O'zbek matbuoti. Jurnalistika, jurnalistlar, saviya  ( 34121 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:11:24

Otabek;

Biz "sariq", deb atayotgan gazetalardan ma'noliroqlari ham bordir...

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:11:36

AbdulAziz:

ha, bor lekin bunichun kunduz kuni chiroq yoqib qidirish kerak.
Qaysidir yunon olimi aytgabndi : Odamni qidiryapman, deb aslida qarasez hamma yoq to`la odam lekin u odamni qidiryapti.... :D

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:12:09

TA'LIM VAZIRLIGI XOMIYLIGIDAGI TELEKANAL

Televideniya jurnalistikaning yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Televideniye odamlarni axborot va yangiliklar bilan ta'minlashda muhim ijrochi vazifasini bajaradi. Xo'sh, hozirgi kunda Janubiy Koreya televideniyesi haqida nima deya olamiz? Telekompaniyalar qanday tarixiy yo'lni bosib o'tgan?
Zamonaviy koreys televideniyesi to'rtta yirik telekompaniyadan iborat. Bular: KBS, MBS, EBS va SBS.
"Eng keksa" koreys telekompaniyasi KBS 1961 yilda tashkil etilgan. KBS telekompaniyasi kanallari Koreyada "birinchi kanal" maqomiga ega. Telekompaniya rasmiy Seulning "ovozi", deb e'tirof etiladi. Darhaqiqat, telekompaniyaning koreyscha tarjimasi:" Koreys Davlat telekompaniyasi", degan ma'noni bildiradi. KBS1 kanali yagona "reklama va e'lonlardan holi" kanaldir. KBS2 esa bir qancha kompaniyalar va tashkilotlarning reklama minbariga aylangan.
MBS telekompaniyasi uzoq yillar davomida KBSning soyasida edi. Telekompaniyaga 1969 yilda asos solingan. Dastlabki yillari telekompaniya asosan madaniy-ma'rifiy dasturlar ni namoyish etish bilan cheklanar edi. Keyinchalik boshqa kompaniyalar singari shou-dasturlar va ko'ngilochar ko'rsatuvlarga ham keng o'rin ajrata boshladi.
EBS telekompaniyasi 1990 yilga qadar KBS tarkibida faoliyat yuritib keldi. Hozirgi kunda kanal Ta'lim vazirligi xomiyligida ish olib bormoqda. Kanal ta'lim va ma'rifiy dasturlarga asoslanadi.
SBS Koreyadagi to'la ma'nodagi xususiy telekompaniyadir. Lekin u "yagona xo'jayin"ga qarashli emas. Kompaniya aksiyalariga yigirma to'qqizta bir-biridan farqli firmalar egaliik qilishadi. Koreys qonunlariga muvofiq, bitta jismoniy yoki yuridik shaxs telekompaniya yoki radiostansiyaning 30% dan ko'p aksiyasini olishi mumkin emas. Shuning uchun yigirma to'qqizta firmadan birortasi ham telekompaniyaning nazorat paketi egasi hisoblanmaydi.
Darhaqiqat, zamonaviy koreys televideniyesi eng so'nggi texnik jixozlar bilan ta'minlangan holda samarali faoliyat ko'rsatmoqda. Koreyada kabel televideniyesi ham ancha rivojlangan. Pullik xizmatga asoslangan kanallarda ko'ngilochar dasturlarga e'tibor kuchli. Bu tomoshabinlar talab va istaklaridan kelib chiqadi.

