Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?  ( 43616 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 06:50:24

Otabek:

Assalomu alaykum, aziz forum qatnashchilari!
Biz bo'sh vaqtimizda nimalar bilan mashg'ul bo'lamiz? Bo'sh vaqtimizni qanday foydali narsalarga sarf etamiz? Umuman olganda, vaqtimizning qadriga yetamizmi?Shular haqida fikrlaringizni bilish niyatida edim. :D

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 06:50:35

Noza:

Assalomu alykum!
Man bo'sh vaqtimda ::) TV ko'raman. Yoki o'zimga yoqadigan musiqa eshitib hordiq chiqaraman.
Umuman bo'sh vaqtimda net. da o'tirib qiziqarli mavzudagi ma'lumotlarni qidiraman.
Chiroyli otkritkalar topib do'stlarimga yuboraman.

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 06:50:46

Bonu:

Assalomu alaykum!
Manga kelsak, bosh vaqtim juda ham kam boladi, bolganda ham kerakli narsalar qilishga harakat qilaman, bosh vaqt bolsa, miyani dam oldirishga harakat qilaman, u-bu narsaga chalgishga yahshi kitob oqishga kopincha islom saytlaridan maruzalar eshitib dam olishga harakat qilaman, bazida ozim oshpazlik mahoratlarini organishga, yani yaqinlarimga qolimdan kelgancha mazali narsalar pishirib har hil fantaziyalar qilishga harakat qilaman....va hakazo....har kun bir biriga ohshamagan narsalar qilinadide!

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 06:51:01

AbdulAziz:

Assalomu alaykum!
Judayam AKTUAL mavzuni ko`taribsiz, Otabek, rahmat...
Bir americalik mashhur qo`shiqchi aytgan ekan: "Mendan doim shu hamma narsaga ulgiysan, vaqt yetadimi, vaqt topiladimi, deb so`rashadi. Men esa ularga men dam olishni, uxlashni kamaytiraman, deb javob beraman".
Bir kuni yana o`sha qo`shiqchidan so`rashibdi: "Sen nega dam olmaysan, uxlashni yomon ko`rasan". Uning javobi shunday bo`libdi: "Hali ko`p uxlaymiz, ko`p dam olamiz... Shuning uchun harakat qilib qolish kerak". Ajoyib fikrlar to`grimi?
Hozir kim bilan gaplashmang, vaqtning kamligidan yoki o`ta tez o`tayotganligidan noliydi. Vaholanki, yana bir marta aytaman, vaqt tez o`tmaydi, Yer o`sha harakaticha aylanyapti, soat ham. Vaqt esa o`tyapti, vaqtga qo`shilib, fursat ham, imkoniyatlar ham oqib bormoqda.
Darhaqiqat, vaqt g`animat ekan. Insonning yoshiga yosh, muammosiga muammo, tashvishiga tashvish qo`shilar ekan VAQTning qadriga tobora yetib borarkan. Aslida esa biz o`zimizning ozgina vaqtimizni ham befoyda narsalarga sarflab yuboramiz. Do`stlarimiz bilan tonggacha valaqlab o`tirishga vaqt topamiz-u, arzimagan kichkinagina kitobni tugatishga erinamiz.
Balki bizdagi vaqtning qadrsizligi dangasaligimizdandir?
Sizlar nima deysizlar?

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 06:51:18

Bonu:

Assalomu alaykum!
Bilasizmi, konglimizdagi gapni topib yozibsiz lekin! BU hammasi dangasalikdan bolsa kere, hozir bazida masalan ozimda ham shunaqa holatlar boladi, uyga Toshkentga tel. qilib 3-4 soatlab gaplashgan vaqtlarim boladide, lekin ertasiga qilinishi kere bogan narsani qilmayman, osha soginganimga huddi boldi gaplashib oldim mazza! degandek, kop narsani unutaman, va ertasiga nima boladi! Darsdan B baho olaman. Vaqtni togri taqsimlash kere. Mani oldin biladiganlardan sorasangiz etishadi, oldin man har kunimni rejalashtirib olardim, har bir soatim planlangan bolardi, oqish ish uy hammasi oz vaqtida edi, manimcha shu reja bilan ish qilish kop foyda beradi,ha...
Ozingizchi, Davron aka, mavzuni savoliga nima javob beras?
   

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 06:51:30

Otabek;

Men bo'sh vaqtimda sport bilan shug'ullanaman.
Internetda futbol yangiliklarini muntazam kuzatib boraman. Shuningdek, futbolchilarning rasmlarini yig'ib boraman.

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 06:53:50

AbdulAziz:

Wa alaykum assalom!
har kunlik ish rejasini tuzib olish va shunga ko`ra harakat qilish judayam yaxshi ish. Lekin buni ko`pchilik ham eplay olmaydi. Masalan - man. Masalan ba'zida hayotni tartibga tushiraman deyman-da, reja tuzib olaman, 1 haftagacha amal qilaman. Keyin... Sizlarda ham shunaqa holat bo`ladimi?

Man bo`sh vaqtlarimda kitob o`qishni yaxshi ko`raman. Afsuski, charchab ishlab, kelsez, kitob o`qisez, tez uyquiz keladi. Shunday bo`lsa-da, o`qishga vaqt topishga harakat qilaman.
Ishxonada kam holatlarda bo`sh vaqt bo`lganda komputerimga yarim yil oldin olib kelingan kinoni tomosha qilishim mumkin. O`zi shunday bolalar yangi kino chiqibdi, ko`chirib ol deb berishadi, ancha vaqt komputerda turad-da, keyin bir kun bir marta ko`raman, so`ng o`chirib tashlayman.
Bo`sh vaqtlarda do`stlarimiz bilan osh qilib o`tiramiz. Boshdan o`tgan qiziqarli hodisalarni eslab rosa kulishamiz.
Intenetda esa bo`sh vaqt deyarli bo`lmaydi. Chunki betta vaqt pul turadi, shunichun, kerakli ma'lumotlarni olaman-da, tez-da chiqib ketadi. Yana bir sirni aytay, ishxonaga kelib, birinchi forumni ko`raman, Qidirishdan oxirgi 50-100 postni ko`rsat deyman-da, keyin internetni o`chirib qo`yib ularga javob yozaman, shunaqa, silaram shunaqa qisalaring bo`ladi, shunda hamma yangi kiritilgan postlarni ko`rib borasizlar.

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 06:54:02

Noza:

Assalomu alykum!
Sizlarni fikringizcha bosh vaqtni qanday o'tkazish ma'qulroq

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 06:54:15

AbdulAziz:

Wa alaykum assalom!
Vaqtni MAZMUNLI O‘TKAZMOQ LOZIM!!!
Mazmunni esa hamma har xil narsadan topadi. Bir xilgi odam uchun kitob mazmun, kimgadir, musiqa, kino...

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 06:54:32

Otabek;

Vaqtni maroqli o'tkazish lozim.
Har bir daqiqamiz g'animat... Undan unumli foydalana bilish kerak...

Qayd etilgan