HAMMA BILISHI SHART  ( 21698 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


yasrib  06 Sentyabr 2006, 23:47:27

     
     
                   
AQOIDU ZARURIYAT
savol: insonning saodati va ulugligi nima bilan bo'lur?
javob: haq va rost dinga e'tiqod qilib amal qilmoq bilan bo'lur.
 
savol: haq va rost din qaysidur?
javob: Alloh huzuridagi haq va rost din - Islom dinidur.

savol: inson nima bilan dini  Islomga kirib mo'min va musulmon bo'lur?
javob: kalimai toyyibani tilga joriy etib, ma'nisini bilib, dili bilan tasdiq va tili bilan iqror qilgan bilandur.

savol: kalimai toyyiba qaysi kalimadir?
javob: "LA ILAHA ILLALLOHU MUHAMMADUR RASULULLOH" dir.

savol: kalimai toyyibani ma'nisi nimadir?
javob: bir Allohdan boshqa hech barhaq ma'but va holiq  yo'qdur, Muhammad allayhissalom Alloh taoloning bizlarga yuborgan
elchisi va barhaq paygambaridur.

savol: qandayin kishi mo'min va  musulmon komil bo'lur?
javob: Dini islomni qabul qilib shariatda sobit bo'lganhukmlarga iymon keltirib itoat etgan kishi mo;min va musulmon komil bo'lur.

Qayd etilgan


yasrib  07 Sentyabr 2006, 08:25:53

savol: iymon nimadur?
javob: Alloh taologa va farishtalariga va kitoblariga va paygambarga va qiyomatga va yahshilik va yomonlik Alloh taoloning
taqdiri bilan bo'lishiga , o'lgandan keyin tirilishiga ishonmak va ularni tasdiq etmakdur.

savol: Alloh taologa iymon keltirish qaysi yol bilan bo'lur?
javob: Alloh taolo bordur,birdur,qadimdur,hech sherigi yo'qdur,komil sifatlariila doim sifatlanguvchidir,barcha ayb va nuqsonu
kamchiliklardan pokdur.

savol: Alloh taoloni komil sifatlari qaysi sifatlardur?
javob: Alloh taolo hayyi, olim, murid, qodir, mutakallim, mukavvin, sami', basirdur.

savol: hayyning ma'nosi nima?
javob: Alloh taolo tirikdur, hargiz o'lmaydir, tiriklikjism va jon bilanemas, balki o'ziga loyiq sifati bilan tirikdir.

savol: olimning ma'nosi nima?
javob: Alloh taolo hamma narsani - hoh oshkora, hoh pinhona- tomoman bilguvchidur, hech bir narsa Alloh taoloning ilmidan tashqari emasdur. Bilmak aql va zehn bilan emas
balki o'ziga loyiq sifatlar bilan bilguvchidir.

savol: Muridning manosi nima?
javob: Alloh taolo iroda qilguvchidir,hamma narsa Alloh taoloning  hohishi bilan bo'lur.
 
 
 
 

Qayd etilgan


yasrib  07 Sentyabr 2006, 08:27:25

savol: Qodirning manosi nimadur?
javob: Alloh taolo har narsaga imkoniyati bor, hech narsadan ojiz emas.

savol: Mutakallimning manosi nimadur?
javob: Alloh taolo sozlaguvchidir. Qu'roni karim Alloh taoloning sozidur. Sozlamak til  va og'iz bilan                                               
         emas, balki o'ziga loyiq sifati bilan so'zlaguvchidir.

savol: Mukavvinning ma'nosi nimadur?
javob: Alloh taolo barcha mahluqotni yaratguvchi va paydo qilguvchidir.hamma narsa Alloh taoloninign             
         yaratmogi bilan paydo bo'lgandir.

savol: Sami'ning manosi nimadur?
javob: Alloh taolo hamma ovozlarni eshitguvchidir. eshitmoq quloq bilan emas , balki o'ziga loyiq sifati bilan eshitguvchidir.

savol: Basirning manosi nimadir?
javob: Alloh taolo hamma narsani ko'rguvchidirhatto qorongu kechada harakat qiluvchilarni ham ko'rguvchidir. Ko'rmak ko'z bilan emas, balki o'ziga loyiq sizfati bilan ko'rguvchidir.

savol: Farishtalarga iymon keltirish qay tarzdadir?
javob: Alloh taoloning beadad farishtalari bordir. ularni nurdan yaratgandir. Ularni jinsi yo'qdir, yemak ichmak ham yo'qdir, ular doim Alloh taoloning itoatida bo'lguvchi aziz va mukarram bandalaridir. Ularni muqarrab va mursallari Jabroil va Mekoil, Isrofil, va Azroil alayhissalomlardir.