OTABEK Yo'ldoshev, Janubiy Koreyaning Chung-Ang Universiteti talabasi

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:12:16

KOREYS RADIOSI TARIXIDAN

XX asr texnika va kompyuterlar taraqqiy etgan davrga to'g'ri keldi. Bu rivojlanish jurnalistikaning televidenie va radio kabi tarmoqlariga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Eng birinchi radiodastur 1921 yilda AQSHda havo to'lqinlari orqali taqdim etilgan edi. Bir qancha yillardan keyin boshqa mamlakatlar ham o'z radiostansiyalarini barpo etishdi. Koreya yarimoroliga radio 1927 yil fevralida kirib keldi. Koreys radiosining rasmiy "tug'ilgan kuni" 16 fevral hisoblanadi. Eng birinchi radiostansiya bo'lgan "Kyonson" mustamlaka Seulning rasmiy radiosi edi. Albatta, dastlabki yillarda radio tinglovchilari juda ozchilikni tashkil etgan. Buni statistik ma'lumotlar ham tasdiqlashi mumkin: 1927 yilda Koreya aholisi 20 million kishi bo'lgan holda butun mamlakat bo'ylab bor-yo'g'i 1440 tagina radiopriyomnik bo'lgan, xolos. Radioni boshida asosan, yaponlar va chetdan kelgan muhojirlar tinglashgan. 1933 yili "Tyosen general-gubernatorligi radiosi" o'z dasturlarini koreys va yapon tillarida uzata boshladi. Shu yilning aprelidan koreys va yapon dasturlari ajratilgan holda namoyish etildi.
Yapon mustamlakachiligining oxirgi yillarida Koreyada mahalliy radiostansiyalar ko'paya boshladi. Koreyani mustaqil mamlakatga aylantirish masalasi asosiy o'ringa chiqdi. 1945 yilning oxirlariga qadar JODK Seul radiostansiyasi yapon tilida eshittirishlar berib bordi.
Koreys urushi davrida Busan shahri mamlakatning vaqtincha poytahti vazifasini bajardi. Chunki Busan Shimoliy Koreya bosib olmagan yagona shahar bo'lib qoldi. 1950 yil oxirlarida radiopriyomnik ishlab chiqarish "Kimson" va "LG" kompaniyalari tomonidan amalga oshirila boshlandi.
XX asrning 60-yillarida Koreyada televizorlar juda kam, bori ham qimmat edi. Radio esa o'ziga xos qulay va arzonligi radiostansiyalar faoliyati jonlandi. Koreys tinglovchilari asosan radioseriallar tinglashni xush ko'rishardi. Shuning uchun radiostansiyalar serial eshittirishlarga ko'p vaqt ajratishgan. 1966 yilning o'zida Koreya radiostansiyalari 160 ta radioserial taqdim etgan. Vaqt o'tgan sari texnika taraqqiy etdi. 1970 yilga kelib, koreys radiosi jurnalistikadagi "birinchilik" rolini tezlikda rivojlanayotgan televideniega topshirdi.
Hozirgi kunda koreys radiosi asosan ko'ngilochar dasturlar namoyish etadi. Televidenie har qancha rivojlangan bo'lsa-da, radio tinglovchilar ham ko'pchilikni tashkil etadi.

OTABEK YO'LDOSHEV, JANUBIY KOREYANING CHUNG-ANG UNIVERSITETI TALABASI

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:12:37

Otabek;

Koreys televideniyasida 'MBC Game", degan kanal bor. Bu kanal uzzukun kompyuter o'yinlarini ko'rsatadi. Koreyada kompyuter o'yinlari bo'yicha maxsus liga tuzilgan. Ana shu liga qatnashchilarining kompyuter o'yinlari to'g'ridan-to'g'ri olib ko'rsatiladi.

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:12:51

Kamol:

Hozirgi jurnalistikamiz maqtarli darajada emas.

Savolni konkretroq qo'ying.
- TV
- Radio
- Matbuot
- Internet
- Ko'cha jurnalistikasi
- Reklama

qaysi biri haqida?

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:13:13

JURNALIST. JUR'AT. JASORAT

"O'zbekiston ovozi" gazetasi rasmiy saytidan olindi

Nomoz SA’DULLAYEV, «O‘zbekiston ovozi» gazetasining ijtimoiy hayot va iqtisodiyot bo‘limi mudiri, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist:

— ... Bugun matbuot erkin. Bu imkoniyatni qadriga yetish kerak... Bizning vazifamiz va burchimiz, eng avvalo, mana shunga yo‘l ochib bergan Istiqlolni, uning milliy g‘oyalarini turli mavzu va janrlarda mazmunli yoritish.

Jurnalist qachonki, har bir voqea yoki hodisaning ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy va ma’rifiy mohiyatini o‘z Vatanining jahondagi mavqei, oriyati va hamiyati uyg‘unligida tushunsagina yaxshini ham, yomonni ham ziyrak ajrata oladi... Chunki, hozir dunyoda shunday siyosiy «o‘yin»lar borki, «bir balosi bo‘lmasa, shudgorda quyruq na qilur» naqliga o‘xshash...

Mana, Andijon voqealarini oling: fojia ijrochilari ortida kimlar turibdi? Ular oldiniga «hamkormiz» deya o‘zlarini bizga xayrixoh ko‘rsatishgandi... Mayli, ular-ku, begona. Ammo, o‘zimizdan chiqqan birga baqamti yashayotgan tomoshabin, loqayd, ayg‘oqchi, ikki yuzlamachilarga nima deysiz? O‘zga davlatlardan va hatto okeanlar ortidan o‘z Vatanining hasadgo‘ylari-yu g‘arazgo‘ylaridan panoh so‘rasa, dodingni kimga aytasan? Balki bugungi ayrim xamelionlarga ham aytar gapimiz bordir?

