honimni piyozsiz tanavul qilishni maslahat beraman:))))))
Nafaqat xonimni, sunnatda ikki badbo'y narsa: sarimsoq va piyozni
xomlay iste'mol qilishdan qaytarilgan. Shu sababli salatlarning 70-80% ini
iste'mol qilmayman. Hurmatli pazanda userkalarimiz taom tayyorlayotganda
shuni ham hisobga olishsa juda yaxshi bo'lardi...
Uzrkuya piyoz yeyishdan qaytarilmagan,piyozni uyda taomlarga qo'shib ,yoki soglik uchun salatlar bn yeyishni ziyoni yo'q bo'lsa kk vallahu a'lam lekin masjidga boradigan inson yoki majlis va jamoatlar ichiga bormoqchi bo'lsak piyoz yeyishdan qaytarilgan:
Ibn Umar roziyallohu anhumo rivoyat qilgan muttafaqun alayh hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Xaybar jangi kuni: "Kim mana bu o'simlikdan - ya'ni sarimsoqdan - yegan bo'lsa, masjidlarimizga yaqinlashmasin", dedilar.
Imom Muslim Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Kim piyoz yoki sarimsoq yoki ko'k piyoz yegan bo'lsa masjidlarimizga yaqinlashmasin, chunki Farishtalar ham Odam bolasi ozorlangan narsadan ozorlanadi", dedilar.