Muallif Mavzu: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar  ( 21699 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
« Javob #15 : 06 Sentyabr 2012, 08:46:57 »
Bola oq qog'ozga o'xshaydi deyishadi.
Nimani yozsang shuni o'qisan.

Bir qo'shnimiz nevarasiga (3-4 yashar) "Allohu akbar" degan so'zni o'rgatibdi.
Bola emasmi o'rganvolib qayyerda yursayam o'zidan o'zi baqirib "Allohu akbar!" divorarkan.
Ko'chadami, aftobusdami o'zidan o'zi "Allohu akbar!" deb baqiradigan bo'pti.  :D
Unga buvisi ko'chada hijolat bo'lib endi unaqa dima dib urishayotganakan.  ;D

Abdulhafizaka

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 707
  • -oldi: 965
  • Xabarlar: 587
  • Jins: Erkak
Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
« Javob #16 : 06 Sentyabr 2012, 09:30:41 »
Bola oq qog'ozga o'xshaydi deyishadi.
Nimani yozsang shuni o'qisan.

Bir qo'shnimiz nevarasiga (3-4 yashar) "Allohu akbar" degan so'zni o'rgatibdi.
Bola emasmi o'rganvolib qayyerda yursayam o'zidan o'zi baqirib "Allohu akbar!" divorarkan.
Ko'chadami, aftobusdami o'zidan o'zi "Allohu akbar!" deb baqiradigan bo'pti.  :D
Unga buvisi ko'chada hijolat bo'lib endi unaqa dima dib urishayotganakan.  ;D

Бу яхши бувижон экан. Мен бир бошқа бувижонни кўрганман.
Туғруқ хона дарчаси олдида кўпчилик билан мен хам аёлимни кутиб турган эдим, бир кампир набирасини етаклаб келган экан, бир вақÑ‚ атрофдагиларга набирасини мақтаб кетди: менинг набирам зўрда бир сўкиниб бер буларга,
... , ... , ... , ... , уч нуқта ўрнидаги сўзларни эшитиб менга узоқроққа кетишдан ўзга чора қолмади, ўзи хаётини яшаб бўлган бу кампирни боланинг онгини хам захарлаб улгурганини кўриб ачиниб кетдим.
« So'nggi tahrir: 06 Sentyabr 2012, 09:59:19 muallifi Abdulhafizaka »
Abadiy hayot haqida ko'p oyladim va chorasini topdim; Huddi mayin tong shabbodasi kabi hammaga barobar sahiylik bilan yahshilik qilish kerak ekan!

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
« Javob #17 : 07 Sentyabr 2012, 19:42:31 »
Бу яхши бувижон экан. Мен бир бошқа бувижонни кўрганман.
Туғруқ хона дарчаси олдида кўпчилик билан мен хам аёлимни кутиб турган эдим, бир кампир набирасини етаклаб келган экан, бир вақÑ‚ атрофдагиларга набирасини мақтаб кетди: менинг набирам зўрда бир сўкиниб бер буларга,
... , ... , ... , ... , уч нуқта ўрнидаги сўзларни эшитиб менга узоқроққа кетишдан ўзга чора қолмади, ўзи хаётини яшаб бўлган бу кампирни боланинг онгини хам захарлаб улгурганини кўриб ачиниб кетдим.

U bolakay kimni so'kdi? Yangi tug'ilgan chaqaloqnimi? Yo chaqaloq olib kelgan onasinimi?  ;D

Abdulhafizaka

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 707
  • -oldi: 965
  • Xabarlar: 587
  • Jins: Erkak
Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
« Javob #18 : 07 Sentyabr 2012, 19:59:07 »

Сўкишни ўргатган бувижонини  ;D
Abadiy hayot haqida ko'p oyladim va chorasini topdim; Huddi mayin tong shabbodasi kabi hammaga barobar sahiylik bilan yahshilik qilish kerak ekan!