Shu bois, har bir millat jurnalisti — eng avvalo, oriyatli, nafsoniyatli, hushyor, jasur, fidoyi, xolis va hozirjavob bo‘lmog‘i shart!

Ayni chog‘da u mohir notiq, kuchli siyosatchi va nozik diplomat ham bo‘lmog‘i kerak...

Umida FAYZIYEVA, «Xalq so‘zi» gazetasining gazetxonlar bilan aloqa va mintaqa bo‘limi mudiri, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi:

— Nazarimda, avvalo har bir jurnalist o‘z yurti, Vatanini e’zozlash, qadriga yeta olish hissi bilan yashashi lozim. Keng va teran mushohadali, chuqur bilimli, o‘tkir nafas egasi bo‘lish istagi bizni sira tark etmasligi kerak, deb o‘ylayman. Nega? Chunki Vatan g‘ururi, Vatan mehri hissi bilan yonmasak, egallagan bilim doiramizni hamisha, har qadamda yangilab, boyitib bormasak, hayotimizda har jabhada, har onda bo‘layotgan o‘zgarishlar, islohotlarni qanday qilib anglab olishimiz mumkin? Emin-erkin hayotimizga rahna solishga urinayotgan har qanday kuchlarga o‘z aql-zakovatimiz bilan zarba bermasak, ona diyorimizni nechog‘li ardoqlab, sevib-suyganimiz, shu vatan farzandi ekanimizni izhor etib, g‘ururlanmasak, o‘zgalarga qay yo‘sinda yordam bera olamiz? Fikrimcha, bugungi kunda jurnalist oldidagi muhim vazifa u nafaqat tevarak-atrofidagi, balki chet ellardagi voqea-hodisalardan boxabar bo‘lishi lozim. Tili uzun, qalami o‘tkir, ma’naviyati boy bo‘lishi uchun esa tinimsiz izlanishi kerak. Ana shu faoliyat jurnalist bilimi, aqli bilan uyg‘unlashsa, u o‘quvchisi — xalqining ishonchini oqlay olsa, ana o‘shanda vatanparvar degan tushuncha ko‘ngilga osongina jo bo‘ladi.

Habib TEMIROV, «Qishloq hayoti» gazetasi bosh muharriri birinchi o‘rinbosari:

— Hozir jurnalist oldida turgan birlamchi vazifa o‘zining bilimi, dunyoqarashini tinimsiz kengaytirish, professional mahoratini, saviyasini muttasil oshirishdan iborat. Toki shu narsa bo‘lmas ekan, balandparvoz gaplar, dabdabali shior va da’vatlar bir pul. Bugun biz «axborot urushlari» davrida yashayapmiz. Nechog‘lik vahimali tuyulmasin, bu — ayni haqiqat. Jahon axborot maydoni zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari tufayli sarhadsiz, chegarasiz, yagona hudud bo‘lib qoldi.

Internet tarmog‘i orqali tarqalayotgan axborotlar, yer yuzining istalgan burchagidagi manzilga, xonadonga kirib bormoqda. Uning yo‘liga hech qanaqa to‘siq qo‘yib bo‘lmaydi. Ana shundan foydalangan ayrim siyosat arboblari buyuk davlatchilik iddaolarini yangi kuch, yangi to‘lqin bilan avj oldirmoqdalar. Davlatlarni, xalqlarni o‘z «ta’sir va manfaat doirasiga» kiritish uchun, oddiy qilib aytganda, qaramlikda, «axborot mustamlakasida» tutish maqsadida, jamoatchilik ongi, shuuri, fikrini o‘zlari istagan yo‘nalishda shakllantirishga urinmoqdalar. Aniqrog‘i, axborot maydonida hukmronlik uchun ayovsiz kurash bormoqda. Bu kurash davomida turli tomondan bo‘layotgan va muttasil bo‘lajak axborot xurujlariga dosh berish, munosib javob qaytarish uchun ham aql, yuksak saviya, yuqori darajadagi bilim, mahorat, hozirjavoblik, qat’iyat suv va havoday zarur. Shunga erishsak, ayni paytda rostgo‘ylik, mustahkam iymon, pok vijdonga asoslangan aniq fuqarolik pozitsiyasini egallasak, yuragimizda Vatanga cheksiz muhabbat va sadoqat, milliy g‘urur va oriyat jo‘sh ursa, chindan ham hech qachon, hech kimga qaram ham, hech kimdan kam ham bo‘lmaymiz.

