AbdulAziz:
Assalomu alaykum!
Judayam AKTUAL mavzuni ko`taribsiz, Otabek, rahmat...
Bir americalik mashhur qo`shiqchi aytgan ekan: "Mendan doim shu hamma narsaga ulgiysan, vaqt yetadimi, vaqt topiladimi, deb so`rashadi. Men esa ularga men dam olishni, uxlashni kamaytiraman, deb javob beraman".
Bir kuni yana o`sha qo`shiqchidan so`rashibdi: "Sen nega dam olmaysan, uxlashni yomon ko`rasan". Uning javobi shunday bo`libdi: "Hali ko`p uxlaymiz, ko`p dam olamiz... Shuning uchun harakat qilib qolish kerak". Ajoyib fikrlar to`grimi?
Hozir kim bilan gaplashmang, vaqtning kamligidan yoki o`ta tez o`tayotganligidan noliydi. Vaholanki, yana bir marta aytaman, vaqt tez o`tmaydi, Yer o`sha harakaticha aylanyapti, soat ham. Vaqt esa o`tyapti, vaqtga qo`shilib, fursat ham, imkoniyatlar ham oqib bormoqda.
Darhaqiqat, vaqt g`animat ekan. Insonning yoshiga yosh, muammosiga muammo, tashvishiga tashvish qo`shilar ekan VAQTning qadriga tobora yetib borarkan. Aslida esa biz o`zimizning ozgina vaqtimizni ham befoyda narsalarga sarflab yuboramiz. Do`stlarimiz bilan tonggacha valaqlab o`tirishga vaqt topamiz-u, arzimagan kichkinagina kitobni tugatishga erinamiz.
Balki bizdagi vaqtning qadrsizligi dangasaligimizdandir?
Sizlar nima deysizlar?