Qoboq- kabachok salati  ( 3086 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  19 Yanvar 2012, 15:08:44

 :asl3:


Masalliqlar:

500 gr kabachok

qovurish uchun biroz yog'

tuz

ezilgan yong'oq

quritilgan yalpiz

5-6 qoshiq qatiq

2 bo'lak sarimsoq

Tayyorlanishi:

Qoboqlarni qirg'ichdan o'tkazing. Yog'da (3-4 qoshiq) 5 daqiqa qadar qovuring, suvi chiqadi, sovutishga qoldiring, suvini keyin suzing. Idishga olib, qoshiqni uchida tuz, ezilgan sarimsoqni aralashtiring, ustiga qatiqni yoying, ustidan ezilgan yong'oq, yalpiz maydasini seping.

Osh bo'lsin.


Qayd etilgan