AbdulAziz;
Wa alaykum salom!
Agar siz kitob o`qishni yomon ko`rar ekansiz, demakki, juda ko`p ma'naviy ziyodan bebahra ekansiz. TV, radio internet bera olmagan zavqni aynan kitobdan olishingiz mumkin. Kitob har doim yo`ldoshingiz bo`lishi mumkin. U vaqt, joy, imkoniyat talab qilmaydi. Hohlagan paytda ochasizu o`qiyverasiz. Ota-bobolarimizning jahon fan olamida erishgan yutuqlariningf eng asosiy sababi ham kitob edi. Ularda ham bizdaka kalla, bizdaka aql bo`lgan. Lekin ular o`z aqllarini muvozanatga sola olganlar. Ikkinchidan ular o`zlarining qimmatli vaqtlarini texnikaning ulkan mo`jizalariga sarflamaganlar (bizga o`xshab hatto referatlarni ham inetdan skachat qilib olmaganlar), o`zlari ustlarida qattiq ishlaganlar. Hatto kechalari oyning yorug`ida bo`lsa ham kitob o`qiganlar.
Biz-chi? Kitob o`qishni o`lgiday yomon ko`ramiz deymiz-u, net-cafega chiqaib bema'ni chatlashamiz. Bundan kimga va nimaga foyda? Undan ko`ra shu bekor ketgan vaqtning o`rniga 10 har kuni 10 betdan kitob o`qib, uni o`zimizga singdirib olsak boirmi, qarang o`n kunda 100 bet, bir oyda 300 bet, bir yilda 3650 bet. Shu o`tirgan internetimiz, radio, TVmiz bizga shuncha ilm bera oladimi?