Family  ( 7091 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:37:11

F A M I L Y

I ran into a stranger as he passed by, "Oh excuse me please" was my reply. He said, "Please excuse me too; I wasn't watching for you." We were very polite, this stranger and I. We went on our way and we said goodbye.

But at home a different story is told.

How we treat our loved ones, young and old. Later that day, cooking the evening meal, My son stood beside me very still. When I turned, I nearly knocked him down. "Move out of the way," I said with a frown. He walked away, his little heart broken. I didn't realize how harshly I'd spoken. While I lay awake in bed, God's still small voice came to me and said,
"While dealing with a stranger, common courtesy you use, but the family you love, you seem to abuse. Go and look on the kitchen floor, You'll find some flowers there by the door. Those are the flowers he brought for you. He picked them himself: pink, yellow and blue. He stood very quietly not to spoil the surprise, you never saw the tears that filled his little eyes." By this time, I felt very small, And now my tears began to fall. I quietly went and knelt by his bed; "Wake up, little one, wake up," I said. "Are these the flowers you picked for me?" He smiled, "I found 'em, out by the tree. I picked 'em because they're pretty like you. I knew you'd like 'em, especially the blue." I said, "Son, I'm very sorry for the way I acted today; I shouldn't have yelled at you that way." He said, "Oh, Mom, that's okay. I love you anyway." I said, "Son, I love you too, and I do like the flowers, especially the blue."

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:37:29

DUNYONING ENG GO`ZAL ASARI

Mashur bir rassom, kunlarning birida dunyoning eng go’zal narsasini chizishga qaror qildi. Buning uchun dunyoning eng go`zal narsa nima bo`lishi mumkinligi haqida bilim to`plash uchun katta bir sayohatga chiqdi.

Qishloq ko`chaliridan ketarkan, beli bukulgan keksa bir odam yo`l chekkasida o`tirganini ko`rdi. Yoniga borib undan dunyodagi eng go`zal narsa nima bo`lishi mumkunligi haqida so`radi.

Chol hech ikkilanmasdan:
"œImon!" dedi.

So`ngra, bir guzardan o`tarkan, to`y uchun to`plangan olomon qarshisidan chiqib qoldi. Olomon orasidagi yosh kelinga:
"œSizningcha dunyoning eng go`zal narsasi nima?" deya so`radi.

Kelin kuyovning ko`zlarini ichiga qarab:
"œAgar dunyodagi eng go`zal narsa bo`lsa, u ham sevgi bo`lishi kerak!" dedi.

Rassom yo`lini davom etdi. Bir chang ko`chadan o`tarkan, urushdan qaytayotgan hoqg`in bir askarga duch keldi. Ayni savolni undan ham so`radi. Askar:
"œDunyodagi eng go’zal narsa bu tinchlikdir" deya javob berdi.

Rassom dunyodagi eng go`zal narsalar imon, sevgi, va tinchlik bo’lsa bularning hammasini bir rasmda qanday ifodalay olaman deya o`ylay — o`ylay uyiga qaytib keldi.

Uyining eshigidan uyiga kirishi bilanoq dunyoning eng go`zal manzarasi doimo qarshisida bo`lganini tushunib yetdi. Bolalarining mas’um qarashlarida imon, ayolining ko`zlarida sevgi, uyida esa tinchlik hukm surardi.

Bulardan olgan ilhomi bilan rassom dunyoning eng go`zal narsasini chizishga kirishdi. Va rasm bitishi bilan, asarga shunday ism berdi: "œMening uyim".

