Yolg'on dunyo...(kundalik fikrlar)  ( 23612 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Ansora  20 Mart 2012, 16:15:00

yoshligimda uyda 3-4 qop kakao turardi. Umuman ichmasdik, gurunchga rang berish uchun ishlatardilar  ;D Ana sizga  ;D
Magazinga kelgan buxanka nonni qo'shnilar bo'lishib, qoramolga berardik. Bo'lmasa uvol bo;lar ekan-da.

Ha, qiziq ma'lumotlar...mana endi hamma qora nonni qidirib yuradi bu yerlarda, semirib ketdik oq nonlardan, deb...nima hor qilsang shunga zor bo'lamizda...

Qayd etilgan


Ansora  27 Mart 2012, 14:56:46

 :asl3:

Kuni kecha Amerikalik yozuvchi, jurnalist Martha Gellhorn (1908-1998) haqidagi hujjatli filmni tomosha qildim. Urush muhbiri bo'lganligi va uzun yashagani uchun dunyoni larzaga solgan mudhish urushlarni o'z ko'zi bilan ko'rgan, bu haqda yozgan ayol....Urush, noming o'chsin dunyoda, deydi shoirimiz, rostdan ham nomi o'chsin.
Ayol urush va urushdagi asirlarning hayotidan shu darajada ta'sirlanadiki, psixologiyasi ostin ustun bo'ladi. Osonmi?

Inson bolasi bir-biriga nimalar qilgan, qilyabdi, filmni ko'rib yuraklarim yana bir bora siqildi, asirlarning ahvollari esa tushingizga kiradigan darajada qo'rqinch...

Zotan fashist germaniyasining insonlarga qilgan ayovsiz ishlari meni bolaligimdan beri dahshatga tushiradi, ham qo'rqaman, ham ko'rgim kelaveradi...

Eh dunyo, yolg'on dunyo...

Qayd etilgan


Humayro  27 Mart 2012, 15:37:28

Men ham kuni kecha ko'rdim:

Xolid ibn al Valid filmida, Xolidning ukasi Valid Badr jangida musulmonlarga asir tushadi. Xolid ukasiga to'lov to'lab, Madinadan Makkaga qaytarib olib kelayotganda, yo'lda so'raydi: - senga musulmonlar qanday munosabatda bo'lishdi?

Valid javobi Xolidni hayron qoldiradi: - Juda ham yaxshi, men bunday samimiy va mehribon insonlarni oldin uchratmaganman. Allohga qasamki ular orasida qandaydir bog'lab turuvchi kuch bor. - deydi.

Tunda esa Xolidga bir enlik xat qoldirib o'zi madinaga musulmonlar oldiga qaytib ketadi.

Xatida "Men Muhammadga (s.a.v)  iymon keltirgan holimda Yasribga qatayapman. men ularsiz yashay olmayman endi. Bergan to'lovingga esa biz musulmonlar ko'proq loiqmiz" deb yozib qoldiradi.

Qayd etilgan


UzMuslim  28 Mart 2012, 23:28:29


O'tar Kunim,O'tmoqda Umrim,
Vaqt To'xtamas,Hoh Kelsa O'lim,
Yer ham to'ymas,Bitta Man Bilan,
Bizdan Oldin O'tganlar Qancha,
Qancha Ketar Yana Yulduzlar,
Trikmizku,Urmoqda Yurak,
Vaqtimiz Bor,O'ylab Ko'rgani,
O'ylab-O'ylab Yetolmaganim,
Ibodatda Bo'ldimmi Sobit?
Tayyormanmi..?Qiyomat Kunga?

