Yolg'on dunyo...(kundalik fikrlar)  ( 23607 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Ansora  31 Yanvar 2012, 14:11:22

 :asl3:

Insonlar qiziq, hasad, qizg'onchlik, ko'ra olmaslik qon-qonimizga singib ketganmi, deyman.

Shu taraf tutishlarga nima deysiz? Har yerda taraf-taraf bor, ish joyingizda, domingizda, xatto forumlarda...

Shayton har soniya biz bilan, u gunoh qilishimiz uchun kecha-kunduz tinmay "ishlaydi"...

Biz, ilm olib turib, unga qanchalik amal qilyabmiz?

Alloh avf etmaydigan gunohlardan biri -Qul haqqidir, qachonki siz g'iybatini qilgan, "go'shtini yegan" insonning yoniga borib halollik, rizochilik so'raysiz, o'zingizni avf ettirasiz, ana shundagina Yaratgan avf etajak (inshalloh)

Yolg'on hayot, foniy hayot, deymiz, lekin Haqiqiy- asl, boqiy hayot- shu foniy hayotda qozoniladi, shu yolg'onchi hayotda haqiqiy joyimizni belgilaymiz, butun jonlar xohlaydiki, jahannam o'tida qovrilmaylik, Jannat ato etsin- buning uchun esa tarozuning savob pallasi ustun kelib, Jannati boqiyni qozonish lozim.

Iymon nima o'zi? U faqat namoz o'qiganda, duo qilganda kerak bo'ladigan narsa emas, u har soniya qarshingizdagi holat, voqealar qarshisidagi sizning hatti-harakatingizdir. Xayolingizdan o'tgan fikrlardir, boshqasi haqidagi o'ylaringizdir.

Men iymonlimanmi? Iymonim zayifmi? Shu savollar meni ko'p qiynaydi.


Qayd etilgan


Maysara  31 Yanvar 2012, 15:19:17

Bunaqa iymonizda shubhaga aslo bormang! Mömin kishi iymonida juda qat'iy bölishi, zarracha shak-shubhada bölmasligi kerak. Mana shu bilan iymoni kuchli yoki zaif böladi.

Qayd etilgan


Ansora  01 Fevral 2012, 18:51:31

 :asl3:

Yolg'on dunyoning rost insonlarimiz. Ayniqsa onalarning tuyg'ulari aslo soxta bo'lmaydi.

Boya hech turmushga chiqmagan 55 yoshli qo'shnimni ovozi eshitilyabdi: "Munchoq, (bonjuk) nimaga men supurgan joylarni kir qilyabsan yana? Men senga o'tir demadimmi joyingda..."

Bu sizga farzandiga, nabirasiga jahl qilgan onani eslatgandir. Lekin bu mushukka aytigan so'zlar edi.

Ayolning mehri shunchalar bisyorki, ichida tuta olmaydi.

Ah, taqdir...peshona...ayol onalik baxtiga muyassar bo'lmadi, lekin uning mehri yuragiga sig'madi, toshdi, toshdi...

Qayd etilgan


azizbek_mx  01 Fevral 2012, 19:39:32

Rost dunyoning yolg'onchi insonlarimiz...
Özimizni özimiz nimalar bilandir aldab, nimalar bilandir ovutib, nimalar bilandir avrab yashaymiz...
Köngil uchun kimlarnidir aldaymiz, avraymiz, ovutamiz...
Köngil uchun kimlargadir quvonamiz, kuyunamiz, suyunamiz...
Faqat köngil uchun...
Rost dunyoning yolg'onchi köngillarimiz...

Qayd etilgan


Ansora  13 Fevral 2012, 13:55:19

 :asl3:

Eshitgandirsiz, Whitney Houston o'ldi...

Uni sevganlar qattiq qayg'urishdi, shunday o'limlarni eshitganimda ichim bir g'alati bo'ladi. Vaqtida men ham uning kinosini sevib tomosha qildim, ashulalarini eshitdim. Ovozi rostdan ham kuchli, ta'sirchan edi.

Insonlarga qo'lidan kelguncha yordam bergan ekan, har xil katta tadbirlarda qatnashgan ekan, eng ko'p mukofot olgan ayol sifatida Ginnes kitobiga kirgan ekan vhk vhk....

Lekin, lekin hammasi yolg'on dunyoda, o'tkinchi...

Nima bo'ldi, biron narsa olib keta oldimi o'zi bilan. Na moddiy, na ma'naviy hech narsa...


Allohim, O'zingga shukr, Musulmon qilib yaratganing uchun, iymon gavhari bilan siylaganing uchun Rabbim.

So'nggi nafasimizda iymonla jon taslim etmoqni nasib et...

Qayd etilgan


Shokir63  13 Fevral 2012, 16:25:57

KEcha ozimcha o'lganimni tasavvur qildim, oilamni nima bo'lishi xayolimga keldi, shunda o'zimga-o'zim Allohning Razzoq ekanligini unutma, sening zo'r mutaxissis ekanliging ham yolg'on pul ishlab topishing ham yolg'on, axir rizqingni berayorgan U ku, sen shunchaki oddiy bir kichkina sababsan xolos, asosiysi haqiqiy mo'min bo'lishga harakat qilish, Alloh bir sababni olib tashlasa joyiga boshqa sababni keltirib qoyadigan Yagona va Eng buyuk Zot. Faqat U bor, qolgan narsalarning hammasi bir soya xolos

Qayd etilgan


NANO  13 Fevral 2012, 18:16:01

Dunyo yolg'onchi emas e! Odamlar yolg'onchi denglar. Biz matritsa emasmizku Yeb tugan narsamizni mazasini bilamiz!

