Islomda Moda, Modern,Styl.  ( 8791 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


saraton07  22 May 2008, 03:22:04

Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu azizlar,Xonimalar va Janoblar.
Bismillahir rahmonir  rohiym.
  Muqaddas dinimz  bu dunyoga kelibdiki,dunyoda ezgulik kurtaklari barg yozib, ma'rifat  va ma'naviyat  quyoshdek  charaqlab,zilola qalblarimizda  aks berib kelmoqda. Bungacha, bu  holatlar  chang ostida edilar. Hazrati Payg'ambarimiz, Robbimizning inoyati bilan  Nurli Islomni  olib kelganlaridan so'ng, bu chaglar   iymon sabolari  bilan  uchib ketdilar. Ollohga shukur, behisob shukur.
 Davrlar o'tib, Islomda  ozmi ko'pmi  yangi tushunchayu,urflar paydo bo'lib keldi. Noto'g'rilari olib tashlanib turildi, amal qilganlar chetlatildilar. Barcha holatlarni ko'rdilar musulmon,zamonlar  silsilalarida.
 Qachonlardir  nimalardir urf bo'lgan. Yo'qolgan,yoki takomillashib kelgan.
 Bular  tabiiyki jamiyat hayotiga chambarchars bo'g'liq bolib kelganlar.
Hozirgi kunlarimizga qaytsak, sir emas hayotimiz ham yaxshi ham yomon odatlar to'lib-toshib  shiddat bilan olg'a  yurmoqda. Yevropa  Osiyoga,Osiya  Yevropaga taqlidda hozir.Oldinroqlari Osiyo Yevropaga taqlidda edi.Endi esa baravar.Har sohada:madaniyat ,iqtisodiyot,siyosat, hamma hammasida. Qachonlardir Osiyo Yevropaga madaniyat iqtisodiyot sohalarida taqlid qilsa, hozir Yevropa,ko'proq Osiyo   madaniyatiga taqlidda. Kichkina misol,madaniaytdan. Hozirgi kunda Sharq raqslari,ayniqsa  qorin raqslari,lezginka, musiqalarda sharqona usullariga   taqlid  kuchliroq.
 Osiyoda esa   ko'proq taqlid mavjud, Shulardan  kiyinish, yurish turish, tarbiyaga oid  holatlar. Aksariyat musulmon davlatlarda  musulmonchilik odatlariga  hujum boshlangan desak  adashmaymiz. Oddiy holatlarga aylanib borayon  jaholat  ko'rinishlari avj olyapti. Ollohga shukur hali bu narsalarga qarshi kurashguvchi  musulmonlar talaygina.
 Mavzumizga  qaytsak. Islomda moda,modern,styl  nima. Tabiiyki hamma har xil  tasavvurda.Balik kimlardir ajablanar, islomda qanday moda,qanaqa  modern, nima u islomiy styl? deb.
Hozir o'z o'zidan aholi orasiga kirib kelayotgan yot madaniyat  vositalari, Milliyligimizga  xavf solmoqda. Bu esa tabiiy, hamma  sohalarda jiddiy muammolarni  kelajakda  bizga  "sovg'a" qilishi muqarrar. Buning oldini qanday olish kerak deb hisoblaysiz?
 Mening fikrimcha, no islomiy  modalarga,styllarga,munosib  javob, zamonaviy javob  berish kerak. Yigitlarda   va qizlarda  milliy moda tushunchasini o'yg'otish kerak. Va bundan faxrlanishni  o'rgatish kerak. Biz O'zbekmiz, bu o'zbekcha  moda, bu mening milliy  stylim degan  tushunchalarni     ommalashtirish kerak. Kerak,kerak,kerak bilan ish bitmaydi albatta.
 Bunga aziz forumdoshlar  ,har birimizning ishtirokimiz talab etiladi. Avvalo uyimizda shu  fikrni  yoritish, so'ngra  o'qishda yoki ishda  namoyon qila boshlasak, bizdan hech narsa yutqizilmaydi.
  Forumimizdagi   dizayner,stilist, modelyer, balki DJ lar bordirlar, men  shu mavzudagi  fikr- mulohazalarini  bildirishni iltimos qilardim. Va barchani, qalbida Ollohga, diniga, yurtiga  olovli mehri bo'lgan  yoshlarimizni ,ishtirokchilarimizni   munozaraga chorlab  qolaman.

