Kiyinish madaniyati  ( 85478 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 13 B


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:30:21

AbdulAziz:

Assalomu alaykum!

Hozirgi zamon yoshlarining kiyinish madaniyati haqidagi fikrlaringizni ushbu mavzuda qoldiring.

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:30:33

Shahina:

Hozirgi yoshlarni kiyinish madaniyati OK emas albatta!

Kiyinish madaniyati buzilishi faqat qizladamas. Bolladayam bor.

Nimagadir bollayam qizlaga o`xshab kiyinadigan bo`pketgan (ba'zilari) ??? ???

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:30:53

AbdulAziz:

Gaplarizga qo`shilaman. Hozir "aynigan" faqat qizlar emas. Yigitlarniyam ko`rib turibmiz. Negadir, yoshlar yengiltak bo`lib ketayotganday.

Hozirda ko`chada yursangiz, yigit-qizlarni yuziga qaramasangiz, ularning jinsini ajratolmaysiz. Chunki hamma bir xil kiyimda. (albatta mustasno bilan)

Albatta kiyim insonni ko`rki. Lekin ko`rk ekan deb o`zini namoyish qilish, ko`rsatganda ham eng nozik, berkitilishi shart bol`gan joylarini ko`rsatib, bilintirib, atrofdagilarning diqqatini jalb qilish manimcha yaxshi ish emas.

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:31:06

AbdulAziz:

Alloh taolo insonni juft-juft qilib yaratishi ajib bir hikmatdir. Juftlikdan muhabbat yaraldi. Muhabbatdan qalb yaraldi. Agar juftlik bo‘lmagani na qalb bo‘lardi va na muhabbat! Xuddi shuningdek inson o‘z juftidan ajrab turishi uchun kiyimni kashf etdi. Juftlik bo‘lmaganida kiyim ham bo‘lmasdi, balki.

Kiyimning birinchi vazifasi tanani yopish bo‘lsa, ikkinchisi qarama-qarshi juftdan ajralib turishdir. Ibtidoda kiyimlar ham oddiy edi... Keyinchalik inson kibrni kashf etdi. Shuning bilan kiyimlar ham o‘zgara bordi. Asta-sekin libosning funktsiyasi almashdi. Endi odamlar modaga qarab (ehtiyojga qarab emas) kiyina boshladilar. Har xil liboslar paydo bo‘ldi. Millatlar, xalqlar o‘z kiyimlarini tanladilar. Kimdir uzun, kimdir keng, kimdir tor, yana kimdir ...
   

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:31:17

Otabek:

Birovga "bu kiyimni kiy, bunisi bo'lmaydi... Mana bu kiyim yaxshi, unisi yomon",deb maslaxat berish unchalik odobdan emasu, lekin mani fikrimcha, hozir kiyinish xuddi musobaqaga o'xshab qolayapti. "Odamlar bunaqa kiyinayapti. Nega men ulardan ortda qolishim kerak" qabilida... Buni qisqacha "MODA" , deb atashayapti...

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:31:29

Assalom;

Gaplaringizga unchalik ham qo`shilmayman.
Biz - erkak kishimiz! Erkakcha ish tutishimiz zarur. Ayollarga so`zimiz o`tmasa nima qilib yuribmiz. Biz akamiz, ermiz, ota, uka. Akalikning, erlikning vazifasi qaramog`idagi ayollarni tartibga tushirish, haddidan oshirmaslik!

Hozirda qizlarimizning, ayrim yigitlarimizziyam bundayin "nochor" kiyinishida albatta biz - erkaklarning ham vinoven bo`ladigan joyimiz bor. Agar erkak o`zini xotini, singlisini qanday kiyinishiga e'tibor bermasa, da'yus bo`lsa, qizlar haddidan oshadi, sekin-sekin "ochila" boshlaydi. Badanini hammaga namoyish qilgisi, ko`chadagi betavfiqlarning nazarida "prinsessa"ga aylangisi, ularning qochirimlaridan lazzat olgisi va ... shu bilan "boshqalar"dek yengiltak hayot kechirgisi kelib qoladi.

Bundaylarning ko`pini ko`rdim. Hozir ular yanada cho`qqiga ko`tarilmoqdalar. O`ylamaydilarki, bir kuun kelib ular ham qariydilar, o`sha ochiq badanlari hech kimni qiziqtirmay qo`yadi. Ammo shu holatda ularni xorlik qoplasa, undan yomoni yo`q.

Shunichun, biz erkaklar ayollarimizga etishimiz kere. Birovga kiyinish borasida maslahat bermaslik kere deb yurmasligimiz kere. Chunki jamiyat shu holatda ketaversa, bu narsa oddiy holatga aylanishi mumkin. O`sib kelayotgan yoshlar o`shalardan ta'lim olsa nima bo`lishini tasavvur qivossilami? ??? ??? ???

