Assalomu alaykum!
Bugun bir o'zimcha binnimala pishirib tashladim
Non urvoqlari yig'ilib qolgan ekan. Dasturxonimizni qoqishga yotoqxonamizda sharoit yo'q, shunga yig'ib borardim. Shularam biror nimaga yarab qolarmikin, deb nimadir qib ko'rgim keldi.
5 dona tuxum olib, kosadan kattaroq idishga solib ataladim, so'ng urvoqlarni (taxminan bir kosacha chiqdi) solib, aralashtirdim. 5 ta tuxumga yarasha tuz, biroz zira, ko'kat solib yana aralashtirdim. keyin qozonga yarim cho'mich yog' quyib, aralashmani bir qoshiqdan qovurdim.
(ikkinchi marta tayyorlaganimda rasmga olishga ulgurdim 6.12.2013)Qovurma kotlet shaklida chiqdi, ta'mi ham go'sht ta'mini berardi.