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
« Javob #19 : 07 Sentyabr 2012, 20:16:49 »
Tavba qildim.
O'zimham xuddi shunaqa xolni ko'rganman.
1 nevara, 1 evara dib rosa erklatishardi o'sha bolani.
So'kishni o'rgatardi o'z otasi.
Bora bora dadasiniyam yasiniyam qolaversa buvisi va buvasiniyam o'zlari o'rgatgan "shirin" so'zlar bilan gapira boshladi bola.

Abdulhafizaka

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 707
  • -oldi: 965
  • Xabarlar: 587
  • Jins: Erkak
Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
« Javob #20 : 07 Sentyabr 2012, 20:19:49 »
Tavba qildim.
O'zimham xuddi shunaqa xolni ko'rganman.
1 nevara, 1 evara dib rosa erklatishardi o'sha bolani.
So'kishni o'rgatardi o'z otasi.
Bora bora dadasiniyam yasiniyam qolaversa buvisi va buvasiniyam o'zlari o'rgatgan "shirin" so'zlar bilan gapira boshladi bola.

Хаа энди арпа еккан арпа ўради, буғдой эккан буғдой ўрадида
Abadiy hayot haqida ko'p oyladim va chorasini topdim; Huddi mayin tong shabbodasi kabi hammaga barobar sahiylik bilan yahshilik qilish kerak ekan!

Mo'min Mirzo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 789
  • -oldi: 1540
  • Xabarlar: 1088
Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
« Javob #21 : 08 Sentyabr 2012, 05:52:14 »
Аҳмад Шавқийдан бир зарбулмасал:
"Товус ва болалари"

Товус бир кун кибр ила юрди,
Болалари юришин кўрди,
Тумшуқларин қилишиб осмон,
Унга тақлид қилдилар чунон.

"Бу не қилиқ?", деди у ёниб,
Дедилар: Биз олдик ўрганиб.
Ўзингизни тузатинг унда,
Одобимиз кўрасиз шунда.
Айтгансизку: "У ким бўлса ҳам,
Ўргатганни тутади маҳкам".

Не қилайлик, бизлар боламиз,
Ота қилган ишни қиламиз.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
« Javob #22 : 05 Noyabr 2012, 22:17:56 »
Bir tanishimnikiga qayni ukasining qassob og'aynisi kelibdi.
Unga tanishimning o'g'illari uni savolga tutishibdi:
-Amaki, amaki qassobmisiz?
- Ha.
- Nima so'yasiz?
Qassob bo'lganigami bola demay, hazili ham "qassoblarcha":
- Pulini bersa odam ham so'yaveraman?
Bolalar:  :o  :o  :o

Kechasi bolalar onasiga:
- Oyijon bizani pul berib so'ydirvormisiza???  :D  ;D  :D

Muxsiya

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 18
  • -oldi: 484
  • Xabarlar: 999
Javob: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
« Javob #23 : 27 Mart 2013, 11:50:40 »
мен курганим бувиси чучкача булиб беринг кизим деганда бола чучкадек лаб лунжини бужмайтириб пишкирган эди бувиси эса хурсанд ана менинг чучкачам деб

Mo'min Mirzo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 789
  • -oldi: 1540
  • Xabarlar: 1088
Javob: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
« Javob #24 : 09 May 2013, 14:11:53 »
O'g'ilchamizni kiyintirib ko'cha aylantirgani olib chiqib ketyapman. Ko'cha eshikka yetganda "hey qayoqqa" deganimga qaramay pildillab ichkariga qaytib buvasiga qo'lini ochyapti...
"Buvash duo qilin, biz tetti".
Allohga shukr, bir-ikki oydan beri duo olmay chiqmaydi.

Muxsiya

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 18
  • -oldi: 484
  • Xabarlar: 999
Javob: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
« Javob #25 : 09 May 2013, 23:36:46 »
Qush uyasida ko'rganini qiladi o'zingiz ham shunga odatlangan bo'lsangiz bolangiz sizdan o'rnak olayotgandir.