Qayd etilgan


saraton07  22 May 2008, 03:34:30

Islomda moda ,modern styl deb shariatga loyiq:     kiyinish, yurish turish,odatlar, tarbiya,ilm olish,madaniyatlilikni   har xil  go'zal ko'rinishlarda, ommabop usllarda, yoqimli tarzda, chegaradan chiqmasdan namoish qilish, urfga aylantirish   demoqchiman. Sizchi?Takliflaringiz, fikrlaringiz.  Nimani  modaga chiqarmoqchisiz, aziz  mutaxasis forumdosh?
 Umuman bu  to'g'ri ideami? Nima deysiz?

Qayd etilgan


saraton07  25 May 2008, 01:36:49

Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu Xonimlar va Janoblar.
 Katta rahmat sizga  Birodar,fikrlaringiz haqiqat.
Man bu mavzuni ochishdan maqsadim nimanidir Islomda modag qo'shish kerak demoqchimasman,astag'furulloh deyman bundan. Chunki kichkinagina bir  odatchani,birovni ishontirib, shu to'g'ri islomda deb tushuntirish bu  juda katta ma'naviy talofotlarga olib keladi.Olloh ko'rsatmasin bularni.
 Lekin mening fikrim shuki, hozirgi zamon modalariga, iflos modalariga xususan, yangicha,modern usullar bilan zarba berib, Muqaddas Islomimizning nufuzi uchun,islomiy odatlarni urf qilishga, omma ko'ziga chiroyli qilib ko'rsatishga harakat qilish kerak demoqchiman. Musiqalar,diskotekalar mavzusida sizga ham fikrman. Diskoteka degani-bu fisqu fasod, buzuqlik, tubanlik deganidir. Bu gapimga e'tirozi borlar bilan bahsga tayyorman.
 Siz aytayotgan saytlar va ular qilayotgan ishlar g'azabingizni o'ynaydi.
 yana bir narsani juda to'g'ri aytdiz. Hamma yerdagi musulmonlar har xil mentalitetga ega, yagona musulmonchilik mentalitetiga emas. Hohlardikki umumiy qoidalardan tashqari,butun dunyo musulmonlarida har odatda birxil islomiy udumlar bo'lsa.
 Yurtimizdagi viloyatlarda,ma'lumki, har xil udmlar ,xususan islomiy udumlar talaygina,lekin hammasi harhil. asosan nikoh marosimlarida. Tovba,hozir har xil modalarni chiqarishyaptiey. Tag'in islomda to'g'ri deb bilishadi. Nega butun  mamlakatda bir udummas,nega har bir viloyat,hatto  qishloqlar ham har xil rioa  qilishadi. Nahotki bunda yechim yo'q.
 Nahotki bizda chiroyli hijoblar modaga o'tmasa,nahotki   namoz o'qishlar,Jum'aga borishlar moda bo'lmasa.
 Ham islomiy , ham dunyoviy ilm olishlik nahotki  moda bo'lmasa. Qaniydi shunday bo'lsa. Ollohdan chin qalbimdan tilardim shularni.
 Sizda bu  masalarda qanaqa fikrlar bor  aziz forumdoshar? Aholi  orasida,  chin   islomiy odatlar modaga o'tsa , yurtimizda  chin Islomiy  obi-havoga ega zamonaviy  tabiat paydo bo'lsa qaniydi. Bu har birimizning qo'limizda azizlar., azizalar.

