Umumiy bo'lim > Islom

HAMMA BILISHI SHART

(1/3) > >>

yasrib:
     
     
                   
AQOIDU ZARURIYAT
savol: insonning saodati va ulugligi nima bilan bo'lur?
javob: haq va rost dinga e'tiqod qilib amal qilmoq bilan bo'lur.
 
savol: haq va rost din qaysidur?
javob: Alloh huzuridagi haq va rost din - Islom dinidur.

savol: inson nima bilan dini  Islomga kirib mo'min va musulmon bo'lur?
javob: kalimai toyyibani tilga joriy etib, ma'nisini bilib, dili bilan tasdiq va tili bilan iqror qilgan bilandur.

savol: kalimai toyyiba qaysi kalimadir?
javob: "LA ILAHA ILLALLOHU MUHAMMADUR RASULULLOH" dir.

savol: kalimai toyyibani ma'nisi nimadir?
javob: bir Allohdan boshqa hech barhaq ma'but va holiq  yo'qdur, Muhammad allayhissalom Alloh taoloning bizlarga yuborgan
elchisi va barhaq paygambaridur.

savol: qandayin kishi mo'min va  musulmon komil bo'lur?
javob: Dini islomni qabul qilib shariatda sobit bo'lganhukmlarga iymon keltirib itoat etgan kishi mo;min va musulmon komil bo'lur.

yasrib:
savol: iymon nimadur?
javob: Alloh taologa va farishtalariga va kitoblariga va paygambarga va qiyomatga va yahshilik va yomonlik Alloh taoloning
taqdiri bilan bo'lishiga , o'lgandan keyin tirilishiga ishonmak va ularni tasdiq etmakdur.

savol: Alloh taologa iymon keltirish qaysi yol bilan bo'lur?
javob: Alloh taolo bordur,birdur,qadimdur,hech sherigi yo'qdur,komil sifatlariila doim sifatlanguvchidir,barcha ayb va nuqsonu
kamchiliklardan pokdur.

savol: Alloh taoloni komil sifatlari qaysi sifatlardur?
javob: Alloh taolo hayyi, olim, murid, qodir, mutakallim, mukavvin, sami', basirdur.

savol: hayyning ma'nosi nima?
javob: Alloh taolo tirikdur, hargiz o'lmaydir, tiriklikjism va jon bilanemas, balki o'ziga loyiq sifati bilan tirikdir.

savol: olimning ma'nosi nima?
javob: Alloh taolo hamma narsani - hoh oshkora, hoh pinhona- tomoman bilguvchidur, hech bir narsa Alloh taoloning ilmidan tashqari emasdur. Bilmak aql va zehn bilan emas
balki o'ziga loyiq sifatlar bilan bilguvchidir.

savol: Muridning manosi nima?
javob: Alloh taolo iroda qilguvchidir,hamma narsa Alloh taoloning  hohishi bilan bo'lur.
 
 
 
 

yasrib:
savol: Qodirning manosi nimadur?
javob: Alloh taolo har narsaga imkoniyati bor, hech narsadan ojiz emas.

savol: Mutakallimning manosi nimadur?
javob: Alloh taolo sozlaguvchidir. Qu'roni karim Alloh taoloning sozidur. Sozlamak til  va og'iz bilan                                               
         emas, balki o'ziga loyiq sifati bilan so'zlaguvchidir.

savol: Mukavvinning ma'nosi nimadur?
javob: Alloh taolo barcha mahluqotni yaratguvchi va paydo qilguvchidir.hamma narsa Alloh taoloninign             
         yaratmogi bilan paydo bo'lgandir.

savol: Sami'ning manosi nimadur?
javob: Alloh taolo hamma ovozlarni eshitguvchidir. eshitmoq quloq bilan emas , balki o'ziga loyiq sifati bilan eshitguvchidir.

savol: Basirning manosi nimadir?
javob: Alloh taolo hamma narsani ko'rguvchidirhatto qorongu kechada harakat qiluvchilarni ham ko'rguvchidir. Ko'rmak ko'z bilan emas, balki o'ziga loyiq sizfati bilan ko'rguvchidir.

savol: Farishtalarga iymon keltirish qay tarzdadir?
javob: Alloh taoloning beadad farishtalari bordir. ularni nurdan yaratgandir. Ularni jinsi yo'qdir, yemak ichmak ham yo'qdir, ular doim Alloh taoloning itoatida bo'lguvchi aziz va mukarram bandalaridir. Ularni muqarrab va mursallari Jabroil va Mekoil, Isrofil, va Azroil alayhissalomlardir.