Mo'min Mirzo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 789
  • -oldi: 1540
  • Xabarlar: 1088
Javob: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
« Javob #26 : 01 Iyun 2013, 08:06:55 »
Фарзандингиз ёлғон гапиряптими? Демак, сиз уни қаттиқ назорат остига олган экансиз!
Фарзандингиз ўзига ишонмаяптими? Демак, сиз уни шижоатлантирмас (руҳлантирмас) экансиз!
Фарзандингиз яхши гапира олмаяптими? Демак, сиз у билан суҳбатлашмас экансиз!
Фарзандингиз ўғрилик қиляптими? Демак, сиз унга совға-салом бермаётган экансиз!
Фарзандингиз қўрқоқми? Демак, сиз уни кўп ҳимоя қилар экансиз!
Фарзандингиз бошқаларни ҳурмат қилмаяптими? Демак, сиз унинг ёнида овозингизни пасайтирмас экансиз!
Фарзандингиз доим қовоғи осилганми? Демак, сиз уни мақтамас экансиз!
Фарзандингиз бахил (қизғончиқ)ми? Демак, сиз у билан ўзаро шериклик (ҳамкорлик) қилмас экансиз!
Фарзандингиз бошқаларга нисбатан тажовуз қиляптими? Демак, сиз унга нисбатан қўпол (дағал) муносабатда бўлар экансиз!
Фарзандингиз заифми? Демак, сиз унга кўп дўқ-пўписа қилар экансиз!
Фарзандингиз сизни қизғоняптими? Демак, сиз унга нисбатан беэътибор экансиз!
Фарзандингиз сизни безовта қилиб, тинчингизни бузяптими? Демак, сиз уни бағрингизга босиб, юзларидан ўпмас экансиз!
Фарзандингиз сизга итоат қилмаяптими? Демак, сиз ундан кўп нарсаларни талаб қилар экансиз!
Фарзандингиз одамови бўлиб қолганми? Демак, сиз ўзингиз билан ўзингиз овора экансиз!

Психолог профессор Ториқ ал-Ҳабиб

Muxsiya

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 18
  • -oldi: 484
  • Xabarlar: 999
Javob: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
« Javob #27 : 01 Iyun 2013, 11:31:18 »
Yon daftarimga yozib qo'yaman mavridi bo'lsa kerakli ma'lumotlar ekan

IRFON-2012

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 130
  • Xabarlar: 119
Javob: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
« Javob #28 : 06 Iyun 2013, 10:30:46 »
Jannat rayhonlari

O'zbek xalqi judayam bolajon millatdir. Bolam mendan baxtliroq bo'lsin deydi. Topgan tutgani faqat bolasi uchundir. Bir umr mehnat qilib topganini farzandi uchun bir soniyada sochib tashlashi mumkin. Bolajonlarni "Jannat rayhonlari" deb ataydilar. Ular kulsa dunyo kuladi. Insonlar ichida yomon deb nom taratganlarning ham ko'plari farzandiga judayam mehribon ekanligini ko'ramiz. Bir donishmand aytgan ekan: "Xaqiqiy baxtni bolalar kulgusida ko'rdim!".

Ba'zilar aytadi, erkak kishiga bolalar haqida gapirish yarashmaydi, bu xotinlarning ishi. Yo'q unday emas. Bolalarga qarash, tarbiyalash, ovqatlantirish va yuvintirib kiyintirishga ayollar mas'ul bo'lsa, erkaklar ularning ikkalasiga umumiy mas'uldir. Odatda erkaklar bolalar haqida gapirganda ko'pincha tarbiya haqida so'z boradi. Ammo men bugun tarbiya haqida emas, boshqa narsalar haqida gapirmoqchiman. Hozircha tarbiyani o'z holiga qo'yamiz. Bu borada ham aytilgan va aytiladigan gaplar judayam ko'p.