Inobat NORMURODOVA, «O‘zbekiston» telekanali «Siyosat» studiyasining katta muharriri:

— Jurnalistning bugungi kundagi asosiy vazifasi — vaziyatga haqqoniy baho berish. Bo‘layotgan voqealarga xolisona yondashish, qo‘l urayotgan mavzusini chuqur va mukammal o‘rganish. So‘zda mas’ullik hissini unutmaslik!

Bugungi shiddatkor davr mulohazakor bo‘lishni ham talab etadi. Jurnalist xomxatala fikrlarga asoslanmasligi, tezkorlikka intilib, xolislikdan yiroqlashmasligi shart. Bundan tashqari ommadan, odamlardan bir qadam ilgari yurmog‘i lozim.

Andijon voqealari bizni yana bir bor sinovdan o‘tkazdi. Ayrim xorij OAV bu haqda shoshma-shosharlik bilan axborotlar tarqatdi. Axir, jurnalist hukm chiqarmasligi, balki manbalarni tahlil qilib, fikr bildirishi lozim.

Abdusamat RAHIMOV, «Ma‘rifat» gazetasi bosh muharriri birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist:

— Jurnalist oldidagi mas’uliyat, vazifa ham, agar u biror bir mamlakatga, jamiyatga mansub yoki kengroq olsak o‘z vataniga ega bo‘lsa, unda yashayotgan insonlar maqsad-muddaolari bilan mushtarak keladi. Uning kasbi nuqtai nazaridan amalga oshiradigan har bir ishi yurtining ertaga bugundan ko‘ra go‘zal, to‘kis va mustahkam bo‘lishiga xizmat qiladi. Qachonki, jurnalist bu yo‘ldan og‘sa, maydalashib ketadi, o‘z tayanch nuqtasini yo‘qotadi. Muallaq holatdagi narsa esa faqatgina xohish-irodasiz, tashqi ta’sir izmida harakatlanadi.

Ma’ruf OTAXONOV, «Ovozi tojik» gazetasi bo‘lim muharriri, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist:

— Mustaqillik davrida qo‘lga kiritilgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy yutuqlarimiz salmog‘i asrlarga teng. Mening nazarimda, ana shu yutuqlarga yo‘l ochgan Istiqlol g‘oyalarini xalq ongiga singdirish eng muhim vazifadir. Bu ulug‘vor vazifani bajarilishi jurnalistdan analitik bilim, mahorat va iste’dod talab qiladi, jurnalistni Haq va Haqiqat tomonida bo‘lishini taqozo etadi. Haqiqat esa, Istiqloldan oziqlanadi.

Yuragi pok, ya’ni qalbi haq tomondagi jurnalist istiqloldan ilhom oladi, hamisha haqiqatni yozadi, xalq bilan birga, Vatan ardog‘ida bo‘ladi. Hech vaqt birovlarning musiqasiga ham o‘ynamaydi, sotilmaydi.

Sharofiddin TO‘LAGANOV, «O‘zbekiston» radiokanali «Rejalashtirish va tahlil» guruhi rahbari, siyosiy sharhlovchi:

— Hamkasblarimizdan biri aytganidek, bugungi dunyoni yadro jamodonidagi tugmachani bosish bilan emas, balki radio mikrofoni tugmachasini bosish bilan o‘zgartirib yuborish mumkin. Shu sababli ham, o‘zbek jurnalistlari oldida to‘g‘ri so‘zni, haqiqatni yetkazishdek muhim vazifa turibdi.

Matbuot sahifalarida o‘qigan edim, «Ulkan iste’dodlar ko‘pincha bir-biriga do‘st emas, raqib bo‘ladilar». Men o‘zini iste’dodli deb bilgan jurnalistlar bir-biriga raqib bo‘lishini xohlayman. Hozir jurnalistlarning bir gazetadan ikkinchisiga o‘tib ketishi odatiy holga aylandi. Aslida esa jurnalistning boshqa jamoaga o‘tib ketishi katta sensatsiya bo‘lishi kerak.

