Qo'llaringiz dard ko'rmasin muncha chiroyli... Mazasiyam shunga mosdir-a))
Acma borekni retseptini bera olasizmi Saliha abla??
uzir hatizga jovob kechikib ketti..voqtim ozro bo'gani uchun yozomadim..
ha albatta mazasi yahshi ko'ngilga urmidigan.. qancha narsa pishirsam ham bollarim, ho'jeyinimla uchun bu borekni o'rni boshqa..juda yoqtirishadi..hohlasez shu usulda ismaloqli qilsengiz ham bo'ladi..ham oz masalliq ketadi.. tez tayyor bo'ladi..ham mazali..
hamir uchun
suv, tuz,un (1-dona tuhum oqi)
ichi uchun ..
4-5 dona qaynatilgan kartoshka, 2-3 dona piyoz,tabga ko'ra zira, murch..tuz..piyoz qovurib olish uchun azgina yog..
suv,tuz,un solib hamir qilinadi..hamirni bir kotta olmachalik qilib 4 dona zuvalachalarga bo'lib qo'yiladi..
biroz tingandan keyin zuvalachalani kotta tarelkachalik qilib ochib olamiz ichiga semechka yogdan surib ikkiga tahlab olib qo'yamiz...har bir zuvalachalani shu shakilda tayyorlab qo'yamiz..va ustiga salafan yopib 5- 10 minutcha tindiramiz..
hamir tingunicha ich qiymasini tayorlab olamiz..piyozni mayda to'rab yogda biroz o'ldirib olamiz..qaynatilgan kartoshkani ezib ichiga piyoz tuz, zira, murchni qo'shib aralashtiramiz..qiymani ham 4-ga bo'lib olamiz..
songra yoglangan zuvalachalarni qo'limizga olib sekin astalik bilan aylantirib qo'lda ocha boshlemiz..qo'rqmasdan tortib-tortib ochib stol ustiga qo'yib yana tortib ochiladi hamir chetlariga ham etibor beramiz qalin bo'lib qomasli uchun chetlarini ham tortib ochamiz..hamir ochilganda stol ko'rinib turish kk..va qiymani huddi honim kabi yoyib olamiz...siyrak bo'lsin ...song yana honim kabi o'rab olamiz..listni yoglab olib o'rab olamiz..boshqa zuvalachalani ham shu shakilda o'rab olib..ustiga tuhum sarigi surib hohlasez kunjut,sedana sepasiz..hohlasez man joylagan rasmga o'hshatib kesib qo'ysangiz ham bo'ladi..bo'lmasa pishgandan keyin qo'lda uzib-uzib qo'yilsa ham chiroyli chiqadi..duhovkada 175-180 gr 30-35 daqiqa pishirib olinadi...
yoqimli ishtaha...