Bolalar haqida, meni xayratlantirgan dastlabki narsa, ulardagi hushbo'y xiddir. Chaqaloqlarni xidlab ko'rganmisiz? Buning o'xshashini boshqa narsada topolmaysiz. Bolajonlarning o'ziga tortadigan asosiy narsalaridan yana biri, judayam chiroyli bo'lishadi. Oylar o'tgan sari yanada shirin bo'lib boraveradi. Ularni ko'rgan har qanday kayfiyatdagi inson beg'ubor tabassum qilishga majbur bo'ladi. Ular judayam yengil bo'ladi. Endi qadam bosayotgan vaqtda muvozatni judayam ko'p yo'qotadi. Yerga yiqilsada biror joyi ko'karib chiqmaydi. Tasavvur qiling, xuddi shu shaklda siz, tikka turganda birdan o'tirib qolsangiz qanchalik og'riq sezasiz. Yelkangiz barobaridan guppillab tushib ketsangizchi? Meni jiyanlarim tushib ketganiga ko'p guvoh bo'laman. Nozikroqlari biroz yig'laydi. Sho'xrog'lari esa shartta turib o'ynab ketaveradi, hayron qolaman. Alloh saqlar ekanda! Lekin, judayam extiyot bo'lish zarur. Asfaltga yiqilsa qattiq tushadi, shuning uchun quruq yerda yurgani afzal.
Hammani hayron qoldiradigan yana bir xususiyat, bolalar hech qachon yolg'on gapirmaydi. Oyisidan qo'rqib yolg'on gapirish keyinchalik o'rganiladi. Dastlabki gapirgan vaqtlardan 3-4 yoshlargacha umuman yolg'on eshitmaysiz. Chunki ular hali yolg'on gapirishni bilmaydi. Shuning uchun ham ularni farishtaga qiyoslaymiz.

Bolalar tez o'zgaruvchan bo'ladi. Yig'lab turib ham kulguga o'tib ketaveradi. Falonchidan xafa bo'ldi degan gapni eshitmaysiz. 5 daqiqa avval o'yinchog'ini tortib olgan bola bilan ham kulishib o'ynashaveradi. Ikkita bir xil yoshda jiyanim bor, biri qiz biri o'g'il. O'g'il bola kuchliroq, narsa talashayotganda qiz bolani turtib yuboradi. Qiz jiyanim yig'lab oyisini yoniga kirib ketadi. Birozdan so'ng qaytib chiqib, keling birga o'ynaymiz deb kulib turgan bo'ladi.

Bolalar judayam o'rganuvchan bo'ladi. Kattalarning gaplari va harakatlariga judayam e'tiborli bo'ladi. Bu ular uchun eng qiziq narsadek tuyuladi. Hamma o'zi ovqatlanayotganini ko'rib, men ham o'zim ovqatlanaman deb harhasha qiladi. Aslida oyisi yedirib qo'yishi uning uchun osonroq bo'lsa ham. Bolalarning tinglashi ham ajoyib. Bolalarga hos ertak aytib bersangiz, ko'zlarini uzoq uzoq yummasdan tinglaydi. Jajjigina hayolchalaridan nimalar o'tyapti ekana deb kuzatib turaman. Xalqimizda "Bolalik uy bozor, bolasiz uy mozor" degan gap bor. Rostan ham bolasi yo'q honadonga kirsam hammayoq jimjit, zerikarli tuyuladi. Bolalik uy esa doimo gavjumdek turaveradi.

Bolaning oldida uning dadasi yoki oyisini yomonlab ko'ring, bir zumda dushmanga aylanasiz. "Meni dadam hammadan kuchli", "Meni oyim hammadan chiroyli" degan gaplarni tagida qolib ketasiz. Ayiqchasini yoki qo'g'irchog'ini tashlab yuborsangiz, tezda olib bag'riga bosadi. Ayiqchasini qo'liga bermaguncha uxlamaydi.