yasrib:
savol: Kitoblarga iymon keltirish qay tartibdadir?
javob: Alloh taolo bandalarining islohi uchun paygambarlarga kitoblar yuborgan . U kitoblarda amr, nahy,va'da, va va'idlar, bandalarga din va dunyodagi foida va zararlar bayon qilingan. ul kitoblar torttadir: Tavrot, Injil,Zabur,Furqon va boshqa sahifalardir.  Bu kitoblardan afzali Qu'roni Karimdir.

savol: Paygambarlarga iymon keltirish  qay tartibdadir?
javob: Alloh taolo o'z fazli ila bandalarini rost yo'lga kirgizmak uchun Payg'ambarlar yuborgandir. Ular insonlarni tavhid va amali solih, yaxshi axloqlarga da'vat qilib, shirk va yomon ishlardan qaytarganlar. hammalari ma'sum, pokdirlar. Payg'ambarlarning Avvali hazrati Odam Alayhissalom, ohiri  va hammalaridan afzali hotamul - anbiyo Muhammad Alayhissaoimdir.

savol: Qiyomatga iymon keltirish qay tartibdair?
javob: Qiyomat kuni bandalarning yaxshi va yomoni amallariga mukofot yoki jazo beriladigan kun haq va rostdir. Qur'oni Karimda va sahih hadislarda ul kun haqida aytilgan narsalar tamoman zohir bo'lmogi  haq va rostdir.

savol: Qadarga iymon keltirish qay tariqadir?
javob: Bandalarning xoh yahshi , xoh yomon amallari Alloh taoloning taqdiri bilandir, lekin Alloh taolo yahshi amallarga rozi, yomon amallarga rozi emasdir.

savol: Islom nimadir?
javob: Shahodat, Iqomati salot, iytoi zakot, siyomiramazon, hajji Baytullohdir.

savol: Shahodat nimadir?
javob: Alloh taolodan boshqa hech ma'budi barhaq va holiq yo'q, Muhammad alayhissalom  Alloh taoloning bizga yuborgan elchisi va payg'ambari , deb guvohlik berishdir.

savol: Iqomati salotning ma'nosi nimadir?
javob: Besh vaqt namozni shariat hukmiga muvofiq o'qimoqdir.

yasrib:
savol: Iytoi zakotning ma'nosi nimadir?
javob: Moli asliy hojatidan ziyoda bo'lib nisobga yetsa, zakot berishdir. Zakotning ma'nosi molini pok qilmoq demakdir. Zakoti berilmagan mol najasdir. Ziroatning  (qishloq ho'jalik mollari) zakoti   'ushr  va hirojdir.

savol: siyomi ramazonning ma'nosi nima?
javob: Ramazon ayoda subhi sodiqdan boshlab kun botguncha  yeyish - ichishni  va jimo' qilishni tark etishdi.

savol: Hajji Baytullohni ma'nosi nima?
javob: Baytullohga borib kelguncha yo'l harajatlariga yetgulik mablag'ga  qodir bo'lgan kishiga umrda bir marotaba haj qilmakdir.

savol: Iymonning hulosasi  nimadir?
javob: Har amirniki Muhammad alayhissalom Alloh tarafidan keltirganligi sobit bo'lib korinsa, uni til bilan iqror va dil bilan tasdiq etib, qabul qilmakdir.

savol: Ilm talab qilmoq nima ?
javob: ilm talab qilmoq xoh erkak, xoh ayolga farzdir. ilm dunyo va ohiratdagi saodatga boisdir.

savol: Millatnin xoru zor bo'lmog'iga bois nimadir?
javob: Ikki narsa. Biri- jah va nodonlik; ikkinchisi tafriqa va hilofdir.Har qavm va har millatning horu zor bolishiga bois nodonlik hamda noittifoqlikdir.

savol: Izzat, obro nima bilan bo'lur?
javob: Ilm -ma'rifat bilan bo'lur. Buning uchun Janobi Haq bizni ittifoqlikga amr qilib: "Va'tasimu bihablillohi  jami'an va la tafarroqu", degan.
     Shiori diyonat bo'lgan dindorlardan ma'lum ulki , bu kitobni ahliga va avlodlarga ta'lim va talqinni darig' tutmagan. "Innalloha la yudi'u Ajrol-muhsinin".

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version