O'zimiz tayyorlagan taomlar! 2  ( 155489 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 27 28 29 30 31 32 B


azizbek_mx  06 Dekabr 2013, 20:52:52

Assalomu alaykum!

Bugun bir o'zimcha binnimala pishirib tashladim :D

Non urvoqlari yig'ilib qolgan ekan. Dasturxonimizni qoqishga yotoqxonamizda sharoit yo'q, shunga yig'ib borardim. Shularam biror nimaga yarab qolarmikin, deb nimadir qib ko'rgim keldi.

5 dona tuxum olib, kosadan kattaroq idishga solib ataladim, so'ng urvoqlarni (taxminan bir kosacha chiqdi) solib, aralashtirdim. 5 ta tuxumga yarasha tuz, biroz zira, ko'kat solib yana aralashtirdim. keyin qozonga yarim cho'mich yog' quyib, aralashmani bir qoshiqdan qovurdim.








(ikkinchi marta tayyorlaganimda rasmga olishga ulgurdim 6.12.2013)


Qovurma kotlet shaklida chiqdi, ta'mi ham go'sht ta'mini berardi.

Qayd etilgan


Зайнаб  07 Dekabr 2013, 21:45:16

Даҳшат! Суратга олишга ҳам улгурилмайдиган чиқибди кўринишидан. Яна ҳам эплабсиз суратга олишга. Офарин! :)

Qayd etilgan


Beautiful...  20 Aprel 2014, 12:12:27

Juda ishtahali turibdi ayniqsa birinchi rasmda. Ham taom tayyorlab ham isrofgarchilikka yöl qöymabsiz Alloh mukofotlasin

Qayd etilgan