Muallif Mavzu: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar  ( 21768 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

muxlisa

  • Mehmon
 :asl3:

Forumdoshlar o'z bolajonlari yoki jiyanchalari haqida doimiy odatlari, har kungi qiziq qiliqlari haqida yozib borsalar....

"Biz bilmagan porumchilar"da o'zimiz haqimizdagi faktlardan to'yib yozdik, boshqalarni rosa to'ydirdik :7 Endi kichkina odamchalar haqida yozib-o'qib mazza qilib to'ysak, degandim...

+

Bolalar tabiati, ularning ruhiy dunyosi, fikrlash doirasi, tushuncha o'lchovlari haqinda yozmoqchi bo'lgan yozg'uvchilar bo'lsa ham marhamat!:)

Shaxshiy fikrlar aybga buyurilmaydi:)
« So'nggi tahrir: 04 Fevral 2012, 18:10:28 muallifi Zeynab »

muxlisa

  • Mehmon
Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
« Javob #1 : 02 Fevral 2012, 13:54:53 »
Mashxur bir tabiyachini aytishicha, bolalar hayot gullari, ammo bu gullarni ochilib-yoyilib ketishga yo'l qo'ymaslik kerak ekan.
Bola aziz, odobi undan aziz degan gapga to'g'ri kelarkan...

Bolduin degan kishi esa bolalar haqida shunday degan ekan: "Bolalar xech qachon kattalarning gapiga kirishmagan, lekin doimo ularga taqlid qilishgan".
....


Muhammad Sanjar

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 618
  • -oldi: 515
  • Xabarlar: 315
  • Jins: Erkak
  • Carpe Diem
Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
« Javob #2 : 12 Fevral 2012, 14:07:02 »
Yoz oylari edi, oila a'zolarimiz bilan birga o'tirgandik, endigina yurishni boshlagan jiyanim bizga bir narsala gapirgancha yonimizga kela boshladi, yo'liga qarame yurayotgani uchun qoqilib ketmasin dib, "Oyog'izi tagiga qaren" digandim, 1 yashar jiyanim O'zbek tili frazeologiyasidan hali xabari yo'qligini bildirib qo'ydi, shunde yurishdan to'xtadiyu, o'tirvolib oyoqchalarini tagini qarey boshladi..
"Yo'lizga qaren" digan ma'noda aytgan gapimi tushunme oyog'ini ushlab, hayron qarab o'tirgan jiyanimi ko'rib maza qilib kulgandim..
« So'nggi tahrir: 26 Mart 2014, 00:26:12 muallifi Muhammad Sanjar »
Everything that happens once can never happen again. But everything that happens twice will surely happen a third time.. (Arabic proverb)

Rahmatnoma


muxlisa

  • Mehmon
Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
« Javob #3 : 13 Fevral 2012, 15:09:05 »
Demak, bolajonlar haqidagi haqiqatlarning birinchisiga yozamiz:)

1. Bolalar so'zning asl ma'nosini tushunishadi. Ular majoziy ma'nodagi gaplarni, kinoyani to'ppa-to'g'ri qabul etishadi.


Forum mavzularidan ilhomlanib:) bolalarga atab kichik savollar to'plami tuzgan edim, javob yozmoqchi bo'lganlar o'zlarining hayot quvonchlari haqidagi faktlarni oshkor qilishlari mumkin, marhamat!

1.Bolangizning eng ko’p beradigan savoli?

2.Bolangiz qaysi o’yinchog’ini ko’proq yaxshi ko’radi?

3.Bolangizning eng yaxshi ko’rgan taomi?

4.Bolangiz nimani yomon ko’radi (yoki uning eng yomon ko’rgan narsasi(ishi)

5.Bolangizni eng yaxshi ko’rgan ishi yoki narsasi?

6.Bolagizni eng yaxshi ko’rgan kitobchasi?

7.Bolangiz nimaga mutaxassis? (Ya’ni uning eng yaxshi qiladigan ishi, uddasidan chiqaradigan ishi)

8.U nimadan qo’rqadi?

9.Bolangizning sevimli miltiki?

10.Bolangizni laqabchasi bormi? (erkalatib nima deb chaqirasiz?)


O'z savolingizni qo'shishingiz ham mumkin...

Rahmatnoma


Muhammad Sanjar

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 618
  • -oldi: 515
  • Xabarlar: 315
  • Jins: Erkak
  • Carpe Diem
Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
« Javob #4 : 17 Fevral 2012, 00:12:14 »
...
8.U nimadan qo’rqadi?
...

