Umumiy bo'lim > Madaniyat

Kiyinish madaniyati

(1/26) > >>

Margilanets:
AbdulAziz:

Assalomu alaykum!

Hozirgi zamon yoshlarining kiyinish madaniyati haqidagi fikrlaringizni ushbu mavzuda qoldiring.

Margilanets:
Shahina:

Hozirgi yoshlarni kiyinish madaniyati OK emas albatta!

Kiyinish madaniyati buzilishi faqat qizladamas. Bolladayam bor.

Nimagadir bollayam qizlaga o`xshab kiyinadigan bo`pketgan (ba'zilari) ??? ???

Margilanets:
AbdulAziz:

Gaplarizga qo`shilaman. Hozir "aynigan" faqat qizlar emas. Yigitlarniyam ko`rib turibmiz. Negadir, yoshlar yengiltak bo`lib ketayotganday.

Hozirda ko`chada yursangiz, yigit-qizlarni yuziga qaramasangiz, ularning jinsini ajratolmaysiz. Chunki hamma bir xil kiyimda. (albatta mustasno bilan)

Albatta kiyim insonni ko`rki. Lekin ko`rk ekan deb o`zini namoyish qilish, ko`rsatganda ham eng nozik, berkitilishi shart bol`gan joylarini ko`rsatib, bilintirib, atrofdagilarning diqqatini jalb qilish manimcha yaxshi ish emas.

Margilanets:
AbdulAziz:

Alloh taolo insonni juft-juft qilib yaratishi ajib bir hikmatdir. Juftlikdan muhabbat yaraldi. Muhabbatdan qalb yaraldi. Agar juftlik bo‘lmagani na qalb bo‘lardi va na muhabbat! Xuddi shuningdek inson o‘z juftidan ajrab turishi uchun kiyimni kashf etdi. Juftlik bo‘lmaganida kiyim ham bo‘lmasdi, balki.

Kiyimning birinchi vazifasi tanani yopish bo‘lsa, ikkinchisi qarama-qarshi juftdan ajralib turishdir. Ibtidoda kiyimlar ham oddiy edi... Keyinchalik inson kibrni kashf etdi. Shuning bilan kiyimlar ham o‘zgara bordi. Asta-sekin libosning funktsiyasi almashdi. Endi odamlar modaga qarab (ehtiyojga qarab emas) kiyina boshladilar. Har xil liboslar paydo bo‘ldi. Millatlar, xalqlar o‘z kiyimlarini tanladilar. Kimdir uzun, kimdir keng, kimdir tor, yana kimdir ...
   

Margilanets:
Otabek:

Birovga "bu kiyimni kiy, bunisi bo'lmaydi... Mana bu kiyim yaxshi, unisi yomon",deb maslaxat berish unchalik odobdan emasu, lekin mani fikrimcha, hozir kiyinish xuddi musobaqaga o'xshab qolayapti. "Odamlar bunaqa kiyinayapti. Nega men ulardan ortda qolishim kerak" qabilida... Buni qisqacha "MODA" , deb atashayapti...

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version