Qayd etilgan


saraton07  28 May 2008, 01:18:01

Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu Xonimlar va Janoblar.
 Astag'furulloh, urf bo'lsinu, o'zgarmasin ilohim ,men aytgan  harakatlar..
 Birodar, siz aytgandek, Yevropa, AQSh va boshqa  joylardagi, Islomni tushunish, amal qilish  principlari, Islom qadimdan rivoj topib, kelgan mitaqalardagi holatdan butunlay farq qiladi.
Va ajabki hamma joyda islomga har xil( hammasi ham o'rinli emas) munosabat. Qo'llab quvvatlash, ta'qib hamma joyda mavjud ,bu sir emas.
 Yaqinda bir ko'rsatuvda Germaniyalik bir nemis ayolining,  maktabdagi faoliyati davomida, Islom orqali bolalar ongiga salbiy ta'sir qilayotganligini ayblab sudga beribdilar.
 Ayblovchi fikricha, Muslima o'qituvchi boshidagi ro'moli bilan o'quvchilar ongiga yomon   ta'sir ko'rsatarmish.Hech kimning,  o'quvchiga  o'z e'tiqodi bilan  ruhiy ta'sir o'tkazishikka haqqi yo'qmish.
Bu ochiqdan ochiq Islomga hujum emasmi? Shunday demokratik davlatda shunaqa bema'niliklar.
Kechirasizlaru, o'sh qolgan o'qituvchilar, har zamonda" O mine, God"  hayajon,izhorlarini takrorlab turmaydilar deb o'ylaysizmi? Bu ham diniy  o'zini tutishmas deb kim aytadi.
Bilmadim o'sha xonim yutib chiqdimilar yoki yo'q.
Haqiqatda siz aytayotgan 2 chi toifa sir emaski, hozirgi jamiyatimizdagilarning aksariyatidirlar, afsuski. 3  chi toifa esa o'z-o'zidan  anqonning urug'i  hozirgi kunda.
Zamonaviylik deb, hozirgi jamiyat  haddidan oshmoqda.
 Afsuslar bo'lsinkim, ko'chalarda uchrab qoladilar ba'zida, torgina shimda, boshda esa hijob.Bu nima zamonaviylikka intiluvmi.Islomda bidat keltirib chiqarishmi? Nega endi oddiy uzun ko'ylaklarda yurish or bo'lyapti? Buni nima yomon tarafi bor.
 O'sha shimni kiymasa ham  hech nima kamayib qolmaydiku.
 Bunaqa tor kiyinishlar g'arb psixalogiyasiga oidligini hamma biladimi?
 Bu kabi  modalar, ikki jinsning bir-biriga jalb etilishi maqsadida ekanligini hamma biladimi?
 Ikki jinsning jalb bo'lishlari  bu nima? Buni to'g'risi , zinoga yo'yish mumkin deb o'ylayman. Zino esa hamma musulmonlar biladilarki, gunohi azim, falokatga eltuvchi yo'l.
 Afsuski, xonadonlarimizda bunga e'tiborni hamma ham beravermaydi. Hattoki namozxon  ota-onalarimiz ham.Bu bor haqiqat.
Oqibat qizlarimiz g'arbona modaga beriladilar,ularni ko'rgan   oddiy qizlaresa:
--- Mana, hijoblilar ham shunday qilishyapti-yu,-  degan  fikrni qurol qilib oladilar.Bu ham katta  muammo ayni vaqtda.
 Ex, gapirsak gap qaynab kelaveradi,Birodar aytganlaridek, davom etamiz keyin...........