Tarbiyalayman deb bir narsani tushuntirsangiz, tezda esidan chiqadi. Men ba'zida sal po'pisa qilib qo'yamanda. Indamay o'tirib oladi jiyanim. 2 daqiqa o'tmay yana to'polon avjiga chiqadi. Behosdan oyog'i yoki qo'li menga tegib ketsa, qo'rqib yuzimga qaraydi. Endi meni so'kadi deb o'ylaydi. Aslida ularning zarbasi kattalarga og'riq berishga yetmasligini bilmaydida. Qo'rqib turgan nigohlarini ko'rib, yuzlaridan o'pib boshini silab qo'yaman. Xursand bo'lib yugurib ketadi.
Bolalarda asta sekin uyalish hissi ham rivojlanib boradi. Kamchilik nuqsonini boshqalar ko'rmasligini hohlaydi. Qancha sho'x bo'lsa ham begona uyga borganda ma'lum muddat uyalib turadi.

Beg'ubor hilqat haqida aytadigan gaplarimiz judayam ko'p. Mayli, shu joyda to'xtatamiz. Xurmatli o'quvchi, sizga maslaxatim shuki, dunyo tashvishlarini bir zumga unutmoqchi bo'lsangiz bolalar dunyosiga tashrif buyuring. Undagi ajib xikmatlardan bahramand bo'ling! O'zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovni "Bolajon" deb nomlangan qo'shig'i menga judayam yoqdi. "Xasratlarim unutay, bir jilmay qani" degan joylari ko'ngilga borib yetdi.
Biz erkaklar ko'pincha vaqtimiz bo'lmaydi. Qancha yaxshi ko'rsakda doim birga bo'lolmaymiz. Bu ayb emas albatta. Bizning vazifamiz ularga baxtiyor yashash sharoitini tashkil qilib berishdir. Ana o'sha maskanda esa, ayollarimiz bolajonlarni yuvib-tarab ulg'aytiradilar. Mana shuning o'zi bizga katta ne'matdir! Aziz do'stlar, kelinglar bolalar dunyosidan ham bahra olib turaylik!

Muallif: IRFON

azizbek_mx

  • MAX™
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 11198
  • -oldi: 1734
  • Xabarlar: 1805
  • Jins: Erkak
  • Umr o'tmoqda..
    • Abdulaziz Mirzaahmedov
Javob: Biz bilmagan bolajonlar + bolakaylar haqida haqiqatlar
« Javob #29 : 06 Iyun 2013, 22:41:44 »
obbo siz-ey, okaginam, ja yurakni ezvordizu. Jiyaniz bag'rizda ekan, yomonam odamni ichini kuydirvordiz. Bizdaqa musopirla nima qilsin, monitorda ko'rgan boshqa, "jivoy" ko'rgan boshqa ekanda...

anov tushmagur, Skype deganlarida uyga qo'ng'iroq qilsam, ukam jiyanimni tizzasiga qo'yvolib, yuzlaridan o'pib-o'pib "havas qilyapsanmi" deb qo'yadi :D

ukamni o'ziyam hali yosh bola. Litseyni bitiray deyapti, hech katta bo'lmaydi baraka topgur :)
Осмонлар ва ер Аллоҳнинг мулкидир. У Ўзи хоҳлаган нарсани яратур...

HAYVONLAR HAQIDA HAYRATLI HAQIQATLAR

Muallif HumayroBo'lim Fotogallereya

Javoblar: 32
Ko'rilgan: 14049
So'nggi javob 08 Dekabr 2011, 14:38:39
muallifi Humayro
Islomiy kitoblar haqida

Muallif Abu MuslimBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 11691
So'nggi javob 28 Sentyabr 2007, 19:12:49
muallifi Muhammad Amin
Ota-onalarimiz haqida she'rlar

Muallif KumushbibiBo'lim She'riyat

Javoblar: 78
Ko'rilgan: 302320
So'nggi javob 24 Mart 2013, 06:33:47
muallifi muzaffar.uz92@yahoo.com
G'ijduvon haqida ensiklopediyalarda

Muallif MohinurBo'lim Buxoro viloyati

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 10513
So'nggi javob 05 Iyul 2009, 17:03:30
muallifi MSJON
Kogon shahri haqida ensiklopediyalarda

Muallif MohinurBo'lim Buxoro viloyati

Javoblar: 9
Ko'rilgan: 14079
So'nggi javob 30 Aprel 2013, 16:45:52
muallifi levdeo