O'zimiz tayyorlagan taomlar! 2  ( 212659 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 B


Хадича  01 Aprel 2013, 11:40:09

Assalomu alaykum.

Bilinchik.



Shirin Tvorogli do'mboqchalar.


Qayd etilgan


Хадича  01 Aprel 2013, 11:56:01

Yengi retsept.
" Vozdushniy snikers" pishirig'i.
Zo'r narsekan :)





Qayd etilgan


Ummu Muslima  01 Aprel 2013, 13:22:49

Qizlar hammelarni taomilarga gap yo'q,qo'lilar dard ko'rmasin
mazisiyam zo'r bo'lsa kerak-a

Hadicha Shirin tvorogli do'mboqchalariz juda bir boshqacha turibdi,shuni retseptini yozolasizmi iltimos?

Qayd etilgan


Saliha  01 Aprel 2013, 14:02:34

Ansora, sarmezi ko'rib, manam tayyorladim..bahor kelib odami hich narsa egisi kemidi, tuzlama shirinlik umuman hohlamey qobmiz ..har kun salat... sarma, karam dolmalarni bollarim yahshi ko'rishadi..shundey taomlani joylab turselar, bugun nima ovqat qisamikin, bollar eydigan.. degan, savoldan qutilaman...




Qayd etilgan


Хадича  01 Aprel 2013, 14:11:44

Rahmat Ummu Muslima opa. Buni "Kelinchak"degan pishiriq jurnaldan olib tayyorladim.
Masalliqlar: 250 gr tvorog
Yarim stakan shakar, 1 dona tuxum, 7 qoshiq sut, 5  qoshiq o'simlik moyi
2 choy qoshiq kraxmal, bir chimdim soda,vanilin.
2 stakan un, qovurish uchun yog', ustiga sepishga qand upasi.
Tayyorlash:
Idishga tuxumni chaqib solib,shakar va vanilinni aralashtiring.ortidan tvorog bilan sutni solamiz.yaxshilap aralashtiramiz. Boshqa bir idishga un,kraxmal va sodani aralashtiramiz.so'ng bu unli aralashmani tvorogli massaga bo'lib -bo'lib qo'shib,aralashtirib boramiz. Aralashmani oxirida o'simlik yog'i ham qo'shamiz. Qorgan xamirimiz juda yumshoq,qo'lga yopishmaydigan böladi. (un solaverib qattiq qilib qo'yish kerakmas.manimcha shu un yetarlik.)
Hamirdan yong'oqdek zuvala yasab,dumaloqlap,keyin kulcha shaklga keltiramiz. (shu shaklda pishirguncha 1 dona asab tolani uzdik :) ::)  ) suratdagidek shakl qilib,o'rtasini teshikcha qilib,har bir do'mboqchani qizib turgan yog'da qovuring. Pishgan do'mboqchalarni yog'ini oqizib olib,qand upa sepamiz.
Ps. Jurnalda yozilmagan bir sekreti bor buni. 1. Tuxumni yaxshilap ko'pirtirish.
2. Qovurayotganda olov baland bo'lsa tez qizarib,ichi pishmay qoladi. Agar olov past bo'lsa,yog'ni o'ziga shimib olib,keyin ko'rinishiyam ,mazasiyam g'alati chiqadi.shunchun pishirish jarayonida bir ikkitani bo'lib ko'rib,olovni nazorat qilib pishirish kerak ekan.
Lekin judayam mazali,shirin do'mboqchalar ekan : )
Yoqimli ishtaha )

Qayd etilgan


_IYMONA_  01 Aprel 2013, 16:12:21

Qo'lilar dard ko'rmasin. Bir-biridan ajoyib pishiriqla  :13

Qayd etilgan


Ummu Muslima  01 Aprel 2013, 18:01:35

Hadicha rahmat singlim,Alloh rozi bo'lsin
erinmay yozganiz va sekretiniyam yashirmaganiz uchun ;)

Ansora,Saliha sizlarga ham ofarin,charchameylar qizlar
Turkiyadagi qizlarimiz tok bargidan tayyorlangan ovqatlarni boplaysizlarda,sizlarni ko'rib manam bu yil tok bargidan ko'pgina tuzlab tasheyman deb turibman Hudo hohlasa :)

Qayd etilgan


Muxsiya  02 Aprel 2013, 16:54:36

qandey qilib tuzlash kerekligini yozvorning men ham qishga olib qo'yib ochib ovqat qilaman deb tursam qo'limga olishimni bilaman maydalanib ketdi

Qayd etilgan


Ummu Muslima  04 Aprel 2013, 09:44:37

mana bu linkda Ansora o'rgatganlar,manam shu uslubda saqlab qo'ymoqchiman nasib etsa
http://pazanda.uz/forum/index.php?topic=1803.0
man quruq holda saqlardim:
*1 litrlik baklashkani suvda chayib quritish kk ,qopqog'i ham ichi ham qup-quruq bo'lishi kk
*tok barglaridan 10 donadan qilib ustma-ust tahlab,rulet shaklida o'rab beliga ipdan -2 aylana yengil bog'lab qo'yasiz
*o'ralagan barglarni baklashkaga solib tahlaysiz va qopqog'ini mahkam berkitib quruq qorong'u  joyga qo'yasiz

bargni tahlashda kotta kichik aralashtirmay bir tizim kotta kotta barglarni,yana o'rtacharog'ini va kichikroqlarini alohida bog'lam qilsangiz, ishlatishga qulay yani qanaqa ovqat qilyatganizga qarab shunisidan ochasiz,
man osh kavartagi uchun kichkinasini,do'lmalar uchun sal kattarogidan ichlataman.

Qayd etilgan


Muxsiya  04 Aprel 2013, 13:39:34

iye suv quymaydimi mwn ham xuddi shunday qilgandimku lekin aklashgani to'ldirib suv quyib berkitibman

Qayd etilgan