Bu savolni o'qishim bilan katta jiyanim ko'z oldimga keldi. Hozirda 6 yoshga kirgan jiyanim, nimagadir yaqin-yaqingacha ham bo'ridan qo'rqardi.
Biznikiga kelganda bo'rini bu yaqin atroflarda umuman yashamasligini aytib, tushuntirish ishlari oborardim, bo'rini ko'rmagan qizchani kallasiga bu hayvon qayodan keganikin deb o'ylardim.
Hozir bu qo'rquvini tashladi, lekin ba'zi-ba'zida eslab turadi.
Everything that happens once can never happen again. But everything that happens twice will surely happen a third time.. (Arabic proverb)

muxlisa

  • Mehmon
Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
« Javob #5 : 17 Fevral 2012, 18:10:31 »
Qo'rquv  - bu insonga berilgan tuyg'u.  Bolalardagi qo'rquv qanday bo'lishi haqida Detskie uroki saytida yaxshi ma'lumot berilgan ekan, shuni e'tiborilaga havola qilsam.

2.Bolalar doim nimadandir qo’rqishadi.

Birinchidan, bola yolg’izlikdan qo’rqar ekan. Ota-onasning yonida bola o’zini xotirjam sezadi, chunki u himoya ostida ekanligini biladi. Qachon ota-onasi oldidan ketsa, bola darrov o’zini ximoyasiz his qila boshlaydi. Yolg’iz qolish uni asabiy va juda ta’sirchan bo’lishiga sabab bo’ladi..

 8-10 oylik bola notanish, begona odamlardan qo’rqar ekan. Bunday yoshdagi  bolalarda  beixtiyor qo’rquv sababli notanish odamlar unga yomonlik qilishi mumkin deb o’ylar ekan. Shuning u-n bola begona odamni ko’rganida, onasini pinjiga tiqilib yig’lar ekan.

Taxminan, 3-5 yoshlardagi bolalar ertak personajlaridan qo’rqishni boshlar ekan. Bola bu personajlar qanday ko’rinishga ega va o’zidan qanday xavf-xatar chiqarishini bilishmaydi va undan havsirash paydo bo’ladi. Bu xil qo’rquv sababchilari, bolani yalmog’iz kampir va x.z. personajlardan qo’rqitadigan ota-onalarning o’zlaridir. 5 yoshgacha bolaga tushunarli va ijobiy adabiyotlarni tanlagan ma’qul ekan.

Maktab yoshigacha bolalar o’lim oldidagi qo’rquvni his etisharkan. Ko’pincha bunday qo’rquv, dahshatlar, kasal bo’lib qolish qo’rqinchi, tabiiy ofatlar qo’rqinchi singari qo’rquvlar orqali ifoda etilarkan. Taxminan, shu yoshdagi bolalar, kasalxona va shifokorlardan qo’rqishadi, negaki ular qandaydir ko’rinmas yo’l orqali o’lim bilan bog’liqdir.
Shu sababdan bolani kasalxona va do’xtirlar bilan qo’rqirish mumkin emas. Yaxshisi bolaga qilinadigan barcha ishlar uning sog’lom va kuchli bo’lib o’sishiga sabab bo’lishini tushuntirish kerak.

Yetti yoshli bolalar ota-onasini yo’qotib qo’yishdan qo’rqishar ekan. Go’yo onasi yo’q bo’lib qolsa, u  Yer yuzida yolg’iz qolib ketayotgandek tuyular ekan. Va yana yolg’izlik qo’rquvi…


Maqola oxirida, bolani qo’rqmaslikka o’rgatish uchun, unga doimo shirin gapirish, ota-onasi uni juda yaxshi ko’rishini, doim u bilan bo’lishini va xecham tashlab ketmasligini ko’p-ko’p aytib turish kerekligi haqida aytilibdi.
 


« So'nggi tahrir: 17 Fevral 2012, 18:33:09 muallifi Zeynab »

amir.temur

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 25
  • -oldi: 35
  • Xabarlar: 70
  • Jins: Erkak
Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
« Javob #6 : 20 Fevral 2012, 15:15:24 »
  Bolajonlarni biram yaxshi ko'raman. Pulim ko'p bo'lsa bitta xususiy bolalar bog'chasi bilan xususiy maktab ochaman inshalloh :)
   Mani qizim 1-sinfga maktabga boradi. Yo'l uzoq bo'lgani uchun har safar uni olib kelgani uyimizdan yoshi kattaroq biror kishi boradi. O'zbekistonga borganimda o'zim olgani bordim. Velosipedda qaytishni yaxshi ko'ragani uchun velosipedda borgandim. Qaytishda qizimga:
- Qizim, endi man yo'llarni bilmayman. O'zingiz endi uyga borishni ko'rsatib borasiz," -dedim.
- Siz maktabga kim bilan keldiz.
- Bir o'zim.
- Sizga unda maktabga kelish yo'lini kim ko'rsatdi.
- Ha, qizim, bir amallab topib keldim-da.
- Unda qanday kelgan bo'lsangiz, shunday qilib uyga olib ketasiz - degan.

