritilgan yalpiz
5-6 qoshiq qatiq
2 bo'lak sarimsoq
Tayyorlanishi: Qoboqlarni qirg'ichdan o'tkazing. Yog'da (3-4 qoshiq) 5 daqiqa qadar qovuring, suvi chiqadi, sovutishga qoldiring, suvini keyin suzing. Idishga olib, qoshiqni uchida tuz, ezilgan sarimsoqni aralashtiring, ustiga qatiqni yoying, ustidan ezilgan yong'oq, yalpiz maydasini seping.
Osh bo'lsin.