Qayd etilgan


yasrib  07 Sentyabr 2006, 08:28:28

savol: Kitoblarga iymon keltirish qay tartibdadir?
javob: Alloh taolo bandalarining islohi uchun paygambarlarga kitoblar yuborgan . U kitoblarda amr, nahy,va'da, va va'idlar, bandalarga din va dunyodagi foida va zararlar bayon qilingan. ul kitoblar torttadir: Tavrot, Injil,Zabur,Furqon va boshqa sahifalardir.  Bu kitoblardan afzali Qu'roni Karimdir.

savol: Paygambarlarga iymon keltirish  qay tartibdadir?
javob: Alloh taolo o'z fazli ila bandalarini rost yo'lga kirgizmak uchun Payg'ambarlar yuborgandir. Ular insonlarni tavhid va amali solih, yaxshi axloqlarga da'vat qilib, shirk va yomon ishlardan qaytarganlar. hammalari ma'sum, pokdirlar. Payg'ambarlarning Avvali hazrati Odam Alayhissalom, ohiri  va hammalaridan afzali hotamul - anbiyo Muhammad Alayhissaoimdir.

savol: Qiyomatga iymon keltirish qay tartibdair?
javob: Qiyomat kuni bandalarning yaxshi va yomoni amallariga mukofot yoki jazo beriladigan kun haq va rostdir. Qur'oni Karimda va sahih hadislarda ul kun haqida aytilgan narsalar tamoman zohir bo'lmogi  haq va rostdir.

savol: Qadarga iymon keltirish qay tariqadir?
javob: Bandalarning xoh yahshi , xoh yomon amallari Alloh taoloning taqdiri bilandir, lekin Alloh taolo yahshi amallarga rozi, yomon amallarga rozi emasdir.

savol: Islom nimadir?
javob: Shahodat, Iqomati salot, iytoi zakot, siyomiramazon, hajji Baytullohdir.

savol: Shahodat nimadir?
javob: Alloh taolodan boshqa hech ma'budi barhaq va holiq yo'q, Muhammad alayhissalom  Alloh taoloning bizga yuborgan elchisi va payg'ambari , deb guvohlik berishdir.

savol: Iqomati salotning ma'nosi nimadir?
javob: Besh vaqt namozni shariat hukmiga muvofiq o'qimoqdir.

Qayd etilgan


yasrib  07 Sentyabr 2006, 08:29:31

savol: Iytoi zakotning ma'nosi nimadir?
javob: Moli asliy hojatidan ziyoda bo'lib nisobga yetsa, zakot berishdir. Zakotning ma'nosi molini pok qilmoq demakdir. Zakoti berilmagan mol najasdir. Ziroatning  (qishloq ho'jalik mollari) zakoti   'ushr  va hirojdir.

savol: siyomi ramazonning ma'nosi nima?
javob: Ramazon ayoda subhi sodiqdan boshlab kun botguncha  yeyish - ichishni  va jimo' qilishni tark etishdi.

savol: Hajji Baytullohni ma'nosi nima?
javob: Baytullohga borib kelguncha yo'l harajatlariga yetgulik mablag'ga  qodir bo'lgan kishiga umrda bir marotaba haj qilmakdir.

savol: Iymonning hulosasi  nimadir?
javob: Har amirniki Muhammad alayhissalom Alloh tarafidan keltirganligi sobit bo'lib korinsa, uni til bilan iqror va dil bilan tasdiq etib, qabul qilmakdir.

savol: Ilm talab qilmoq nima ?
javob: ilm talab qilmoq xoh erkak, xoh ayolga farzdir. ilm dunyo va ohiratdagi saodatga boisdir.

savol: Millatnin xoru zor bo'lmog'iga bois nimadir?
javob: Ikki narsa. Biri- jah va nodonlik; ikkinchisi tafriqa va hilofdir.Har qavm va har millatning horu zor bolishiga bois nodonlik hamda noittifoqlikdir.

savol: Izzat, obro nima bilan bo'lur?
javob: Ilm -ma'rifat bilan bo'lur. Buning uchun Janobi Haq bizni ittifoqlikga amr qilib: "Va'tasimu bihablillohi  jami'an va la tafarroqu", degan.
     Shiori diyonat bo'lgan dindorlardan ma'lum ulki , bu kitobni ahliga va avlodlarga ta'lim va talqinni darig' tutmagan. "Innalloha la yudi'u Ajrol-muhsinin".