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:32:57

AbdulAziz:

Iqtibos
Gaplaringizga unchalik ham qo`shilmayman.
Biz - erkak kishimiz! Erkakcha ish tutishimiz zarur. Ayollarga so`zimiz o`tmasa nima qilib yuribmiz. Biz akamiz, ermiz, ota, uka. Akalikning, erlikning vazifasi qaramog`idagi ayollarni tartibga tushirish, haddidan oshirmaslik!

Haqiqatni gapirdiz, oka. Erkaklar oilaning ustuni. Agar ustun mo`rt bo`lsa, yoxud ustunni qurt kemirsa, Oiladek katta ustun ham oxir-oqibat yerga gursillab tushishi mumkin.

Iqtibos
Hozirda qizlarimizning, ayrim yigitlarimizziyam bundayin «nochor» kiyinishida albatta biz - erkaklarning ham vinoven bo`ladigan joyimiz bor. Agar erkak o`zini xotini, singlisini qanday kiyinishiga e'tibor bermasa, da'yus bo`lsa, qizlar haddidan oshadi, sekin-sekin «ochila» boshlaydi. Badanini hammaga namoyish qilgisi, ko`chadagi betavfiqlarning nazarida «prinsessa»ga aylangisi, ularning qochirimlaridan lazzat olgisi va ... shu bilan «boshqalar»dek yengiltak hayot kechirgisi kelib qoladi.

Negadir jamiyatimizda yoshlar tez o`zgarib bormoqda. Hay, inson bet Osiyo, Yevropa emas. Nima qilasan o`sha betavfiqlardan madaniyat o`rganib. Hamma madaniyat o`zimizda-yu. Yozud zamon o`zgarib, badanini ko'z-ko'z qilib yurish madaniyatga aylandimi? Eng nozik a'zolarigacha bilintirib tarang totib yurish madaniyatmi yoki? Bu g'irt madaniyatsizlikdir! Gaplarim ba'zilarga tegib ketsa, uzr. Lekin bu - haqiqat!

Iqtibos
Bundaylarning ko`pini ko`rdim. Hozir ular yanada cho`qqiga ko`tarilmoqdalar. O`ylamaydilarki, bir kuun kelib ular ham qariydilar, o`sha ochiq badanlari hech kimni qiziqtirmay qo`yadi. Ammo shu holatda ularni xorlik qoplasa, undan yomoni yo`q.

Iqbol Mirzoni zor bayti bor edi:

Bizgacha ham olov bo‘lgan, muz bo‘lgan,
Sizgacha ham ne-ne ohu ko‘z bo‘lgan.
O‘zingizga bino qo‘ymang, guljamol,
Yalmog‘iz ham bir payt sizday qiz bo‘lgan.


Iqtibos
Shunichun, biz erkaklar ayollarimizga etishimiz kere. Birovga kiyinish borasida maslahat bermaslik kere deb yurmasligimiz kere. Chunki jamiyat shu holatda ketaversa, bu narsa oddiy holatga aylanishi mumkin. O`sib kelayotgan yoshlar o`shalardan ta'lim olsa nima bo`lishini tasavvur qivossilami?  ??? ??? ???

Oka, bu holatga uje odamlar ko`nikib bo`ldi. Masalan, ayollarga shim kiyish oddiy holatga aylandi, hozir yoshi ham qarisi ham bir xil - shim kiyaveradi. Faqat shim emas, boshqa holatlar ham. Eng achinarlisi, ota-onalar bunga befarq. Ertalab qizi nima kiyib chiqib ketayotganiga e'tibor bermaydi. Holat esa siz ta'rifdlagandek, balki undan ham achinarli!

Forum ahli Sizning bu mavzu haqidagi fikringiz qanday?

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:33:11

Maknuna;

Haqiqatda yaxshi muammoni ko`taribsizlar!
Ayrim dugonalarimning holatlarini ko`rib manam kuyinib ketaman. Chunki, ochiq, juda tor va orqasi ko`rinib turadigan kiyimlar kiyishadi. (ayniqsa yozda) Naga shunaqa kiyimla kiyasilar desam san zomondan orqada qolib ketibsan deyishvotti.
Nima agar 10 kishi o`zini tomdan tashasa manam tashuramanmi? O`zim esa uzun kiyimlar kiyishga harakat qilaman.

Forumda qatnashvotgan qizlar. Sizlarni fikrilar qanaqa?
   

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:33:22

Otabek:

Xo'sh, hozirgi zamon yoshlarining kiyinishidan norozi ekansizlar, qanday kiyinishni maslaxat berasizlar???

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:33:34

Kumushbibi:

Men ko'proq atlas ko'ylak kiyishni yoqtiraman.Shahina,Maknuna sizlarchi?

Qayd etilgan