Qayd etilgan


saraton07  01 Iyul 2008, 00:47:06

Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu Xonimlar va Janoblar.
Bismillahir Rohmanir rohiym.
Azizlar,bugun  bir mudhish voqea qalbimni larzaga soldi.
 Buni ayrimlar shunchaki bir oddiy ,bo'lishi kerak  bo'lgan voqea kabi qabul qildilar,ayrimlar shunchaki achinish bilan.
Kimga  qanaqa bu voqea,hamma har fikrda.
Xullas bir bir muslimaning nasroniylik dinini qabul  qilganini va  cherkovga qatnashishini bilib qoldik.Afsus.............
Tuppa tuzuk  qiz,shunaqa qilib o'tirsa,alamingiz kelarkan.
Xo'sh,nega  bunday qildi u,nima turtki bo'ldi,nima  bu yo'lga tortdi u qizni?
Bu  voqeaning   qanaqa qilib kelib chiqqanini  oldin  mulohaza qilib ko'rsak,keyin sizning fikringizni eshitsak.
Xullasi kalom, u qiz onasi bilan( otasi yo'q menimcha)  Moskvaga ishga kelgan edi,tanishlari  orqali.
Yaxshi ishxonada ishlardi,onasi boshqa joyda ishlardi.
Musulmonlardan bo'lganlari bilan, xuddi  ruslardek yurishardi,yashashardi.
Bunaqa yurishni, yashashni  o'zimizda urf bo'lgan desak yanglishmasam kerak.Ayrim mo'min(a)larimizni aytmasak,deyarli  hamma  kiyinishu boshqa jabhada kofirlikdan qolishmayaptilar.Va yana, shunday kishilar  musulmonmiz deb ko'krak keradilar,hamda dinimiz  qoidalarini o'zlaricha,go'yoki "zamonaviy" talqinda  tadbiq etadilar,tavba.
Ya'ni,shulardan ayrimlarini aytmoqchiman.
Astag'furulloh,eshitinga,
---Aroqning kayfi haromu,o'zi halolmish,yo alhazar,qayda buning isboti dengchi ,javob yo'q,
---Xudoni o'zi kechiradi,olaver,yoki qilaver,yoki uraver degan aqidalar  ayrimlarning ongini  egallab olgan,ming afsus....
---Qani tost sizdan endi,taqsir. deydilar nodonlar,
Keyin haligi "Taqsir" ham  boshlaydi,(o'zicha hurmat uchun hammani ham taqsir deyishyapti hozir)
---Xo'sh,yuqoridagi gaplarga qo'shilamiz,keyin yana eng yaxshi tilaklarni  tilayman,Shu   kishiga(bolakayga,qizaloqqa,otaxonga,onaxonga,okaxonga,opaxonga......bu ro'yxatni adog'i yo'q) Xudoyim  uzoq umr bersin,u bersin ,bu bersin ,deb javrashni boshlaydi.
E'tibor bering,qo'lda aroq,Xudodan birovga tilak tilayapti.
Bu  hozirgi jamiyatimizdagi modalardan biri,tan  olavering,forumdosh.
Endi,bu "moda"lar qayoqqa olib borayapti,nimalar qilayapti musulmon yoshlarimizni?
Yuqorida aytib o'tganim,bugungi voqeadagi kabi tubanliklarga boshlashga asos,turtki bo'lmayaptimikan.
Xalqimiz orasida urfga aylangan bunaqangi  ko'rinishidan tabiiy holga aylanib ulgurgan qabihliklarni deb,oilalarimizdan,musulmoncha  nafas olish yo'qolib ketmayaptimikan?
Jamiyatimizni  musulmon  deb biluvchi  yoshlarimiz,bu kabi "zamonaviylik"larniyu, "moda"larni ko'rib,asl musulmonchilikdan bebahrayu,benasib bo'lib ketmayaptimilar?
Haligi qiz ham juda yosh hali,lekin erki o'zida,mustaqil.Hohlaganini qiladi.Oldinlari bo'ynida musulmoncha tilla zanjir taqarkan,hozir esa  tasavvur qilavering nima taqishini.
Umuman olganda bu yoqlardagi tatar millatiga mansub ayollarning yarim oy va ichida arab yozuvi tushurilgan medal'on,tilla zanjir,yoki uzuklarni taqib yurishlari  modaga chiqqan.
Lekin afsuski,kiyinishlarini  nasorolardan besh battarligi yarim desak xato bo'ladiyu,deyarli  undanda  oshirib yurishlari  dinimiz uchun og'ir  dard.
Yoshlarning esa faqat o'zga yurtlarda emas, Vatanimizda ham dinimizdan chiqib ketayotganliklari,yurakni ezg'ilaydi,ming afsus.
Qani endi, har narsaga,xalqimiz,asl Islomiy nuqtai nazar  bilan qarasayu,har baloni zamonaviylik deb qabul qilavermasa.

Qayd etilgan