Duxovkada qo'lbola shahshlik- Gulidan tinglaymiz:)  ( 5872 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  25 Yanvar 2012, 14:52:17

Bizni shashlik sal farq qiladi, haqiqiysidan sababi uyda pishirilgan.

Masalliqlar:
-go`sht
-piyoz
-qotgan non
-tuxum
-ziravorlar: tuz, zira, murch

Tayyorlanishi:
Go`shtni, piyozni, qotgan non(suxarik)ni go`sht qiymalagichdan o`tkazamiz. Keyin tuxum, ta`bga ko`ra tuz, zira va bir chimdim murch solib yaxshilab aralashtiramiz. Biroz tin olgach, shashlik ko`rinishiga keltiramiz, keyin tovaga ozgina yog` solib, qizartirib olamiz.So`ngra duxovka listini yog`lab, haligi shashliklarni sixga tortib, listga terib keragicha pishiramiz.
Ikkinchi uslubi esa, shashlikni tovada qizartirgach, qozonda pishirish. Buning u-n qozonga yog` solib kartoshakni biroz qovuramiz, ozgina bir piyolacha suv solib ustiga qizartirilgan shashliklarni teramiz va qozonda dimlaymiz.
PS: Biz masalliqlarni qancha solishga e`tibor bermagan ekanman, ko`z b-n chamalab ketaveramiz uyda, pishgan pishmaganini ham shunaqa
 :D



Qayd etilgan