Kiyinish madaniyati  ( 82072 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 13 B


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:34:03

AbdulAziz:

Bahor keldi! :D Hamma yoq uyg`ondi. Hammayoq go`zallik libosiga burkandi. Atrofga boqib odamning bahri dili ochiladi. Havo ham insonga yoqadi...

...Ammo... ??? ??? Qizlarimizga nima bo`ldi? ??? Ozodlikka chiqdilarmi? Ha, hozir ko`chaga chiqarkansiz, ustlaridan kiyimlarini tashlagan, o`zlarini "ochib" yuborgan qizlarimizga har qadamda ko`zingiz tushadi. Tushmay ham iloji yo`q. Oldiga qarasez ham, orqaga, chap, o`ngga, hamma yoqda qizlar! Shaytoni lainga ham yaxshigina ish topildi.

Vaziyatni tushungan bo`lsangiz kerak. Nimagadir hozirgi jamiyatimizda qizlarning manashunday sharmandali kiyinishlari oddiy holdek bo`lib qoldi. Oldinlari biz tor shim, bluzka kiygan, o`zini obdon namoyish qilganlarni ko`rmasdik, ko`rsak ham o`z nafratimizni unga izhor qilib qo`yardik. Hozirchi?.. Bunday kiyimsizlar, yoki kiyimga material olishga puli yetmay, shunaqa tor, kalta qilib kiyib olgan bechoralar har qadamda yigitlarni ko`zini o`ynatib yuribdilar...

;D >:( :( ??? :-X :-* :'(

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:35:30

Mohinur;

Gaplaringizda jon bor, AbdulAziz!
Ularniyam tushunishga harakat qilish kerak. Lekin men bu bilan qizlarning bunday kiyinishlarini oqlayotganim yo`q. Hamma o`zizga yarashganini kiyaversin! Lekin axloq-odobga, milliyligimizga rioya qilinsa juda yaxshi bo`lardi. Lekin, hozirda siz gaplar bor gap. Bundan ko`z yumib bo`miydi.
Ochiq-sochiq yurgan qizlarning ota-onalari nahotki ularga indamaydilar? ???

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:35:50

Kumushbibi:

Aybni faqat ota-onadan ko'rish ham noto'gri.To'g'ri ularning ham aybsiz deb bo'lmaydi,ammo insonni o'zida ham bo'lish kerak.

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:36:03

Mohinur:

To`gri aytasiz Kumushbibi!
Ko`pchilik ota-onasidan yashirib bunday ishlarni qilishadi. Lekin ota-ona tarbiyasi oldsindan mustahkam bo`lsa qizning o`zida bu narsaga moyillik bo`lmaydi.

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:36:16

AbdulAziz:

Albatta kiyinish borasidagi tarbiyani qiz bola avvalo oiladan oladi. Agar oilaviy muhitida yengillik bo`lsa, qiz bola kiyinish borasidagi tarbiyani ko`chadan oladi. Agar oilada ko`chadagi "tarbiya"ga nisbatan qarshi munosabat shakllantirilsa. bu holatda qiz bola muvofiq tarzda kiyinishga o`rganadi.
Ko`p narsa baribir oilaviy tarbiyaga bo`gliq.

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:36:36

Maknuna:

Manam o`z fikrlarimni bildirib o`tmoqchiydim. Hozirda ayniqsa qizlarimizning kiyinishlaridan ko`pchilik nolimoqda. Man yuqoridagi fikrlaga qo`shilaman. Qizlarimizning kiyinish madaniyatlari judayam yevropalashib ketmoqda. O`zimizning milliy fasonda dinga mos holda ham kiyinish mumkin-ku. Man ko`p shunaqa qizlarni ko`raman. Kiygan kiyimlari juda yarashgan.