Qayd etilgan


yasrib  07 Sentyabr 2006, 08:36:58

                           IBODATI ISLOMIYA                       
savol: Mukallif kimdur?
javob: Oqil, bolig' bo'lgan erkak kishidur. hotin kishi mukallifa deyiladi.

savol: mukallifga buyurilgan ishlar nechtadir?
javob: 8ta.:farz, vojib, sunnat, mustahab, muboh, harom, makruh, mufsiddir.

savol: farz nimadir?
Javob: dalilida shak va shubha yo'q Alloh taoloning amridir.

savol: farz necha qisimdir?
javob: ikki qismdir. Farzi ayn va farzi kifoya.

savol: farzi ayn nimadir?
javob: har bir kishining o'z dinida amal qilishi lozim va zarur bo'lgan narsalardir.

savol: farzi kofoya nimadir?
javob: ba'zilar amalga keltirsa , boshqalarning gardanidan soqit bo'ladigan farzlardir.janoza namozi, salomga javob bermak, til ilmlari kabi.

savol: farzning hukmi nimadir?
javob: amalga keltirgan kishiga savob, tark etgan kishiga azobdir. onkor qilgan kishi kofir bo'lur( na'uzubillahi min zalik)

savol: vojib nimadir?
javob: Alloh taoloning amridir,lekin dalilida ulamolar shubha qilgan amirlardir: vitr namozi, fitr sadaqa, iyd namozi, qurbonliklarga o'hshash.

Qayd etilgan


yasrib  07 Sentyabr 2006, 08:39:11

savol: vojibning hukmi nimadir?
javob: Amal keltirgan kishi o'ziga savob tark qilgan kishi azob ishlaydi. inkor etgan kishi kofir bo'lmaydi.

savol: sunnat nimadir?
javob: Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom aksar vaqtida qilgan ishlari. Jamoat bilan namoz o'qish, bolalarni hatna qilmoq kabi amallar.

savol: sunnatning hukmi qanday ?
javobamal keltirgan kishiga savob, tark etgan kishiga azob loyiq bo'lib, Rasululloh shafoatlaridan mahrum qolmoqning qo'rqinchidir.

savol: sunnat necha qisimdir?
javob: ikki qismdir. sunnati muakkada  va sunnati mustahabba.

savol: sunnati muakkada qaysidir?
javob: Payg'ambarimiz uzursiz aslo tark etmagan amallar: bamdod, peshin,shom hufton namozlarining sunnatlariga o'hshash.

savol: sunnati mustahabba nimadir?
javob: Namozi asrning sunnati, huftondan ilgari to'rt  rakat sunnatlarga o'hshash.

savol:mustahab nimadir?
javob: Payg'ambarimiz(s.a.v) umrlarida faqat bir necha marotaba qilgan yoki bu ishni qilsa savob bo'lur degan amallardir: nafl namoz, nafl ro'za, nafl sadaqalarga o'hshash.

savol: mustahabning muhki nimadir?
javob: qilsa savob bo'lur, qilmasa azobi yo'dir.

savol: muboh nimadir?
javob: Fe'li va tarki barobar narsalardir. Zaruratdan ziyoda emak, ichmak uhlamakga uhshash.

savol: harom nimadir?
javob: Alloh taolo qat'iyyan man etib qaytargan narsalardir. zino qilmoq, aroq ichmoq, ota onasini norozi qilmoq, birovni ho'rlamoq kabi ishlar.

Qayd etilgan


yasrib  07 Sentyabr 2006, 08:41:09

savol: haromning hukmi qanday?
javob: tark etsa  savob, qilsa azob,halol deb bilsa kofir bo'lur.

savol: makruh nimadir?
javob: qilishi qabih bo'lgan ishlar. kun chiqar payti  yoki qiyomda yo kun botarda namoz o'qimoqga o'hshagan.

savol: makruhning hukmi qanday?
javob: qilgan kishi azobga, tark etgan kishi savobga mustahiq bo'lur.

savol: mufsid nimadir?
javob: tahorat,  namoz, ro'zalarni buzadigan narsalardir. Tahorati bor kishidan najosat chiqsa, namozda dunyo so'zini so'zlasa,ro'zador kishi esa, ichsa - shu kabi ishlar mufsid amallardir.