Qayd etilgan


Abdulloh_8800  30 Mart 2012, 10:28:15

bir tanishim bor edi. Unga juda bog'lanib qolgandim. Lekin taqdir ekan Allohni xoxshi bilan rossiyaga ishlagani ketdi. Undan habar olish uchun telefon qilaman deb bugun ertaga deb oradan ancha vaqt o'tib ketdi. Bir kuni  bir jiyanim aytdi: aka do'stingiz rossiya ko'chalarida velosipedda sayr qilib yurganda avtohalokatga uchrab vafot etibdi. Men bu gapdan shokka tushib qoldim. Uni qayta o'ligini ham tirigini ham ko'rmasligimni, u omonatini topshirganligini va men ham bir kuni topshirishimni tushindim. 3 kun o'zimga kelmadim va Allohga hamd aytdim chunki bu ish menga ibrat, eslatma ekanligini angladim va to'xtatgan namozimni qoim qilishga harakat qila boshladim. Angladimki hech qanday muhabbat Alloh va rosuliga bo'lgan muhabbatga teng bo'lmasligini hatto ota ona, farzandga ham haddan ziyod muhabbat qo'yib bo'lmasligini. Chunki birimiz oldin birimiz keyin o'lamiz. Avliyolar dunyoni go'zal qizga qiyoslashgan ekanlar. Sen unga qancha intilganing sari u sendan shuncha uzoqlashar ekan. Neksiyaga yetsang kaptiva ko'zinga ko'rinar va hayotningni dunyo matosiga almashtirib yuborar  ekansan. Lekin ba'zilar moskvichga qanoat qilib, oilasi dasvrasida o'tirib, farzandiga dindan ta'lim berib, musulmon birodaridan habar olib umrni yaxshi ishlarga almashtiradi. O'ylab ko'ring biz shu ikki kishidan qaysi birisimiz?

Qayd etilgan


muxlisa  30 Mart 2012, 16:35:12

Neksiyaga yetsang kaptiva ko'zinga ko'rinar

shu joyini Forumchilar aforizmiga ko'chirib qo'yish kerak ekan... (yaxshi mulohaza demoqchiman)

Qayd etilgan


UzMuslim  30 Iyul 2012, 19:07:55

Ey Inson Nega Hursandsan, Nega Shoshilmaysan Huddi Abadiy Yashaydigandek,yoki Jannat Va’da Qilinganidek, Nega Dunyo ishlariga Joning Tikasan-u, Ibodat Paytida Sustkashan juda.Namozni bo’shasam o’qiyman Deysan, Nega Boshlig’ing ishin kechkiktirmaysan..? Nega Dunyo Lazzatiga To’yayin deysan-u, Ohirat Azobin unutib Qo'yasan..? ©

Qayd etilgan


Ansora  17 Noyabr 2012, 13:15:55

 :asl3:

G'azza olovlar ichida, G'azza yonmoqda, gunohsiz insonlar o'lmoqdalar, "o'lmoq" so'zi judayam qo'pol so'zday nazarimda. Rabbim ularni shahidlik martabasiga yuksaltsin iloyim...

Shu kichkina qizloqning nima gunohi bor edi, ayting? Musulmonlar, ayniqsa Arab o'lkalari nimaga "to'hta" demaydilar bu baloga,,,,ichimni tirmalaydi har xil o'ylar, javobsiz savollarim ko'payaveradi...

Barmogim kesildi, achishi 3-4 kun davom etdi, qizaloq esa tamoman kuygan, uning dardini his qilish mumkinmi?

Shirin qizaloq, hozir sen farishtaday samolarda uchayabsan inshalloh....
Birlik, barobarlik so'zi biz Musulmonlar uchun yotday, begonaday, lug'atlardan chiqarib yubordikmi yoki...

Hech bo'lmasa duolarda bir bo'laylik din qardoshlarim....bir-birimiz uchun, Falastin, G'azza, Suriya uchun...



Ozimga savol:

Din qardoshlaring uchun necha marta qol ochib duo qilging?

Din qardoshlaringni bombalar yoq qilar ekan, sening hech ishtahang kesildimi, yoki  eslashga vaqting bolmadimi?

Savollar, savollar...

Qayd etilgan


Ansora  21 Noyabr 2012, 14:47:18

 :asl3:

7 kundir davom etmoqda bu azob, Musulmon bo'lganliklari uchungina boshlariga bombalar yoqmoqda...

O'lganlar soni 146, 35ga yaqini bola, 1.100 yarador...

Bularni oqir ekanman, qo'lim oyogim o'zidan o'zi boshalyabdi, hamma narsa bo'shday go'yo...

