Assalamu alaykum.
Bugungi kunda ko'pchilik kishilar, kitob o'qishmaydi, lekin hamma ham emas, albatta. Agar ota-onani o'zi kitobni kam o'qisa, farzand qanday qilib kitobga muhabbatli bo'la oladi.
Bir maruzada eshitgandim...
"Bir dono kishi aytgan ekan, qani endi sarpolarga ham kitob solishni o'rgansak edi, oila mustahkamligiga erishgan bo'lar edik."
Yana bir ibratli iqtibos keltirmoqchiman, bolani kitobga muhabbatli qilib tarbiyalash lozim, bozorlar oralab yurib farzandlarimizni kiyim-boshlariga 50ming so'm sarflayotganizda, kitob uchun 5ming so'm sarflasak nima bo'ladi?!
Bolalikning yamoq kiyimda o'tgan chog'lari keyinchalik unut bo'lishi mumkin, lekin ma'naviy ozuqasiz o'tgan paytlarini to'ldirish qiyin bo'ladi.