savol: Mukallifga iymondan so'ngra farz bo'lgan  narsalr nima?
javob: 5 vaqt namoz o'qishdir. namoz mo'minlarnign me;rojidir.  namoz bandani o'z parvardigoriga yaqin qiladigan ishlarning eng qaviy, eng  kuchligidir. Mo'min bilan kofir o'rtasida  farq namozdir. namoz oqimaydigan kishi kofirga yaqindir.

savol: namozning farzlari nechrtadir?
javob: 12 ta. 7 tasi namozning tasahqarisida , 5 tasi namozning ichida. Tashqi farzlarni shart, ichki farzlarni rukn deyiladi.

savol: Namozning farzlari nechadir?
javob: 7tadir. Badanni najasdan pok qilmoq; badanni va kiyimlarni, namoz oqiladigan yerni najasdan pok qilmoq; satri avrot; qiblaga yuzlanmoq; vaqt; niyyat; takbiri tahrima ( bu ettinchisini ba'zi ulamolar ichki farzlarga qoshganlar.)

savol: hadasdan badanni pok qilmoq nimadir?
javob: tahorati yoq kishi tahorat qilmogi, junub kishining f'usul qilmog'idir, agar suvga qodir bo'lmasa tayammum qilmoqdir.

savol: tahoratning fe'llari nechadir?
javob: 4 ta. 1. bir marta yuz yuvmoq, boshining tuk o'sgan yeridan  boshlab ikki quloq va engallarining tagigacha.2. ikki qo'lini ikki tirsagi bilan qo'shib yuvmoq. 3. boshning 4/1 ga masx qilmoqdir. 4. ikki oyogini ikki to'pig'igacha yuvmoq, mahsi qilgan bo'lsa, ustiga mash qilmoqdir.

Qayd etilgan


yasrib  07 Sentyabr 2006, 08:42:15

savol: tahoratning sunnatlari nechadir?
javob: 13 tadir. 1 niyat qilmoq, 2." bismillahir rohmanir rohim" ni aytmoq. 3. ikki qo'lini bog'ishigacha 3 marta yuvmoq. 4. misvok qilmnoq. 5. 3 marta og'zini yuvmoq. 6. 3 marta burnini yuvmoq. 7. soqolini xilol qilmoq. 8. qo'l va oyoq barmoqlariga xilol qilmoq. 9. har azoni 3 marta yuvmoq. 10. boshning tamomiga mash qilmoq. 11. qulogiga mash qilmoq. 12. tartib ila tahorat olmoq. 13. paydar-pay yuvmoq.

savol: tahoratning mustahablari nechadir?
javob: 2tadir. 1. tahoratning o'ng tomondan boshlamoq. 2. gardaniga mash qilmoq.

savol: tahoratning makruhlari nechtadir?
javob: 8-tadir. 1 qiblaga orqasini qiolmoq. 2. ong qo'li bilan suv olmoq. 3 suvni yuzoga qattiq urmoq. 4 og'zi va burniga chap qo'li bilan suv bermoq. har azoni 3 tadan ziyod yoki kam yuvmoq. 6 chap tarafdan boshlamoq. 7 tahoratda dunyo so'zini so'zlamoq. 8 oftobda isigan suvda tahorat qilmoq. ( bu peslikni yetkazur)

savol: tahoratning mufsidlari nechtadir?
javob: tahoratning mufsidlari, ya'ni, tahoratni buzadigan narsa 10 tadir: 1insonning oldi , orqasidan kelgan narsa, 2 orqadan kelgan yel, 3 badandan chiqqan qon yoki yiring yo sariq suv. 4 og'zi to'lib balg'gamdan boshqa narsalarni qayd qilmoq. 5 bir narsaga suyanib uhlamoq. 6 mast bo'lmoq. 7 majnun bo'lmoq. 8 tufurgan holatda tufigi qizil bo'lmoq. 9 namozda ozi yoki yonidagi kishi eshitgudek kulmoq. 10 tahorat azolaridan biri unutilib, qaysi biri yuvilganligini bilmaslikdir. Bu suvratda qo'l-oyog'ini yuvsa tahorat tamom bo'lur.

savol: G'usil nimadir?
javob: tamom badanni yuvmoqdir.

savol: G'usilning farzlari nechtadir?
javob: 3 tadir.1 og;zini yuvmoq, 2burnini yuvmoq, 3 jamiiy badanni yuvmoq.

savol: G'uslning sunnatlari nechtadir?
javob: 8 tadir. 1- niyat qilmoq, 2- qo'llarini bog'ishigacha yuvmoq, 3- old va orqasini yuvmoq, 4- agar rozador bo'lmasa, og'zi va burniga kop suv olmoq, 5- namozga tahorat olgandek tahorat olmoq, 6- tamom badanga 3 marta suv yetkazmoq, 7- og'zi va burniga 3 marta suv olmoq, 8- g'usl qilgan holda dunyo so'zini so'zlamaslik.

