Kitob o'qish kimga yoqar...  ( 35876 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 8 B


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:15:28

Otabek:

Assalomu alaykum, forumchilar!
Hozirgi kunda kutubxonalarda kitob o'qiyotganlarning, kitob olayotganlarning va kitob ushlab yurganlarning safi nihoyatda siyrak ekanligi ham achinarli holat. Kelinglar, kitob o'qishga bo'lgan qiziqishning nimaga susayib ketganligi sabablari va yechimini izlab ko'ramiz. ::)

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:15:39

AbdulAziz:

Bunga sabab, TV, Radio, Internet!!!

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:15:50

Otabek;

Yana...
Maktabda bir tarix o'qituvchimiz o'quchilarga savol bergach, javoblarimizni eshitib :"Yana...Yana..", deb so'rardilar... ;D
Yana qanday sabablar?
Forumning boshqa a'zolari qayerda qoldi? ::)

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:16:04

Shohista:

Assalomu alaykum.
Tori, hozrigi kunda kitob oqish yoshlani orasida keskin kamayib ketvotti. Lekin bu degani hamma emas, abutirentla albatta kitob oqishga majburu :D
Lekin deyali kam bunga sabab, Man ham Davrn akani gaplariga qoshilaman Tv, radio internet.... asosiy sababladan bittasi

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:16:15

Mohinur;

Wa alaykum assalom!
Shohistani gaplarida jon bor!
Mana misol, Kumushbibi opa!
Ularga mani rosa xavasim kelyapti. O`zlari AQSHda bo`lsalar ham bizdagi kitoblarni, she'rlarni topib qidiryaptilar. O`zlari juda ko`p kitob o`qirkanlar.

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:16:38

samo:

ЭНГ асосий сабаб
Миллатнинг рухияга мос
эхтиёжга кура КИТОБ деярли йук!!!

хар тарафлама сифатли китоб булса эди укишар эди.



Хар ким хам (тугриси жуда кам инсон) куръон ва хадисдан тулик маъно(хар тарафлама )
ола олмайди. Чунки хар кимни колипи хам бундай юкни кутараолмайди.
оддий мисолда тушунтирсак 1 литрлик идишга 1 литр нарса сигади. 1000 литрликка узига яраша
биз каби оддий (хозир хамма "интеллектул жужа" :) ) одамларга колипига тугри келадиган
асарлар жуда кам деярли йук. Натижада миллат жахолат узра худди парвоз килаётгандай.
Пилот каби пастга шунгигандан сунг узини унгласа керак.

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:16:51

Noza;

Salom!
Man ham kitob o'qishni o'lgiday yomon ko'raman.
Hozirgi kunda Tv, Radio, Internet turganda kim ham kitob o'qirdi.
Bu xaqiqat! Buni tan olmaslikka iloj yoq.
Lekin 9 sinfdaligimda Said Axmadning "UFQ" kitobini o'qigandim,
o'qib bu kitobga yahshi ma'noda "jinni bo'b qoldim".
Juda juda zo'r kitob ekan.
Yaqinda shu kitobni yana bir bor o'qidim. Rostini aytsam bu kitobni o'qib mazza qildim.
Juda ta'sirli yozilgan.
Yana bir kitob bor.
Tohir Malik ning "Alvido bolalik" kitobu.
Bu kitobga ham gap yoq.
Kollejda 1 kursdaligimda o'qigandim.
O'shanda o'qib bo'lgan kunim bir dugonam mandan bu kitobni so'radi.
Unga bergan kunim bir umuman o'qishga qiziqishi yoq, umrida popka ko'tarmagan, kitob o'qimagan kursdosh bola bu kitobni 1- betini o'qidi.
O'qib dugonamdan olib qo'ydi. "Man o'qiman, keyin san o'qisan" deb.
Shushu u har kuni kelib darsga quloq solmasdan shu kitobni o'qirdi.
Ishonsangiz u kitobni 1 haftada o'qib bo'ldi.
O'zi ham bu holga hayron qoldi.
   

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:17:03

AbdulAziz;

Wa alaykum salom!
Agar siz kitob o`qishni yomon ko`rar ekansiz, demakki, juda ko`p ma'naviy ziyodan bebahra ekansiz. TV, radio internet bera olmagan zavqni aynan kitobdan olishingiz mumkin. Kitob har doim yo`ldoshingiz bo`lishi mumkin. U vaqt, joy, imkoniyat talab qilmaydi. Hohlagan paytda ochasizu o`qiyverasiz. Ota-bobolarimizning jahon fan olamida erishgan yutuqlariningf eng asosiy sababi ham kitob edi. Ularda ham bizdaka kalla, bizdaka aql bo`lgan. Lekin ular o`z aqllarini muvozanatga sola olganlar. Ikkinchidan ular o`zlarining qimmatli vaqtlarini texnikaning ulkan mo`jizalariga sarflamaganlar (bizga o`xshab hatto referatlarni ham inetdan skachat qilib olmaganlar), o`zlari ustlarida qattiq ishlaganlar. Hatto kechalari oyning yorug`ida bo`lsa ham kitob o`qiganlar.
Biz-chi? Kitob o`qishni o`lgiday yomon ko`ramiz deymiz-u, net-cafega chiqaib bema'ni chatlashamiz. Bundan kimga va nimaga foyda? Undan ko`ra shu bekor ketgan vaqtning o`rniga 10 har kuni 10 betdan kitob o`qib, uni o`zimizga singdirib olsak boirmi, qarang o`n kunda 100 bet, bir oyda 300 bet, bir yilda 3650 bet. Shu o`tirgan internetimiz, radio, TVmiz bizga shuncha ilm bera oladimi?

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:17:13

Noza:

 AbdulAziz! Gapizga qo'shilaman kitob TV, net bermagan narsalarni bera oladi. Lekin "u vaqt, joy , imkoniyat talab qilmaydi" degan gapingizga qo'shila olmayman

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:17:25

Shahina:

Nega endi Internet Abdulaziz etkanlaridek, vaqt joy imkoniyat talab qiladi. Chunki undan hamma joydayam foydalanurmisiz, kitoppi hamma joyda o`qisez bo`vuradi. Kitob joy talab qimiydi, doimo yonizda olib yururasiz, internetti ko`tarib yururmisku! Hammada internetga imkoniyat yo`q, Kitobga hammada imkon bor!

Qayd etilgan