   Bolalar juda aqlli bo'lishadi. Biz ularni bu bola, hech narsani bilmaydi deymiz-u, ular bizni "bola" qilib tashlashadi. Eng muhimi, ularni aldamaslik kerak ekan.
Biz kim - mulki Turon, amiri Turkistonimiz, biz kim millatlarning eng qadimi va buyugi, turkning bosh bo'g'inimiz!
Biz ki Melik-i Turan, Emîr-i Türkistan'ız, Biz ki Türk oğlu Türk'üz; Biz ki milletlerin en kadîmî ve en ulusu Türk'ün başbuğuyuz!..

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
« Javob #7 : 01 Mart 2012, 14:36:14 »
Demak, bolajonlar haqidagi haqiqatlarning birinchisiga yozamiz:)

1. Bolalar so'zning asl ma'nosini tushunishadi. Ular majoziy ma'nodagi gaplarni, kinoyani to'ppa-to'g'ri qabul etishadi.


Forum mavzularidan ilhomlanib:) bolalarga atab kichik savollar to'plami tuzgan edim, javob yozmoqchi bo'lganlar o'zlarining hayot quvonchlari haqidagi faktlarni oshkor qilishlari mumkin, marhamat!

1.Bolangizning eng ko’p beradigan savoli?

2.Bolangiz qaysi o’yinchog’ini ko’proq yaxshi ko’radi?

3.Bolangizning eng yaxshi ko’rgan taomi?

4.Bolangiz nimani yomon ko’radi (yoki uning eng yomon ko’rgan narsasi(ishi)

5.Bolangizni eng yaxshi ko’rgan ishi yoki narsasi?

6.Bolagizni eng yaxshi ko’rgan kitobchasi?

7.Bolangiz nimaga mutaxassis? (Ya’ni uning eng yaxshi qiladigan ishi, uddasidan chiqaradigan ishi)

8.U nimadan qo’rqadi?

9.Bolangizning sevimli miltiki?

10.Bolangizni laqabchasi bormi? (erkalatib nima deb chaqirasiz?)


O'z savolingizni qo'shishingiz ham mumkin...



1. Hali gapirmagani uchun savol bermayabdi lekin aniq "ne?" nima desa kerak:)

2. Mashinalar, voydod, mashina jinnisi hamda poyezdi, hali yoshiga kattalik qilgani uchun relsdan chiqsa dod deyaverdi yigishtirib qoydim:)

3. Qovurilgan kartoshka, lekin kamdan kam beraman, zararli, deb. lekin uzun uzun qilib, dimlab saryogda qilaman shundayam:) sosiska, kolbasa- Osiyolik nima bolsayam:)

4. Himm, uyqusi kelgan oyoqda turishni, chidamay dod soladi, darrov uxlataman, keyin uyqusiga toymaganda uygonishni...uyqu judayam muhim biz uchun:)

5. Heee:) suv idishidan suvni stakanlarga boshatish, devorlarni suvlash, devorlarga rasm chizish- yani hamma zararli ishlar, ha keyin chomilish jonu dili:)

6. Hamma kitoblari yaxshi koradi, anchadan beri soginsin deb yashirgan joyimdan kecha sumkasini topib oldi, birdan dod deb qoldi, qarasam ogir sumkani tortiqlayabdi:) kitoblarini meni bezovta qilmay naq yarim soat "oqidi" :)

ozicha kuladimiyeyy:)

7. Qoyillatib oynaydi:) ayniqsa Kafkaz raqslariga, behazil:) bir multikda bor, shuni koraverib organib olibdi:)  (ota tarafi Kafkaz qon tortdi) katat bolsa inshalloh beramiz deb turibmiz shu raqsgayam, soglom bolsin...

8. Himm. mensiz qolishdan:( eshikni ochishim bilan dod....darrov yopishadi..

9. Peppe:)

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=ov0L7ki8K7k" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=ov0L7ki8K7k</a>


10. Tosun- novvos, ashkısı- sevgilim, pompili, dombili :) ponponli kelebek - ponpon- shu dumaloq yumshoq boladiyu shapkalarda shu:)


Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
« Javob #8 : 01 Mart 2012, 14:51:59 »
Bolaga yoshi kichkina, demasdan ish buyuring, unga ishoning. Oglim shuni qil, buni qil, desam biram xursand boladiki, uyalganday kulimsiraydi, keyin chopqillab ketadi:)

Humayro

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1374
  • -oldi: 1643
  • Xabarlar: 3130
  • Jins: Ayol
Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
« Javob #9 : 01 Mart 2012, 15:13:51 »
Mani jiyanim ham o'gliiz yoshida. boshqasiga ish buyursak ham u turib qiladi, rahmat aytib maqtab qo'ysang, o'zida yo'q xursand, boshinga kelib qarab turadi yoki shartta ovqati hali tugamagan likopchani yig'ishtirib ketadi.
hamma ovqatlanayotganda u xonani aylanib yuradi, kimi qanday narsasini topsa obkelib qo'liga tutqazadi (u paypoq bo'lishi ham mumkin, mob telefon ham unga farqi yo'q).

