Топ рейтинг www.uz Ko'ngil tubidan anglangan baxt!

Ko'ngil tubidan anglangan baxt!  ( 23268 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Hilol OY  10 Avgust 2012, 21:33:59

BAXTning chegarasi va shakli yoqdir balki. Kim uchundir baxt hisoblangan narsa boshqa inson uchun azob ham bo'lishi mumkin. Lekin ba'zan odamlar kimlarnidir "baxtsiz" deya atashadi, lekin ularning ko'zi uning baxtini ko'rishga qodir emas.

Biz o'zimizni baxtli his etamiz ko'p hollarda, lekin baribir yuragimizni nimadir kemirib turgandek, nimadir kamdek go'yoki...

Alloh hammamizga IKKI dunyo saodatini nasib aylasin!

Qayd etilgan


xojarnur  04 Sentyabr 2012, 03:16:03

Baxtim...Mehribon Robbim meni bandalari orasidan tanlab Iymon bergani. Albatta buni to'la to'kis baxt deya olmayman,chunki taqdirimni bilmayman. Qalbimdagi yoki xulqimdagi qaysidir kamchiligim sababli bu Iymonni olib qo'ymasmikin.

Do'zaxga tashlanadigan qorilar bor,olimlar bor,shahidlar bor.
Jannatga bir qadam qolganida do'zaxiyning bitta amalini qilib do'zaxiy bo'lib ketadigan kishilar bor. Nastauzu billah.
Robbimning huzuri va Jannatiga erishishlik -keragidan ortiq BAXT.
Baxtli bo'laman deb CHiroyli gumon qilaman xolos.

Qayd etilgan


Mufazzala  05 Sentyabr 2012, 04:36:09

 :asl3:

Inson noshukur bo'ladi. O'zida boriga emas o'zgada
boriga havas bilan qaraydi. Qoralar oqaraman, deb
terisini almashtirsa, oqlar qorayaman, deb "zagar" oladi.
Semizlar ozaman deb diyeta qilgan yerida oriqlar semiraman
deb davolanadi. Boylar pul bilan bog'liq mashmashalardan to'yib
och bo'lsa ham tinchgina yurgan kambag'al hayotiga havas qilsa,
kambag'allar nega meni faqir qilib yaratding, deb Robbisiga isyon qiladi.

Hulosa:
Alloh berganiga shukur qilib, rozi bo'lib, qanoatda yashashlik-bu katta baxtdir!


Qayd etilgan


Ansora  08 Sentyabr 2012, 17:26:38

 :asl3:

Yaqinlaringning sog'-salomat yurishi juda katta baxt ekanligini yana bir bor his qildim:(

Qayd etilgan


Muxsiya  06 May 2013, 17:00:17

Inson baxtining qadrini birozga bo'lsada undan ayrilganidagina his qiladi

Qayd etilgan


Muxsiya  06 May 2013, 17:01:19

Oilam bilan o'tkazgan har daqiqam mening hayotdagi eng baxtli onlarimdir

Qayd etilgan


Pofiraxon  03 Noyabr 2014, 08:34:05

Eng shirin baxt payg'ambarimizni tushda körish va salovat aytish bölsa kerak  :2

Qayd etilgan