Qayd etilgan


Ansora  12 Mart 2012, 20:52:23

 :asl3:

5-6 oydan beri tabiiy sut olaman qo'shni xoladan, qishloqdagi singlisi haftada 1 olib kelib turadi. Alloh rozi bo'lsin, bugungacha sutdan hech shikoyatim bo'lmadi, pulini esa yozib qo'yaver, keyin berasan qizim, deydilar...
Odamlar orasidagi o'zaro ishonchga nima yetsin.

Domimizda bir ayol ham yaqindan beri ola boshladi, eri judayam janjalkash odam...Sut mavzusidayam ayoliga har safarida har xil shart qo'yyabdimi deyman, har safarida sut olib kelgan xolaga bir dunyo savol beradi ayol, albatta hammamiz sezamiz, erini zug'umi bilan so'rayotganini bu savollarni...

-Idishni qayerdan olasiz- 5 litrlik baklashkalarni so'rayadbi. Ahlatdanmasmi ishqilib xola?

(Odatda suv idishlarimizni yig'ib qo'yamiz, kelganlarida beramiz, top-toza)

-Sut suzilganmi?

-Bolam, suzilgan albatta, xohlasangiz qaynatmasdan yana bir marta suzib oling...

Yolg'on dunyoda 25 yillik ayoliga 5 litrlik sut uchun shunchalik shart qo'ygan odamga Alloh bas kelsin, dedim bugun...

Bechora ayol, 25 yil sochini supurgi qilib shunchalik hurmat ko'rishga loyiqmidi...yetti yot begona ayol unga molini nasiya qilib topshirsin, bolalarini eri esa unga ishonmasin, alam qilmaydimi...?







Dunyo yolg'onchi emas e! Odamlar yolg'onchi denglar. Biz matritsa emasmizku Yeb tugan narsamizni mazasini bilamiz!

NANO, aslida "Yolg'onchi" der ekanma, "yolg'on, uch kunlik dunyo"ni nazarda tutgandim:) mayli siz aytganday bo'laqolsin...tuzatdim:)


Qayd etilgan


Ansora  17 Mart 2012, 12:03:22

Sutli qahva


Sutli qahvamni asta asta ho'plar ekanman, bolaligim ko'zimning oldidan o'taveradi negadir...Sizda ham shunday bo'ladimi?

Mana maktabimning doimo "perashka" hidi bilan to'la oshxonasi...yerni tez tez artib turishardi, sababi bolalar idishlarini o'zlari olib borib, "moyka"ga berishgani uchun ko'pincha yegulik qoldiqlarini yerga to'kishardi:)
Bola emasmi, yerga to'kib, yana sirpanganiga nima deysiz...

Perashka 10 tiyin, kakao (sutli qahva) esa 5 tiyin bo'lardi:) 15 tiyinga qornimiz to'yardi, yoki 1 tiyinga choy ichardik:) kakaoni har doim ham ichavermasdik albatta, choy ichardik:) 11 tiyin bor, 15 tiyin bor to'g'rimi:)

Sutli qahvamni ho'pladim, mana yana o'sha oshxonamizni yuqori qismidagi sahnasi ko'z oldimga keldi...ozmi chiqdim bu sahnaga. Ilk bora Alifbe bayramida, bu yerlarga endigina ko'chib kelgan qizaloq sifatida, qisinib-qimtinib, o'ziga na she'r, na harf berilgan o'quvchi sifatida chiqdim. Yaxshiyam ota-onam o'sha kuni yonimda emasdilar, aniq yig'lardim, chunki eski maktabimda sinfkom edim, bir dunyo vazifa berilgandi Alifbe uchun, bu yerda esa...

Ohirgi sahnaga chiqishlarim 9-sinfda, "Rus tilida-Bilim musobaqasida" chiqishim edi..Sinfkom edim, parallel sinfning sinfkomi bilan birga Rus tilida maqol aytish musobaqasi o'ynagandik, esladim...

Sutli qahvam yarimlab qoldi...kakao bilan bog'liq eng muhim xotiralarimdan yana biri- dadam, singillarim bilan birga o'tkazgan poyezd sayohatim edi. Dadam farzandlarini aylantirishni, o'ynatishni juda yaxshi ko'rardilar. Bu safar ham ayamsiz bir yo'lovchilik edi, buvimlarnikiga to'g'ri ketyabmiz...poyezd yo'lda to'htaganida pastga tushib, issiqqina kakao ichgandik:)

Stakanlarni hammasi o'sha paytlar standart bo'lardi, narxi 10 tiyin...

Havo sovuq edi, lekin qahva ıssiqqina, dadam tezroq ichinglar, poyezd yurib ketmasin, deb ogohlantirib turadilar orada:) bolamiz, hammamiz hayajon ichida juda yaxshi ko'rgan kakaomizni istamay istamay tez tez ho'playmiz...

Qahvam tugadi, siz ham bir kakao tayyorlang o'zingizga, balki shirin xotiralaringizni eslatar...



Qayd etilgan


gayrat17  20 Mart 2012, 02:00:15

yoshligimda uyda 3-4 qop kakao turardi. Umuman ichmasdik, gurunchga rang berish uchun ishlatardilar  ;D Ana sizga  ;D
Magazinga kelgan buxanka nonni qo'shnilar bo'lishib, qoramolga berardik. Bo'lmasa uvol bo;lar ekan-da.

Qayd etilgan