Jurnalist xolis, jasoratli va doimo bedor bo‘lishi, faqat haqiqat tomonda turishi kerak. Eskicha ish uslublaridan voz kechadigan vaqt keldi. Eng katta kamchiligimiz yangiliklarning muhimini nomuhimidan ajrata olish malakasi shakllanmaganidir...

Toshpo‘lat XOLIQOV, «Turkiston» gazetasi muxbiri:

— Jurnalist ro‘y berayotgan voqea va hodisalarga xolis yondashishi, ulardan o‘z manfaat yoki ayrim guruhlar foydasi uchun mos keladigan nuqtalarni izlamasligi kerak. Aslida xolislik jurnalistikaning asosiy qonunlaridan biri sanaladi. Afsuski, bugunga kelib, jurnalist uchun suv va havodek zarur bo‘lgan ushbu xususiyat ba’zi hamkasblarimizda yetishmayapti. Jurnalist uchun xolislikning naqadar katta ahamiyatga ega ekanligi tajribadan ma’lum. Uzoqqa bormaylik, Andijon voqealarida jurnalistning noxolisligi qanday holatlarni keltirib chiqarishi ro‘y-rost ko‘rindi. Qolaversa, u o‘z fikri va so‘ziga ega bo‘lishi kerak. Ijodkor uchun birovlar manfaati yo‘lida qaram, birovlar qo‘lida qurol bo‘lishdan ko‘ra ayanchliroq holat bo‘lmasa kerak.

Nozimjon MO‘MINOV, «Yoshlar» telekanali «Davr» direksiyasi muharriri:

— Bugun jurnalistlar oldida turgan eng muhim vazifa, menimcha, jamiyatda ro‘y berayotgan yangilanishlar, demokratik o‘zgarishlarning odamlar ongiga tezroq yetib borishi uchun kurashish. Bu oson emas, albatta. Chunki, bunga ta’kidlayverish bilan emas, balki o‘z chiqishlarimizdagi jasorat va dadillik orqali erishishimizga to‘g‘ri keladi.

Yana bir muhim jihat — har qanday holatda ham vijdonga sodiqlik kerak. Zero, so‘zi bilan ishi bir bo‘lgan jurnalistgina odamlarning ishonchiga sazovor bo‘la oladi.

Eng muhimi — ayrim nosog‘lom kuchlar o‘z manfaati yo‘lida yurtimizga turli tomondan informatsion xurujlar yog‘dirib turgan bugungi tahlikali zamonda vaziyatni to‘g‘ri mushohada qila oladigan va Vatan manfaatlarini eng birinchi o‘ringa qo‘ya oladigan jurnalistlar juda-juda zarur.

Zayniddin MAMADALIYEV tayyorladi.

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:13:31

Jurnalist;

urnalistikamizning ahvoli og'ir. Menimcha endi jurnalistlarni yoshlar ichidan topmasak qarilarini miyasi zaharlanib bulgan. ???
??? ??? ???? ???

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:13:42

Bunyod;

Siz uylagan darajada emas, bu tanadan vos kechib meva kutushdek gap. Mohiyat biz yoshlardan boshkacha ishlashni takozo etadi xolos. Ayniksa, hozirgi xalkaro siyosiy tanglik paytida. Yunus Boronov va Botir Gafurovlardan urnak oling.

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:14:11

jadid:

???"Hozirgi matbuotimiz "sarg`ayib" bormoqda..."

"Sarg`yib bormoqda"?!... "Hikoyalashib" bormoqda desangiz tog`riroq bo`larmidi? Qaysi gazetani olmang, hammasida hikoya bor.

Bir paytlari "7x7" degan gazeta bor edi. Huddi "Darakchi"ga o`xshab mulohazlai maqolalar, xabarlar, qiziqarli rivoyatlar bo`lar edi. Kecha shu gazetdan olgandim, futbol bilan bog`liq bir maqola chiqqan ekan, shuni o`qigin deyishgan edi. Oldim, manga kerakli maqola oxirgi betida ekan. Keyin boshqa shaifalarni ham bir qarab chiqsam, gazeta boshidan oxiriga qadar hikoya, hikoya va yan bir bor hikoya... (Nima balo, hamma yozuvchi bo`lib ketayptimi deb o`ylab qolasan). Bironta ham xabar, mulohazali maqola (menga kerakligidan boshqa, futbol haqida maqola edi) va shunga o'xshash malumot yo`q. Gazeta "tamom" bo`pti...

Huddio shunday holatni ko`plab gazetalarimizda kuzatishimiz mumkin. >:(

Shuni sarg`ayish deyiladimi?.... ???

Qayd etilgan