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:37:51

Shamshir:

OILA kuchli qo`rg`on, muqaddas makon,hamma joydan qadrdon bolgan vatancha ha shunday deb o`ylayman.Chetda yurgan odamdan Vatan haqida so`raganda birinchi galda oilasi ko`z oldiga kelsa kerak.Bir oilani taniyman yosh oila.Shu oilaga bordim bir kuni, kichkina endi gapiradigan farzandlari bor ekan musulmoncha kiyintirib qo`yibdi.Ularni odobiga qoyil qolmay ilij yoq.Nomoz oqishayotganda, quron tilovat qilishayotganda haligi kichkina bolalar shunday odob saqlashdiki, ularni o`qigan duolarini eshitib qancha hayratga tushganimni tasavvur ham qilmaysiz .Ularning uy bezagi ham oziga xos.Kabatullohni rasmlari devorda,diniy suratlar hammasi.Ayniqsa ayasi o`g`ilchalarini sizlab gapirar ekan shu yoqdi.Ana oila, ana tarbiya dedim.vaqti kelib o`z oilam bo`lsa, shunday muxitni o`rnatardim,xudo xohlasa.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:38:03

Maknuna:

Albatta oila muqaddas dargoh!
Insonning kamolotga erishuvida oilaning o'rni naqadar ekanligini hamma tushunadi.
Bola nimaiki qilsa, nimaiki o'rgansa avvalo oiladan oladi. oilaviy muhit bolaning keyingi hayotiga albatta ta'sir ko'rsatadi.
Agar oila a'zolarining o'rtasida muhabbat bo'lmasa bunday oila zalolatga yuz tutadi. Muhabbatsiz qalb oxiri borib ko'r bo'lib qoladi.

Qayd etilgan


Nodi  24 Sentyabr 2006, 11:16:32

Assalamu alaykum!
Birinchi turgan topicni tarjima qilib berseyla boshqalar uchun ham foydali bo'lardi.

Qayd etilgan


_Otabek_  25 Sentyabr 2006, 17:09:31

Va alaykum assalom.

Bosh ustiga. Mana tarjima (xato va kamchiliklarni ko'rsatsangizlar yaxshi bo'lardi):


ОИЛА

Йўлда кетаётиб, мен бехосдан бир киши билан тўқнашиб кетдим. Ва шу заҳоти узр сўрадим. У эса: "œСиз ҳам мени кечиринг, сизни кўрмай қолибман", деди. Шу қисқа вақт мобайнида бу бегона киши билан жуда хушмуомалалик билан гаплашдик. Сўнгра хайрлашиб, ўз йўлимизга равона бўлдик.

Аммо уйда буткул бошқача воқеа бўлди.

Биз ўзимизнинг ёш ва қари яқинларимизга қандай муносабатда бўламиз? Ўша куни кечки овқатни тайёрлаётиб, бундоқ орқага бурилсам, ўғлим оҳистагина келиб турган экан —йиқитиб юборишимга оз қолди. Шунда қовоғимни уйиб: "œҚоч йўлдан", дедим. У нари кетди, лекин унинг кўнгли оғриди. Мен эса қанчалик кескин гапирганимни ўшанда тушуниб етмаган эдим. Ухлашга ётаётганда, Худонинг ўзи кўнглимга солди: "œБегона киши билан муомала қилаётганингда жуда илтифотли эдинг, лекин ўз фарзандингга қўполлик қилдинг. Ошхонага бориб қара, эшикнинг тагида у сен учун олиб келган гуллар сочилиб ётибди. Бола бу пушти, сариқ ва мовий гулларни ўз қўли билан териб олди ва сени совға билан бирдан хурсанд қилиб юбориш учун товушсиз келиб турган эди. Сен унинг кўзларидаги ёшларни кўрмадинг...". Шу онда мен ғалати бўлиб кетдим ва энди менинг кўзёшларим оқа бошлади. Мен аста чиқиб, унинг ётоғига бордим-да, ёнига тиз чўкиб, дедим:
- Турақол, кичкинтой, уйғон. Мана бу гуллар менгами?
  У уйғониб, кулди:
- Мен уларни дарахтнинг тагида кўриб, териб олдим. Биламан сиз уларни ёқтирасиз, айниқса мовийларини.
- Ўғлим, бугунги қилмишим учун сендан узр сўрайман, бундай қаттиқ гапирмаслигим керак эди.
- Қўйсангиз-чи, ойи, ҳеч қиси йўқ. Мен сизни барибир яхши кўраман.
- Мен ҳам сени яхши кўраман ва мана бу гуллар менга жуда ёқади, айниқса, мовийлари.           

