Jamiyat va inson > Oila va jamiyat

Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar

Sahifalar: (1/8) > >>

muxlisa:

 :asl3:

Forumdoshlar o'z bolajonlari yoki jiyanchalari haqida doimiy odatlari, har kungi qiziq qiliqlari haqida yozib borsalar....

"Biz bilmagan porumchilar"da o'zimiz haqimizdagi faktlardan to'yib yozdik, boshqalarni rosa to'ydirdik :7 Endi kichkina odamchalar haqida yozib-o'qib mazza qilib to'ysak, degandim...

+

Bolalar tabiati, ularning ruhiy dunyosi, fikrlash doirasi, tushuncha o'lchovlari haqinda yozmoqchi bo'lgan yozg'uvchilar bo'lsa ham marhamat!:)

Shaxshiy fikrlar aybga buyurilmaydi:)

muxlisa:

Mashxur bir tabiyachini aytishicha, bolalar hayot gullari, ammo bu gullarni ochilib-yoyilib ketishga yo'l qo'ymaslik kerak ekan.
Bola aziz, odobi undan aziz degan gapga to'g'ri kelarkan...

Bolduin degan kishi esa bolalar haqida shunday degan ekan: "Bolalar xech qachon kattalarning gapiga kirishmagan, lekin doimo ularga taqlid qilishgan".
....



Muhammad Sanjar:

Yoz oylari edi, oila a'zolarimiz bilan birga o'tirgandik, endigina yurishni boshlagan jiyanim bizga bir narsala gapirgancha yonimizga kela boshladi, yo'liga qarame yurayotgani uchun qoqilib ketmasin dib, "Oyog'izi tagiga qaren" digandim, 1 yashar jiyanim O'zbek tili frazeologiyasidan hali xabari yo'qligini bildirib qo'ydi, shunde yurishdan to'xtadiyu, o'tirvolib oyoqchalarini tagini qarey boshladi..
"Yo'lizga qaren" digan ma'noda aytgan gapimi tushunme oyog'ini ushlab, hayron qarab o'tirgan jiyanimi ko'rib maza qilib kulgandim..


muxlisa:

Demak, bolajonlar haqidagi haqiqatlarning birinchisiga yozamiz:)

1. Bolalar so'zning asl ma'nosini tushunishadi. Ular majoziy ma'nodagi gaplarni, kinoyani to'ppa-to'g'ri qabul etishadi.


Forum mavzularidan ilhomlanib:) bolalarga atab kichik savollar to'plami tuzgan edim, javob yozmoqchi bo'lganlar o'zlarining hayot quvonchlari haqidagi faktlarni oshkor qilishlari mumkin, marhamat!

1.Bolangizning eng ko’p beradigan savoli?

2.Bolangiz qaysi o’yinchog’ini ko’proq yaxshi ko’radi?

3.Bolangizning eng yaxshi ko’rgan taomi?

4.Bolangiz nimani yomon ko’radi (yoki uning eng yomon ko’rgan narsasi(ishi)

5.Bolangizni eng yaxshi ko’rgan ishi yoki narsasi?

6.Bolagizni eng yaxshi ko’rgan kitobchasi?

7.Bolangiz nimaga mutaxassis? (Ya’ni uning eng yaxshi qiladigan ishi, uddasidan chiqaradigan ishi)

8.U nimadan qo’rqadi?

9.Bolangizning sevimli miltiki?

10.Bolangizni laqabchasi bormi? (erkalatib nima deb chaqirasiz?)


O'z savolingizni qo'shishingiz ham mumkin...



Muhammad Sanjar:


--- Iqtibos: Zeynab  13 Fevral 2012, 15:09:05 ---...
8.U nimadan qo’rqadi?
...

--- End quote ---

Bu savolni o'qishim bilan katta jiyanim ko'z oldimga keldi. Hozirda 6 yoshga kirgan jiyanim, nimagadir yaqin-yaqingacha ham bo'ridan qo'rqardi.
Biznikiga kelganda bo'rini bu yaqin atroflarda umuman yashamasligini aytib, tushuntirish ishlari oborardim, bo'rini ko'rmagan qizchani kallasiga bu hayvon qayodan keganikin deb o'ylardim.
Hozir bu qo'rquvini tashladi, lekin ba'zi-ba'zida eslab turadi.

Sahifalar: (1/8) > >>

Go to full version