Family  ( 6887 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


shoir  01 Oktyabr 2006, 08:53:24

Muslimasubh, yuqordagi hikoya muallifi kim?
Davomi bormi?

Qayd etilgan


Muslima_subh  01 Oktyabr 2006, 22:12:45

Muslimasubh, yuqordagi hikoya muallifi kim?
Davomi bormi?
Muallif bir ayol kishi, kimligi aniq ko'rsatilmaydi bu kabi hikoyalarda : ), davomi esa...
Subhanalloh! ishdagi sherigim bilan birga ba’zi ishlarni bajarib kelish uchun safarga chiqdik. Yonma-yon ikkita xonaga joylashdik. Bizni faqat bitta devor ajratib turardi. O’sha kecha kechki ovqatni yedik. Dasturxon ustida har xil mavzularda suhbatlashdik, ko‘p kulishdik. Bizning uyqumiz kelmasdi. Shahar bozorlarini aylandik. Ikki soat oyoqlarimiz yurishdan to‘xtamadi va ko‘zlarimizni haromlardan tiymadik. Keyin qaytib kelib, ertalab ishni oxiriga yetkazishga kelishib ajrashdik. Men yaxshi uxladim. Yetti yarimda bomdod namozini o‘qidim. Uyg‘otish uchun unga qo‘ng‘iroq qildim, javob bermadi. Qayta urindim. Ehtimol u dushxonada bo‘lsa... Endigina olib kelingan sutdan bir stakan ichdim. Yana qo‘ng‘iroq qildim... Javob yo‘q... Soat sakkiz bo‘libdi. Ish vaqtidan kech qoldik. Eshikni taqillatdim... Javob yo‘q. Mehmonxonaning qabulxonasiga qo‘ng‘iroq qildim, ehtimol u chiqib ketgandir. Lekin ular: U o‘z xonasida",- deb javob berdilar. Tekshirish uchun eshikni ochishdan boshqa chora qolmadi. Bu holat odamni dahshatga solardi...

"œXonaning ehtiyot kalitini olib keldilar".

Xonaga kirdik, u uxlayapti. Uni chaqirdim.

— "œEy Solih!"

— Ikkinchi marta uni chaqirdim... Unga yaqinlasha turib, ovozimni balandroq ko‘tardim. Uxlayapti, lekin u tilini tishlab olgan va rangi o‘zgargan...

Uni chaqirdim.

— Ko‘proq yaqinlashdim. Harakat yo‘q...


Qayd etilgan


Muslima_subh  01 Oktyabr 2006, 22:15:32

Tibbiy ekspertizaga ko‘ra u tasodifiy yurak xuruji bilan kecha vafot qilgan. Qani sog‘lik, salomatlik va yoshlik?! Kecha biz birga yurganimizda hech narsadan shikoyat qilmagandi, uning kasali yo‘q edi va hecham kasallikdan shikoyat qilmasdi.

O’zimni qayta hisob-kitob qildim. Mana bu tasodif o‘lim. Uning qachon kelishini bilmaymiz, balkim, ogohlantirmasdan kelar.

O’zimga o‘zim dedim: men Solehning o‘rnida bo‘lib qolishim mumkin edi-ku!

Allohga nima bilan ro‘baro‘ bo‘laman?

Qani mening amalim?

Nima qildim?... Umuman hech narsa.

Men Allohning haqqini ado qilishda beparvo ekanligimni bildim.

Erim jim bo‘lib qoldi. Yig‘ladi... Meni ham yig‘latdi... Keyin birga qo‘shilib yig‘ladik.

Bu hidoyat uchun Allohga ko‘p hamdu sanolar aytdim.

Undan keyin o‘zim orzu qilganimdek, yoki undan ham yaxshiroq hayot kechira boshladik. Kelasi hafta uning hidoyatiga qilgan harakatim va g‘ayratim uchun u menga rahmat aytdi va menga din ahkomlariga astoydil amal qilish bilan hayotimizda yangi sahifani boshlashimiz va umra qilish uchun haftaning oxirida Makkaga borishimizni aytdi. Xursandlikdan uchib ketay deyapman, chunki men turmushga chiqqanimdan beri Makkaga bormaganman...

Qayd etilgan


Muslima_subh  01 Oktyabr 2006, 22:24:50

O’sha kunning choshgohida haramga bordim. Yoz vaqti... Odam oz... Alloh orzu qilgan narsalarimni ro‘yobga chiqardi. Bolam bilan Ka’baning oldida turdim. Lekin men erim uchun duo qila olmadim, chunki men yig‘lardim, hatto ko‘p yig‘laganimdan yuragim urishdan to‘xtab qolay dedi.

Ertangi kun...

Inshaalloh, bugun vidolashuv tavofini qilamiz va bu Muqaddas yerni tark etamiz... Vidolashuv tavofidan keyin safarga hozirlik ko‘rish uchun haramdan qaytib keldik.

- Qo‘lingizdagi nima?- dedim.

- Bu Ibn Rajabning "œJomi’ul ulumi val-hikam" nomli kitobi. Bu Ibnul Qayyumning "œAlvobilus-sayyib" kitobi, bu ham Ibnul Qayyumning "œZodul-ma’od fi hadyi xoyril ibaad" kitobi, bu "œAl javobul kafiy liman saala anid-davoish shofiy" kitobi va mana bu esa kichik hajmdagi Qur’oni Karim. U endi hecham cho‘ntagimdan ayrilmaydi. Ey azizam, bular Oxiratga olib boradigan yo‘ldagi belgilar. Keyin chamadonlarni ko‘targan holda ushbu duoni takrorlay boshladi:

"œParvardigorim, meni va avlod-zurriyotimni namozni to‘kis ado etguvchi qilgil. Parvardigoro, duoimni qabul ayla. Parvardigoro, hisob-kitob qilinadigan (Qiyomat) kuni meni, ota-onamni va (barcha) mo‘minlarni, mag‘firat qilgil". ("Ibrohim"- 40,41).


Qayd etilgan


cheekyboy  21 Dekabr 2006, 01:31:39

...aytganingiz kelsin...

Qayd etilgan


Muxsiya  13 Mart 2013, 15:00:05

Oila jamiyatning bosh bo'g'ini jamiyat oiladan boshlanadi, shunday ekan jamiyatimizni asrash oilalarimizi mustahkam qilishdan boshlanadi

Qayd etilgan