Qayd etilgan


Shahina  26 Sentyabr 2006, 07:34:46

Assalomu alaykum Otabek!
rahmat sizga tarjima uchun!
Judayam ta'sirli hikoya ekan.

Qayd etilgan


Muslima_subh  27 Sentyabr 2006, 23:00:32

                                                          Q A Y T I Sh



Do‘stlar o‘limidan qayg‘urar bo‘lsang,
Ayanchli ajaldir, gar o‘zing o‘lsang.

U hushidan ketib yerga yiqildi. Bu birinchi marotaba emas. U ikki yil ilgari turmushga chiqqandan beri ruhiy ezilishdan azob chekadi. Unga, "œU yaxshi odam",- deb aytishgandi, - "œDin ishlarini o‘zlashtirib, jamoat namozlariga rioya qilishligi uchun sen unga ta’sir qila olasan..." "œEy qizim, kichkina singling sendan oldin turmushga chiqdi. Bu yigitni senga loyiq deb bilaman".

Onam mana shu yigitga qattiq turib oldi. Uning holati yaxshi. Taniqli oiladan va uning xizmat vazifasi yaxshi.

Meni qiziqtirmaydigan yaltiroq ko‘rinishlar...

Men dinidan so‘radim, bu meni qiziqtiradigan narsa, yaxshilik va toatda menga yordam beradigan dindor kishini xohlayman. Agar u meni yashi ko‘rsa, hurmat qiladi, yomon ko‘rsa, chiroyli so‘z bilan jivobimni beradi. Xulqi va dini kamligi uchun erlarning zulmi va ularning xotinlari bilan bo‘ladigan muammolari haqida o‘ta achinarli hikoyalarni juda ko‘p eshitganman.

Men tun yarmida namozga uyg‘otadigan kishini orzu qilardim. Menga toatimda yordam beradigan va men bilan Allohning rizoligida yashaydigan, birgalikda Alloh tomonga yuzlanib boradigan, payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam va uning pok sahobalarining izidan birgalashib ergashadigan kishini menga nasib qilishini, tun qorong‘ilarida yig‘lab, Allohdan duo qilib so‘rardim.

Qayd etilgan


Muslima_subh  27 Sentyabr 2006, 23:03:33

Men farzandlarimga to‘g‘ri islomiy tarbiya beradigan kishini orzu qilardim, go‘yo men ular masjidga ketayotgan hollarida, u bilan o‘g‘limga orqalaridan eshik ostonasida tikilib qarab tursam. Erimning "œBugun Qur’ondan qancha yodlading va necha pora o‘qiding",- degan so‘zi qulog‘im ostida takrorlanib turishini Allohdan duo qilib so‘rardim. Bolam bilan Ka’baning oldida turib, erimning haqqiga yaxshi duolar qilishni orzu qilardim. Ko‘pincha men shunaqangi orzularni qilib o‘zimni ovutardim.

Har holda Allohga shukr, erimga sabr qildim, savob umid qildim. Boshida u namozga turardi. Kunlar o‘tishi bilan dangasalik qila boshladi.

"œNima istaysan, Alloh kechiruvchi, rahmli zot!...

Keyin o‘qiyman!...

Vaqt erta!..."

Bu men vaqti o‘tib ketmasligi uchun jamoat namoziga uni undagan vaqtimda bo‘ladiga tez rad javobi.

"œUnga qattiq turishim bilan u yaxshi tomonga o‘zgaryaptiku",- deb hech bo‘lmaganda mana shunday yaxshi umid qilib qo‘yaman.

Men uning yomon do‘stlaridan qo‘rqardim. U ularning bittasi haqida gapirib bergan. Unga ularning ta’sir qilishidan qo‘rqadigan bo‘lib qoldim. Unga qilayotgan nasihatimdan ko‘ra foydaliroq yo‘l haqida o‘ylardim.

