HAMMA BILISHI SHART  ( 13115 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


yasrib  07 Sentyabr 2006, 08:47:47

savol: Tuproqning jinsi nimalardir?
javob: tosh, ko'mir,tanch, kabi narsalardir. Ammo Liboslarda agar g'ubor bolsa, unga qo'lini urmoqkifoya qilur, agar g'ubor bo'lmasa, kifoya qilmas.

savol: Najosatdan tahorat nimadir?
javob: Namozdan avval badanini, kiyimlarini, namoz o'qiydirgan yerini har hil najosatdanpok qilmoqdir.

savol: Satri avrat nimadir?
javob: uyatli sanalgan tana a'zolarini yopmoqdir.

savol: erkak kishining avrati qaygachadir?
javob: kindikdanto tizzaning tagigachadir.

savol: Ayol kishining avrati qaygachadir?
javob: yuzi, qo'li ,oyog'i, kaftlaridan boshqa tamom badanlari avratdir.

savol: Qiblaga yuzlanmoqning tartibi qanday?
javob: Makkai Mukarramadagi Kaba'i Mu'azzamaga yuzini qaratmoqdir.Kab'a Makkayi mukarramada bo'lgan mahsus bir bino bo'lib, turli iqlim va davlatlarga nisbatan turli tomondadir. ba'zi mamlakatlarda qibla garb yo shomoliy g'arb yo janubiy g'arb jihatda ba'zi mamlakatlarda shrqiy jihatda yo boshqachadir.

Qayd etilgan


yasrib  07 Sentyabr 2006, 08:49:46

savol:vaqt nimadir?
javob: 5 vaqt namoz uchuntayin qilingan zamondir.

savol: namozning vaqtlari qaysi zamonlardir?
javob: Bamdodning vaqti subhi sodiqdan boshlab kun chiqquncha; peshinning vaqti zavoldan boshlab har kishining o'z soyasibir barobari yoki ikki barobariga yetkuncha; asrning vaqti soyasi bir barobaridan yoki ikki barobariga yetkandan boshlab kun botguncha; shomning vaqti kun botgandan shafaq, ya'ni qizillik yo oqlik g'oyib bo'lguncha; huftonning vaqti shafaq g'oyib bo'lgandan boshlab subh otguncha.

savol: niyat nimadir?
javob: NIYAT- bajarilajak ishni diliga keltirib qasd va tayin qilmoqdir. Bu qasd dilning ishidir, ammo til ila ham so'zlamak mustahabdir.

savol: namozning niyatlarini so'ylaganda arabiy so'ylanurmi yoki har qaysi tilda so'ylamak kifoyaqilurmi?
javob: Har qaysi tilda so'ylamak kifoya qilur, lekin arabiydaso'ylamakafzaldirva a'lodir...
Ammo niyatlarni dilida hozirlab turib, tili bilan aytish yahshiroqdir. tili bilan aytib, dilida boshqa narsa desa, niyat bo'lmaydi.

savol: Takbiri tahrima nimadir?
javob: Namozga kiradirgan holatdagi  ilk takbirdir. Muboh narsalar bu takbir sababi bilannamozdan harom bo'lgani tufayli " takbiri tahrima" deyilur va ham namoz avvalida bo'lgani vajhidan " takbiri iftitoh" ham deyilur.

savol: takbiri tahrima qaysi lafz bilan bo'lur?
javob: Allohning ta'zimiga dalolat qiladirgan lafzlar bilan bo'lur. Allohu akbar, Allohu ajall, Allohu a'zam lafzlariga o'hshash.

 
 

Qayd etilgan


yasrib  07 Sentyabr 2006, 08:52:32

savol: takbiri tahrima qaysi namozlarda farz bo'lur?
javob: hamma namozda farz bo'lur. xoh farz xoh vojib, xoh sunnat, xoh nafl bo'lsin.

savol: Azon va iqomat kimlar uchun va qaysi namozlar uchundir?
javob: ularni aytmoq erkak kishilarga farz namozi uchun sunnati muakkadadir. Azon va takbirsiz namoz o'qimoq makruhdir.

savol: Azonni nechuk o'qilur?
javob:4 karra "Allohu akbar", so'ngra 2 karra " Ashhadu an la ilaha illalloh", 2 karra " Ashhadu anna Muhammadan Rasululloh", ikki karra " Hayya alas-solat", ikki karra" hayya alal-falah", ikki karra " Allohu akbar", bir marta " La ilaha illalloh" demak.

savol: Iqomat takbiri  na tariqada bo'lur?
javob: Iqomat takbiri ham, azonga o'hshashdir, lekin iqomatda " Hayya alal-falah" dan so'ng ikki marta "Qadqomatis-solat"ni ziyoda oqiladi. Azonning so'zlarini ayirib ,Alohida-alohida aytilur, ammo iqomatda tezlik bilan aytilur.

savol: Azon hamma farz namozlarida  bir hil o'qilurmi?
javob:  Azon hamma namozda bir hil o'qilur, lekin Bamdod namozining azonida  "Hayya alal-falah"dan so'ng " As-solatu xoyrum-minan-navm"ni ikki karra aytiladi.

savol: namozning rukunlari nechtadir?
javob: 5 tadir: Qiyom, qiroat, ruku', sujud, qa'dai ohirdir.


Qayd etilgan


yasrib  07 Sentyabr 2006, 08:53:57

savol: qiyom nimadir?
javob: qiyomga qudrati bo'lsa, namozda 3 oyat o'qimoq miqdorida  tik turmoqdir.

savol: Qaysi namozda qiyom farzdir?
javob: Farz, vohib, bo'lgan namozlarda, chunonchi 5 vaqt namoz va vitr namozi, ikki hayit namozlarida . Mazkur namozlarda qiyomga qodir bo'lib turibo'tirib o'qisa, namozi joiz emasdir, ammo sunnat va nafl namozlarida qiyom farz emasdir.

savol: Qiroat nomadir?
javob: Qur'oni Karimdan uch qisqa oyat yoki uchqisqa oyat miqdorida bir uzun oyat namozda yod o'qimoqdir.


savol: ruku' nimadir?
javob: Qiyomdanso'ngratik egilmakdir.

savol: Sujud nimadir?
javob: Peshona vaburunni yerga qo'ysa kifoya. Sajda qilgan holatida oyog'ini yerga qo'ysa kifoya. Sajda qilgan holatida oyog'ini yerga qoymoq shartdir.Agar oyog'i yerga tegmasa , namozi fosid bo'lur.

savo:Qa'dai ohir nimadir?
javob: Namozning ohirida tashahhud, ya'ni, "at-tahiyot"ni o'qish miqdorida o'tirmoqdir.


Qayd etilgan


Nodi  07 Sentyabr 2006, 13:32:26


Qayd etilgan