 
 
 

Qayd etilgan


yasrib  07 Sentyabr 2006, 08:44:01

savol: G'uslni lozim qilguvchi sabab nechtadir?
javob: 5 ta dir. 1-maniyning  oz joyidan qozgalib dafq va lazzat ila chiqmogi. 2-olatning yoki orqaga kirmog'i. 3. hayzning tamom bo'lmog'i, 4 nifosning tamom bo'lmog'i,5 uyqudan turgan kishi maniy yo maziynikormog'i, agarchandiki, ehtilom  bo'lgan- bo'lmaganini aslamasa ham. hayolidaehtimol ehtimol bo'lgan tuyulsa ham, ammo maniy va maziyni kormasa, unga g'usl vojib bo'lmas.

savol: Tahoratga joiz boladigan suv necha navdir?
javob: 3 navdir: 1 oqar suv,2 tohtab qolgan kol suvi, 3 quduq suvi.

savol: oqar suvning meyori nimadadir?
javob: yaproq yoki bir has chopni  oqizgan suvga oqar suv deyilur.

savol: oqar suvga najas tushsa, ne bolur?
javob: agar ta'mi yoki rangi yo bo'yi najosatdan o'zgarmasa, najas hisoblanmaydi.

savol: tomlarda najosat bo'lsa, uning ustiga yomgir yogsa novdan oqib kiyimlarga tegsa kiyimlar najas bo'lurmi?
javob: novdan oqqan suvning tamomi yo koprogi yo yarmi najosatga tegib oqsa, ul suv najasdir. kiyimga tegsa kiyim ham najas bo'lur. agar yarmidan ozroq tegib oqsa najas bo'lmas. agar najas tomning har yerida bo'lib novda bo'lmasa mazkur najosatga tegib, so'ngra novdan oqgan suv najas bo'lmaydi. kiyimni ham najas qilmaydi, magar suvning rangi najosatdan o'zgarsa novdan oqsa u suratda najas bo'lur.

savol: to'htab qolgan kolmak suvning meyori qanchadir?
javob: "Dah dar dah", ya'ni , har tarafi 10 gazdan bo'lsa, shar'iy bo'lib, undan suv olish bilan tagi ochilmasa kop hisoblanadi.

savol: Quduqlarga najas tushsa , hukmi nima bo'lur?
javob: quduqlardagi suvni tortish ila pok bo'lur. agar quduq suvi kop bo'lsa yo buloqga ohshab tagidan suv chiqib tursa uni tortish mumkin bolmasa, qudiqni katta kichikligiga qarab suv miqdorini bilishda 2 tajribali odam quduq suvining miqdorini belgilab ushbu quduqdan qancha suv olib tashlash k-k ekanligini aniqlashadi.

savol: Tayamum nimadir?
javob: tahorat yo g'usl lozimbo'lgan kishi suvdan ojiz bo'lsa, poklanmoq qasdi ila tuproqbilan yoki tuproqning jinsi bilan poklanishni tayamum deyiladi.

savol: suvdan ojizlikning belgilari ne?
javob; suv bo'lmaslik yo bo'lib to'rt ming qadam yiroqda bo'lmog'i  yo oz bo'lib, agar tahorat  yo g'usl qilsa, o'zi yoki ulog'i suvsiz qolishi ehtimoli borligi yokibetoblik sababidan va yo boshqa sabablar bilan suvni istemol qilishdan ojiz bo'lishdir.

savol: Tayammumning farzlari nechadir?
javob: 3 tadir. 1. niyat qilmoq. 2. Qo'llarini  pok tuproqqa yo tuproqjinsiga 1 marta urib yuziga mash qilmoq. 3. Qo'llarini yana pok tuproqqa bir marta  urib , ikki qo'lini tirsaklari bilan qo'shib masx qilmoqdir

Qayd etilgan