Kiyinish madaniyati  ( 125017 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 B


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:52:09

Maknuna:

"Yaqinda yo'lda ketayotib, ro'paramdan kelayotgan qizni... yalang'ochmikan deb o'ylabman. Badanga mos rangdagi mato ancha yupqa ham shaffofligidan deyarli hech joyini yashirmasdi.
- Bolam, bu kiyganing nima? - chidolmay so'radim.
- Bu moda, xolajon, moda!
Uning ortidan bir pas qarab qoldim: "modangga o't tushsin, bolam!..."

...Nomigagina ko'ylak kiyib, kindigiga taqinchoq osgan, tizzasidan bir qarich baland "yubka"sining oldi yoki orqa tomonini ataylab yirtib, shu joyiga qo'ng'iroqcha osib olgan qizlar rostdan ham ko'payib ketdi. Biz ularni har kuni, hamma yerda ko'raverib, ko'zimiz o'rgaganidan, bu holatga umuman befarq, beparvo bo'lib qolmayapmizmi?"

"Postda" gazetasidan.

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:52:20

Shamshir:

Shimni tor kiyadi bugungi qizlar...
Qorni, kindigi-yu, ko'kragi ochiq...
Nahot hammasiga ko'nikdik bizlar?!
Nahot qalbda bunga qolmadi og'riq?!


man odamlarga ayniqsa qizlarga bunchalar tubansiz,bunchalar hayosizsiz.....ahmoqligingiz aniq degim keladi.Paygambarimiz(m.s.a) ham jahannamda ayollar koproq degan.Bilmadim nima zamon bu,qanaqa zamon bu qanaqa mominalar ular?eh ayollar ayollar.....oxirat yaqinlashgan sari odamlar masharabozga oxshab kiyinishar ekan.Yigitlarimiz esa sirkda ishlaydiganlarga o`xshab borayapti...buni toxtatishning iloji bormi?Nega biz bunchalikkka borayapmiz uygurlar va tojik qardoshlar haliham ozligini saqlab qolganku.Bizchi?Erta biror joyga chiqsak, manabu o`zbek deb tanishaolmaydi, chunki hech birimiz chust doppisiyu, honatlasda bormaymizda....shu bizga g`ururmi, shumi o`zbekligimiz?

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:52:32

Maknuna;

Gaplarizga qo'shilaman, Shamshir.
tashqaridan o'zbeklar haqida eshitgan inson yurtimizga kelib ko'rsa, dahshatdan yoqa ushlab qolsa kerak.
Ba'zi qizlarimiz va yigitlarimizani holatlarini ko'rib qani o'zbekchiligimiz? qani o'zligimiz degan savollarni o'zimizga bera boshlaymiz.
Qaysar etkanlaridek,
Tushunmadim... Tushunmadim...

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:52:44

Behzodbek:

Qizlarning bugungi holga tushishlariga, avvalo, erkaklar mas'ul deb o'ylayman. Mana shu behayo kiyingan qizlar kimningdir singlisi, kimningdir opasi, onasi yoki ayolidirBiz o'zimiz ularni bo'sh qo'yib qo'yganmiz, erkaklar dayus bo'lib ketyapti. Hatto qizlarining, ayolining shunday kiyinishidan faxrlanadiganlar bor...

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:52:56

margilanets:

Assalomu alaykum barchaga!
Forumga kirmaganimgayam ancha vaxt bo'lib ketkandi. Judayam o'zgarib ketipdi.
Ancha-muncha mavzularam ochilibdi. Hammalaringga omad tileyman.

Behzodbek aka, maknuna fikrlarizga qo'shilaman.

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:53:09

Maknuna;

Assalomu alaykum!
Margilanets! Forumga qaytganingiz bilan tabriklayman.

Nima uchun bu mavzuda faqat qizlarimizani kiyinishlari haqida gapirilvotti? Bollaniyam ba'zi kiyinishlari umuman tog'ri kemiydi-yu.
Masalan,
- Kecha ko'chdan ketayotib, qizil, ni ustiga judayam tor shim kiyib olgan bolani ko'rdim. Endi buni qando tushunsa bo'ladi?
- Yana bir yigit qulog'iga zirak taqib olgan. Bu nima bu?

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:53:22

margilanets:

Sizga ham salom maknuna! salomat bo'lin.

qizil shim kiygan bolani man hali ko'rmadim, qulag'iga baldaq taqqan bollardiyam ko'rmaganman, toshkenda agar shunaqa bo'sa, bilmadim... >:(

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:53:34

Shamshir:

qizil shim kiygan bolani man hali ko'rmadim, qulag'iga baldaq taqqan bollardiyam ko'rmaganman, toshkenda agar shunaqa bo'sa, bilmadim...
bilasizmi niam vodiy hali ham ancha ozligini saqlab qolgan u yerda boshqa joydagiga qaraganda dinimiz kuchliroq men bundan xursandman
Maknuna togri aytayapti, bizda bundanda daxshatliroq.....

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:53:47

Shamshir:
kecha bitta xristianning honasida bir kitobni qolimga olib qarasam ichida yaxshi gaplar yozilgan ekan....Sahobalarimizdan Umar (r.a)ning ustida 12 ta yamoqni korishgan ekan.Hazrat Ali ,,Kiyimlarimni yamataverib yamoqchidan ham uyalib ketdim,, degan ekan.Ular qanday inson bolishgan, biz ularning izlariga ham arzimaymizku, biz kiygan kiyimlar esa......tushunmadim man ham tushunmayman....

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:53:59

Fotih:

Ha, gaplarizga qo'shilaman, sahobai kiromlar bizga o'xshab mol-dunyoni ketidan quvishmagandi.
Boriga rozi bo'lishgandi.
Hozirchi, go'yoki insonning go'zalligi, kuch-qudrati, mol-dunyosi kiyimga bog'liqdek!
U holda o'ta kalta kiyimlilar, tarangligidan eng nozik nuqtalarigacha ko'rsatib yuradiganlar qaysi toifaga kirarkin? ;)

Qayd etilgan