Onaman, uy bekasiman, ovqat qilish kerak, bolamga qarashim kerak, yaqinlarimga kulimsirashim kerak, hayot davom etmoqda, lekin miyamning hech kimga ko'rinmagan qismida "ular"...qonga belanganlar, bir oyog'i, bir qo'li yo'qlar, xuddi qassobdagi go'shtday parchalangan tanalar...

Kechalari uyqum qochmoqda, o'zimni boshqa narsalarni o'ylashga majburlamoqdaman, bo'lmasa butun kecha yig'lab, har xil xayollar bilan uyqusiz qolib, boshim ogrishi, ertasi kun esa ayollik, onalik, kelinlik vazifalarimni bajara olmasligim aniq, ilgariyam boshimga kelgandi chunki.....

Bumi mening bahonam? Ularni o'ylamaslik, ular bilan birga dard tortmasligim uchun bular bahona bo'la oladimi? Bilmadim, bilmadim....

Bugun yana qaradim u sahifalarga, qo'llarim titrab, yuragim zirqirab....

Hayhot, men qarashga zo'rg'a kuch topgan manzaralarni yoshlar, bolalar birma bir yashashmoqda. Odam bolasining joni har xilmi? Ya'ni men chiday olmayman, lekin ularning ko'zlari o'rganib ketdimi yoki?

O'zim bilan solishtiraman albatta, men nima qilardim, men bo'lsam nima derdim, deb....Pichoqni avval o'zingga ur, og'rimasa birovga....

Xabarlarni korib turib, o'ylanib qolyabman, Musulmonlar bir-biriga shuncha dard-alam chektirganda kofirni qilgani nima bolibdi? Oz farzandini oldirgan otani aytaymi, oz yaqinini puli uchun baloga giriftor qilgan Musulmonnimi?

Yuragim judaam qattiq arazda...

Qaytarib aytaman, yuragi yomonlar kormasin:

http://www.timeturk.com/tr/2012/11/20/yuregimiz-gozumuz-gazze-de-dakika-dakika.html

Qayd etilgan


Ansora  18 Dekabr 2012, 15:14:37

 :asl3:

Qish keldi, deguncha nimagadir bolaligimni eslayveraman. Tunov kuni uyda kichkina remont bor edi, biroz bo'yoq ishlatdik, "remontcha" oshxonada bolganligi uchun gaz yonishi bilan, bir paytlar, men hali 12-13 yoshlarimdagi hidni olib keldi dimog'imga....

Mana osha hid, meni bolalimidagi qattiq qish kunlaridan biriga olib ketgan hid...

Tashqarida qor bor, uyimiz esa issiq va qurimoqda bolgan boyoqlarni hidi dimoqingizga uriladi, biroz nafas olishingiz qiyinlashadi, lekin biroz vaqt otgandan keyin organib qolasiz...

Maktabda sinfkom edim, nimadir bolib ba'zi qizlar menga qarshi hujum uyurshtirishgandi. Bu menga judayam tasir qilib, ulardan arazlagan va maktabga bormasik uchun onamga "kasalman" deb bahona qilgandim:) qizlarni orasida eng yaqin, do'stim, deb bilgan qizning borligi meni "yiqitgandi"...

Uydaman, bo'yoq hidlarini hidlab, yuqori qavatdagi yotoqxonada kitob titkilab otirgandim, birdan "sinf rahbaring keldi qizim, pastga tush" deb qoldilar onaginam...

Hayron boldim avvaliga, keyin ular bilan korishib, boshimni egib turaverdim. Sinf rahbarimiz Bibigul Sansizbayevna (Qozoq ayol, praktikant edi)ning menga qilgan pand-nasihatlarini tingladim. "Sen a'lochi qizsan, unday qizlarni gaplarini qulogingga olma, sen oqishingni oyla" dedilar....

Demak, inson bolasi 7 yoshida qanday bolsa, 70 yoshida ham shu ekan:) sut bilan kirgan, jon bilan chiqarkan...Haliyam shuman, tez arazlayman va eng asosiysi yaqinim, deb bilgan insonlarimni menga qarshi "hujumlari" meni "yiqitadi"...


Qayd etilgan