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
« Javob #10 : 01 Mart 2012, 15:17:38 »
Mani jiyanim ham o'gliiz yoshida. boshqasiga ish buyursak ham u turib qiladi, rahmat aytib maqtab qo'ysang, o'zida yo'q xursand, boshinga kelib qarab turadi yoki shartta ovqati hali tugamagan likopchani yig'ishtirib ketadi.
hamma ovqatlanayotganda u xonani aylanib yuradi, kimi qanday narsasini topsa obkelib qo'liga tutqazadi (u paypoq bo'lishi ham mumkin, mob telefon ham unga farqi yo'q).

Ayniqsa televizorni yoq, deng, undan baxtli odam yoq:)

Abdulhafizaka

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 707
  • -oldi: 965
  • Xabarlar: 587
  • Jins: Erkak
Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
« Javob #11 : 05 Iyul 2012, 00:25:17 »
Asalomu Alaykum, bolajonlrimiz-jannat rayhonlari, bu gaplar bejizga aytilmgan. 2 o'g'il 2 qizimiz bor Allohga shukur ularni hammasi har hil odat va qiliqlarga ega lekin hamma bolalarda birhil ehtiyoj bor bu ETIBOR ha bolani eng bahtiyor qiladigan narsa shirinlik yo o'yinchoq emas aynan etibor. Kichik qizcham bilan kunig mecha marotaba {bugun ko'rishmappizu} desam kelib ko'risha veradi bazan mendan burun o'zi shunaqa deb yugurib keladi. Biz kattalar ishga o'ralashib ularni unutib qo'yamiz.
Abadiy hayot haqida ko'p oyladim va chorasini topdim; Huddi mayin tong shabbodasi kabi hammaga barobar sahiylik bilan yahshilik qilish kerak ekan!

Aqoid

  • Bas, (ey insonlar va jinlar) Parvardigoringizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursizlar?!
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 1934
  • Xabarlar: 1529
  • Jins: Erkak
Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
« Javob #12 : 05 Iyul 2012, 08:25:32 »
Bizning farzandlarni qiziq odati bor. Ayasini senlab, meni sizlab gapiradi.
Tavofi baytul Halil kori osonast
Tavofi baytul Jalil kori mardonast

Муслимшухрат

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 45
  • -oldi: 152
  • Xabarlar: 102
Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
« Javob #13 : 05 Iyul 2012, 13:16:38 »
Bizning farzandlarni qiziq odati bor. Ayasini senlab, meni sizlab gapiradi.

  Qonida borda-a, qonida . Hapa bòmaysilarda endi. :D

Muzayyana

  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 269
  • -oldi: 756
  • Xabarlar: 1010
  • Jins: Ayol
  • Alhamdulillah Ya Rabbil A'lamiyn!
Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
« Javob #14 : 05 Iyul 2012, 15:20:36 »
Mani qizim yaqinda bir yarim yosh buladi. Man uy ishlari bilan band bulaman, u buvisi bilan kup vaqtini utkazadi. Tasbehni oladi deguncha "la-la" diydi. Namoz uqiyotgan odamni kursatadida yana shu la diydi. Bolalar uta tez qabul qiladi va yaxshi yodda saqlidi.
qalamlar ko'tarilgan...sahifalar qurigan...


 

HAYVONLAR HAQIDA HAYRATLI HAQIQATLAR

Muallif HumayroBo'lim Fotogallereya

Javoblar: 32
Ko'rilgan: 14082
So'nggi javob 08 Dekabr 2011, 14:38:39
muallifi Humayro
Islomiy kitoblar haqida

Muallif Abu MuslimBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 11734
So'nggi javob 28 Sentyabr 2007, 19:12:49
muallifi Muhammad Amin
Ota-onalarimiz haqida she'rlar

Muallif KumushbibiBo'lim She'riyat

Javoblar: 78
Ko'rilgan: 303163
So'nggi javob 24 Mart 2013, 06:33:47
muallifi muzaffar.uz92@yahoo.com
G'ijduvon haqida ensiklopediyalarda

Muallif MohinurBo'lim Buxoro viloyati

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 10535
So'nggi javob 05 Iyul 2009, 17:03:30
muallifi MSJON
Kogon shahri haqida ensiklopediyalarda

Muallif MohinurBo'lim Buxoro viloyati

Javoblar: 9
Ko'rilgan: 14130
So'nggi javob 30 Aprel 2013, 16:45:52
muallifi levdeo