Kitob o'qish kimga yoqar...  ( 53857 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B

Iroda  11 Avgust 2007, 16:46:26

-Yaqinda O'. Hoshimovning "Ikki eshik orasida" kitobini oqidim, bu kitob haqida judayam kop eshitgandim lekin oqishga imkon bolmagandi. Judayam qizziq va ibratli kitob desa boladi.

Qayd etilgan

lolo  16 Avgust 2007, 05:54:48

O'. Hoshimov "Ikki eshik orasi"
bu kitob mani eng yaxshi ko'rgan kitobimdir, rosa zo'r yozilgan, voqealar huddi o'z boshimdan o'tvatgande tuyulgandi... dahshat...

Qayd etilgan

Robiya  20 Avgust 2007, 13:26:27

-Yaqinda O'. Hoshimovning "Ikki eshik orasida" kitobini oqidim, bu kitob haqida judayam kop eshitgandim lekin oqishga imkon bolmagandi. Judayam qizziq va ibratli kitob desa boladi.
O'.Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" kitobini ham o'qib ko'ring,sizga yoqadi.Yumor orqali turmushning achchiq haqiqatlari bayon qilingan.

Qayd etilgan

ihlosa  12 Iyun 2009, 23:58:29

O'tkir hoshimovning "daftar hoshiyasidagi bitiklar " eng sevimli kitoblarimdan biridir kitobdagi har bir bitikda hayotning ma'no mazmuni uchratib baho bershingiz mumkin

Qayd etilgan

Kumush  13 Iyun 2009, 08:49:21

Gabriel Garsiya Markesning "Yolg'izlikning yuz yili", "Oshkora qotillik qissasi" nomli asarlari  insoniyatning eng yetuk tafakkur cho'qqisiga yetgan kitoblar deb o'ylayman.Bir o'qib ko'ring a?

Qayd etilgan

siddiqa  14 Iyun 2009, 01:15:52

Albert kamyuning Begona asari boshida zerikarli tuyulgandi ,lekin ohirida hamma narsaga ,his tuyg'ularga ham begona deb topilgan inson taqdiri ,qop qorong'u qamoqhonadagi o'ylar ......judayam tasir qildi .

Qayd etilgan

imlaah  14 Iyun 2009, 04:41:10

Gabriel Garsiya Markesning "Yolg'izlikning yuz yili", "Oshkora qotillik qissasi" nomli asarlari  insoniyatning eng yetuk tafakkur cho'qqisiga yetgan kitoblar deb o'ylayman.Bir o'qib ko'ring a?

Chindan shunday o'ylasangiz insoniyyat tafakkuri haqida tor fikrlaydiganga o'hshatdim negadir.Tafakkur aslida nima ?Insonning tafakkuri aslan qanday seziladi.Bir o'ylab ko'ring..

  P.S.Yuqoridagi kitoblar chindan yahshi yozilgan....

Qayd etilgan

Kumush  14 Iyun 2009, 16:51:47

Assalomu alaykum  forumdoshim.Postlaringizni o'qib, qachondir Alloh nasib etgan kun siz bilan fikr almashaman deb dilimga tugib quygandim.Shukrkim mana niyatimga yetdim :D
Kimdir o'tirgan joyida tafakkur orqali dunyoni narigi chekkasini ko'radi.Kimdir devor bo'lmasa ko'chani ko'ra oladi holos.Va bu o'rinda siz mutlaqo xaqsiz!Axir bu asarlari uchun Markesga Nobelni bekorga berishmagandir deb siz bilan munozaraga kirishib ketishim mumkin, lekin amalda o'zim ham xech narsaga tushunmayman.Xaqiqatda o'sha kitobni har safar o'qiganimda Markes nima demoqchi bo'lganini to'liq anglayolmayman.
Tafakkur aslida nima?
Menimcha tafakkur borliq va uning yaratuvchisini anglashda.Yana kim biladi deysiz?
O'yladim...
Hozir ham shuni o'ylab o'tiribman.
Ikki soatdan beri tinmay o'ylayapman.Hali ko'p o'ylayman.Balki yillab o'ylarman...

Nimanidir tushungandek bo'ldim.Meni o'ylashga majbur qilgan birodarimning tafakkuri menikidan yuqori ekanini sezib qoldim...
Nimayam derdim Alloh rozi bo'lsin sizdan!

P.S.Bunaqa ochiqdan ochiq tan olib yozishlik sizga sodda mug'ombirlikdek ko'rinib qolish ehtimoli bor bo'lsada, har nechuk dilimdagi gaplarim edi.

Qayd etilgan

imlaah  15 Iyun 2009, 02:01:42

Gabriel Garsiya Markesning "Yolg'izlikning yuz yili", "Oshkora qotillik qissasi" nomli asarlari  insoniyatning eng yetuk tafakkur cho'qqisiga yetgan kitoblar deb o'ylayman.Bir o'qib ko'ring a?

Chindan shunday o'ylasangiz insoniyyat tafakkuri haqida tor fikrlaydiganga o'hshatdim negadir.Tafakkur aslida nima ?Insonning tafakkuri aslan qanday seziladi.Bir o'ylab ko'ring..

  P.S.Yuqoridagi kitoblar chindan yahshi yozilgan....

P.S.Bunaqa ochiqdan ochiq tan olib yozishlik sizga sodda mug'ombirlikdek ko'rinib qolish ehtimoli bor bo'lsada, har nechuk dilimdagi gaplarim edi.

Va alaykum assalam.
Singlim javobingiz uchun rahmat.Lekin ohirgi fikringiz noo'rin bo'libdi.Men hali sizning fikringizni o'qib unga javob yozmasimdan avval nima deb o'ylashim haqida o'zingizcha hulosa qilishingiz biroz noto'g'ri.

P.P.S:Донолар дебдиларким: снг кам баҳслашувчилар снг оқил муаллимлардир.

Qayd etilgan

Muzayyana  25 Iyun 2009, 15:17:10

Assalamu alaykum.
Bugungi kunda ko'pchilik kishilar, kitob o'qishmaydi, lekin hamma ham emas, albatta. Agar ota-onani o'zi kitobni kam o'qisa, farzand qanday qilib kitobga muhabbatli bo'la oladi.
Bir maruzada eshitgandim...
"Bir dono kishi aytgan ekan, qani endi sarpolarga ham kitob solishni o'rgansak edi, oila mustahkamligiga erishgan bo'lar edik."
Yana bir ibratli iqtibos keltirmoqchiman, bolani kitobga muhabbatli qilib tarbiyalash lozim, bozorlar oralab yurib farzandlarimizni kiyim-boshlariga 50ming so'm sarflayotganizda, kitob uchun 5ming so'm sarflasak nima bo'ladi?!
Bolalikning yamoq kiyimda o'tgan chog'lari keyinchalik unut bo'lishi mumkin, lekin ma'naviy ozuqasiz o'tgan paytlarini to'ldirish qiyin bo'ladi.

Qayd etilgan