Xoja Ubaydulloh Ahror. Tabarruk risolalarMuallif:
Xoja Ubaydulloh AhrorHajmi: 15,9 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olishOnline o'qishQo‘lingizdagi «Tabarruk risolalar» to‘plamida Markaziy Osiyo madaniyati tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk mutasavvif Xoja Ubaydulloh Ahror (1404-1490) qalamiga mansub bo‘lgan «Risolai Volidiyya», «Risolai Havroiyya», «Fiqrot ul-orifiyn» hamda «Anfosi nafiysa» kabi risolalar o‘zbek tiliga birinchi marta tarjima qilib berilmoqda. Bundan tashqari, Xoja Ubaydulloh Ahror haqida yozilgan «Masmu’ot», «Silsilat ul-orifiyn», «Rashahot», «Nasabnoma» kabi tazkira, manoqib va maqomotlardan ham namunalar kiritilgan. Ushbu to‘plam Xoja Ahrorning 600 yillik to‘yiga tuhfa sifatida nashr etilmoqda.
Kitob Markaziy Osiyoning XIV-XV asrlardagi siyosiy, ijtimoiy, madaniy hayoti hamda tasavvuf tarixi bilan qiziquvchan keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.