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:36:50

Farzonochka:

Assalomu alaykum!
Avvalo bu sahifa har bir kishini befarq qoldirmasligi aniq>
negaki hozrida kiyinish muammosi asosiy muammolarga aylanib bormoqda. Qaysi odammi kiyinishiga qarab, uning qandayligini uqib olish qiyin emas albatta.
Hozirgi yoshlaga keladeigan bose, ulani hammaligini tanqid qilomimanu, lekin ulani oralarida shunaqa kiyinadiganlari borki.... ::) Ularga qarab, siz ham "o`zbek" misiz deb savol berishga odam uyaladi.
Xullas, yo zamon murakkablashib borvotti yo yoshla... :-/

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:37:15

Kumushbibi:

Man shu xulosaga keldimki,qizlarning kiyinish madaniyati ularning oilada olgan tarbiyasiga,madaniyatiga, oila shanini g'urur deb bilguvchi ota,akalarda va qiz bolani yoshligidan toki voyaga yetgunga qadar nasihat va o'gitlari bilan tarbiyalab boruvchi onalarga ham juda katta bog'liq ekan.Man ularni umuman aybdor deya olmayman,ammo o'zbek tilida bitta naql bor:"Qush inida ko'rganini qiladi".Agar qizbola oilada yetarli tarbiya olsa o'z madaniyatidan kelib chiqib o'sha narsalarni o'ziga ep ko'rmaydi.
Savol tug'iladi:Nega o'sha oila shanini g'urur deb bilguchi ota-akalarimiz bu holatlarga befarq qarashadi?.Nima uchun biz yevropaliklarni kiyinishiga havas qilishimiz kerak?Yoki taqlid qilishimiz kerak?Ularda ibo,hayo, oriyat bo'lmagani uchunmi?Yoki biz ham tanamizni ko'z-ko'z qilish uchunmi?.
Har bir qiz o'zi fikrlay olish qobiliyatiga ega.Shunday ekan aqlli qizlar o'z o'rnini bilgan holda o'z kiyinish madaniyatidan o'tib yevropaliklarning kiyinish madaniyatiga taqlid qilishmaydi.Har kimning qanaqa kiyinishi,o'zini qanaqa tutishi uning vijdoniga bog'liq.Agar vijdoni shu narsaga yo'l qo'ydimi biz ularni chegaralay(majburlay) olmaymiz.Chunki hamma o'z qilgan amaliga o'zi javob beradi.

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:37:28

Noza:

Hammaga Salom!
Manimcha har bir odam o'zi hohlaganidek kiyinishi kerak.
Masalan man qizbola bo'lsam ham umuman yubka kiyihni yoqtirmiman va kiymiman ham.
Bu mani hohishim deb o'ylayman.
Ko'pchilik Evropacha stilga havas qilib ulardaka kiyinishga harakat qiladi.
manimcha inson qanday kiyinmasin u avvalo ozoda va o'ziga yarashtirib kiyinsa shuni o'zi etarli.

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:38:23

AbdulAziz:

Iqtibos
Hammaga Salom!
Manimcha har bir odam o'zi hohlaganidek kiyinishi kerak.

Bu ko`ngil nimalarni hoh;lamaydi deysiz... Agar qo`yib bersangiz Avstraliyadagi namoyishchilardek ba'zi odamlar kiyim kiymay yurishni ham yoqlab chiqishadi. Kiyim bilan bog`liq limit albatta bo`lishi kerak. Kiyim millatning ko`rki. Kiyim bilan mentalitet hosil bo`ladi. Kiyimga dog` tushdimi, mentalitetga ham zarar keltiradi.

Iqtibos
Masalan man qizbola bo'lsam ham umuman yubka kiyihni yoqtirmiman va kiymiman ham.
Bu mani hohishim deb o'ylayman.
Ko'pchilik Evropacha stilga havas qilib ulardaka kiyinishga harakat qiladi.
manimcha inson qanday kiyinmasin u avvalo ozoda va o'ziga yarashtirib kiyinsa shuni o'zi etarli.

Insonninh hohishlari cheksiz. Kiyim uchun ozodalik, o`zi uchun yarashishi kabi elementlar yetarli emas. Aks holda millatning mentatlitetiga qattiq putur yetadi. Bu haqda biz juda ko`p gapirdik.

Qayd etilgan