Siz har hil noto'g'ri narsalarni fol ko'rayotgan olimlarni nazarda tutayapsiz menimcha. To'g'ri, gapizga qo'shilaman, ba'zi g'arblik olimlar shov-shuv ko'tarishni yaxshi ko'rishadi. Masalan, Qiyomat qoyimni 2011 yil bo'ladi deyishgandi endi 2012 ga ko'chibdi, emishki yaqin kelajakda erkaklar noyob turkum ga kiritilar emish. Yo'qolib ketayotgan ekan bu tur vakillari. Ha, sizlarni hozirdan
QIZIL KITOB ga kiritib qo'yishimiz kerak ekan biz ayollar, kech bo'lmasidan avval. Shunday qilsak ana shu ahmoqona olimlarni fikrini ma'qullagan bo'lamiz.
Albatta, olimlar yulduzlarga o'xshaydilar, ular ko'rinib tursalar odamlar ularga ergashadilar, ko'rinmay qolsalar odamlar halokatga yuz tutadi.