Ulardan ta’sirlanishi uchun nimaga men uni dindor yigitlar bilan tanishtirmayman. Dugonamning eri pok, ibodatiga mustahkam, taqvodor yigit, inshaalloh.

Qayd etilgan


Muslima_subh  27 Sentyabr 2006, 23:05:24

Tezda unga qo‘ng‘iroq qildim. Dugonam mening fikrimni ma’qulladi va erini bunga ko‘ndirdi. Men erimga dugonam turmush o‘rtog‘i bilan bizni ko‘rishga kelishini aytdim. Dugonam eri bilan keldi. Xursandlikdan yuragim qattiq urardi. Shoyad Alloh uning qalbiga bu kishining muhabbatini solsa. Ziyorat vaqti cho‘zilgan sari yuragimning urishi qattiqlashib borardi.

Eshikning oldida dugonam bilan xayrlashdim. Tezda erimning oldiga kirdim. Barmoqlarimni qattiq qisgan holda o‘tirdim. Uning biron narsa deyishini kutardim. Uning ko‘zlariga qaradim. U — "œOchiq ko‘ngil va yaxshi xulqli yigit ekan",- dedi. Lekin erim ularga va’da berganidek ziyoratga javob tariqasida ularnikiga borishga va ular bilan yana uchrashishga ishtiyoq bildirmadi. Men turli uslub va yo‘llar bilan jamoat namozlariga qatnashishida unga yordam berishga urindim. Mana xozir undan o‘g‘il ko‘rganimdan keyin qat’iyligim yanada ziyoda bo‘ldi.

Uzun kechalarni yolg‘iz, uxlamasdan o‘tkazaman. U do‘stlari bilan xoxolashib, kulib o‘tiradi, men esa bolam bilan yig‘lab chiqaman. Unga hidoyat so‘rab ko‘p duo qildim. Tungi namozni yotoqxonamizda, uning yonida o‘qishga qaror qildim. Shoyad uning qalbi uyg‘onsa... Ba’zida uyg‘onib, mening namoz o‘qiyotganimni ko‘radi. Kunduzi uning namozimning uzunligidan ta’sirlanganini sezaman.

Bir kuni kechqurun u menga kiyimlarini hozirlashimni aytdi. Qaysidir shaharga ish safariga borarkan. Uning rost gapini yolg‘onidan ajrata olmayman. Ko‘pincha safarga ketadi va bizga qo‘ng‘iroq qilmaydi. Ba’zida qo‘ng‘iroq qilib, xonasi va telefonining raqamini beradi. Agar qo‘g‘iroq qilsa, u qaerdaligini bilaman, lekin ko‘pincha qaerga ketayotganini bilmay qolaman. Ammo men musulmon haqida yaxshi gumon qilaman, inshaalloh. U safardalik vaqtida unga alohida duo qilaman. Safarga ketgan kunining ertasiga bizga qo‘ng‘iroq qildi. "œBu telefon nomerim..." Allohga shukr... U o‘z yurtimizda ekanidan xotirjam bo‘ldim. Uning ovozi uch kun uzilib qoldi. Nihoyat to‘rtinchi kuni uning ovozi keldi. Uni tanimay qolishimga sal qoldi... Qayg‘uli ovoz...

- Sizga nima bo‘ldi?

- Inshaalloh bu kecha qaytaman.

Shu kechasi uning yig‘isining ko‘pligidan uxlay olmadim. "œSizga nima bo‘ldi?" U go‘dakka o‘xshab yig‘lashga tushib ketdi. Keyin unga qo‘shilib men ham yig‘ladim. Unga nima bo‘lganini bilmasdim... Uzun jimlik hukm surgandan keyin, u menga termula boshladi. Ko‘zlaridan shashqator yosh oqardi. Oxirgi ko‘z yoshini arta turib shunday dedi:


Qayd etilgan